• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Salvadorning falastinlik prezidenti — Lotin Amerikasidagi eng yirik qamoqxonani qurdirgan musulmon arab

    2022-yilda Salvadorda ulkan qamoqxona qurib bitkazildi. Uni saylovoldi chiqishlarida mamlakatda jinoyatchilikka qarshi ayovsiz kurashish va’dasini bergan prezident Nayib Bukele qurdirdi. Kelib chiqishi falastinlik arablardan bo‘lgan Bukele 2019-yilda Salvador prezidenti bo‘lgandi. U qisqa muddatda jinoyatchilik avj olgan davlatni xavfsiz mamlakatga aylantira oldi.

    Foto: laprensa.hn

    Markaziy Amerikada Salvador degan kichik davlat joylashgan. Bu davlat hududi bor-yo‘g‘i 21 ming kilometr kvadrat bo‘lib, taqqoslash joiz bo‘lsa, Jizzax viloyati hududiga teng. Mamlakat aholisi — 6,5 mln kishi.

    Ana shu kichik davlatni 2019-yildan buyon kelib chiqishi falastinlik arab bo‘lgan Nayib Bukele (asl ism-sharifi Najib Abu Keyle) boshqarib kelmoqda.

    Nayib 2019-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘olib chiqadi. Xo‘sh, islom diniga e’tiqod qiluvchi Nayib Bukele qanday qilib Markaziy Amerikadagi davlatga rahbar bo‘ldi?

    Jinoyatchilik avj olgan Salvador va xaloskor arab

    Markaziy Amerikada yirik davlatning o‘zi yo‘q. Eng katta davlat Nikaragua bo‘lib, uning hududi 130 ming km kvadratni tashkil etadi. Bu qiyosan O‘zbekiston hududidan 3 yarim barobar kichik degani. Qolgan davlatlar hududi juda kichik.

    Biroq ana kichik va aholisi nisbatan ancha kam bo‘lgan davlatlarning aksariyatida jinoyatchilik darajasi juda yuqori. Aksariyat mamlakatlarda ko‘chalarda politsiya emas, uyushgan jinoyatchilar to‘dasi hukmronlik qiladi.

    Foto: Wikipedia

    Bundan bir necha yil avval Markaziy Amerikada joylashgan Salvadorda ham vaziyat shunday bo‘lgan. Umumiy maydoni taqriban Jizzax viloyatiga teng bo‘lgan bu mamlakat ko‘chalarida jinoyatchilar hukmronlik qilgan.
    Turli jinoiy to‘dalar o‘zaro kelishmovchilik tufayli doimiy ravishda ko‘chalarda tez-tez otishma sodir etar va unda tinch odamlar ham halok bo‘lardi.

    Shuningdek, jinoyatchi guruhlar aholini talash bilan shug‘ullanardi. Hatto jinoyatchilar ko‘chada ketayotgan odamni shunchaki uning ko‘rinishi yoqmagani uchun ham o‘ldirib yuborgan holatlar bo‘lgan. Qisqasi vaziyat og‘ir bo‘lgan va bu holat odamlarning jon-jonidan o‘tib ketgandi.
    2019-yilda ana shunday vaziyatda Salvadorda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan musulmon arab – Nayib Bukele g‘alaba qozonadi. O‘shanda u saylovoldi chiqishlarida xalqqa Salvadorda jinoyatchilikni kamaytirish haqida va’da bergandi.

    Shu omil uning ko‘proq ovoz olishiga sabab bo‘ladi. Chunki aholi jinoiy to‘dalardan to‘yib ketgan va hukumatdan najot kutayotgandi.

    Prezident bo‘lganidan so‘ng Nayib Bukele va’dasida turadi va jinoyat olamiga qarshi ayovsiz jang e’lon qiladi. Juda ko‘plab jinoyatchilar hibsga olinadi. Qarshilik ko‘rsatganlari yo‘q qilinadi.

    Vaziyat shu darajaga yetadiki, Salvadordagi barcha qamoqxonalar to‘lib ketadi. Shunda Nayib Bukele 2022-yilda jami 40 ming mahbusni saqlash mumkin bo‘lgan yirik qamoqxona qurdiradi.

    Foto: alamy.com

    Eng yosh prezident

    Nayib Bukele 1981-yilda Salvador poytaxti San Salvador shahrida kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan Armando Bukele Kattan oilasida tug‘iladi. Armando Bukele mamlakatdagi taniqli imom bo‘lib, shuningdek u tadbirkorlik bilan ham shug‘ullangan.

    O‘rta maktabni bitirgach universitetning huquqshunoslik fakultetida tahsil olgan Nayib diplomni olgach otasining izidan borib tadbirkorlik qila boshlaydi.

    Ko‘p o‘tmay u Yaponiyaning Yamaha Motors kompaniyasi bilan kelishib, uning Salvadordagi savdo bo‘limi – Yamaha Motors El Salvador kompaniyasini tashkil etadi.

    Nayib siyosatga 2012-yilda kirib keladi va kichikroq shahar merligi uchun o‘tkazilgan saylovda g‘olib chiqadi. U 2015-yilda o‘tkazilgan boshqa bir saylovda g‘alaba qozonib mamlakat poytaxti San Salvador shahri meri bo‘ladi.
    Biroq 2017-yilda Nayibni o‘zi mansub bo‘lgan partiyadan haydashadi. Unga partiyadoshlariga tuhmat qilish, partiya ichida tarqoqlikni targ‘ib qilish kabi ayblar qo‘yiladi.

    2019-yilda Nayib mustaqil nomzod sifatida prezidentlik sayloviga qo‘shiladi. Shundan so‘ng sobiq partiyadoshlari va boshqa raqib partiyalar bosim o‘tkaza boshlaydi.

    Shuningdek, ular Nayibning alohida partiya tuzish haqidagi harakatlariga ham qarshi chiqishadi. Biroq Nayib nomzodini qaytarib olmaydi. U kurashishda davom etadi va Milliy birdamlik partiyasiga qo‘shiladi.

    2019-yil 3-fevral kuni o‘tkazilgan saylovda Nayib Bukele g‘alaba qozonadi va Salvador tarixidagi eng yosh prezidentga aylanadi. Qasamyod qabul qilish 2019-yil 1-iyunda bo‘lib o‘tadi.

    Foto: reuters.com

    Qattiqqo‘l prezident

    Nayib Bukele Salvador prezidenti bo‘lgach tashqi siyosatda keskin burilishni amalga oshiradi va bir necha oydan keyin Venesuela bilan diplomatik aloqalarni uzadi. Venesuela elchilarini mamlakatdan chiqarib yuboradi.

    2020-yilda dunyo bo‘ylab koronavirus tarqaladi va Nayib yana bir sinovga duch keladi. Shunda u keskin choralar ko‘radi. Shuningdek, qisqa fursatda mamlakatdagi bir qancha shifoxonalarni koronavirusga chalinganlarni davolashga moslashtiriladi.

    Natijada qo‘shni davlatlarga qaraganda Salvador pandemiyani muvaffaqiyatli yengadi va salvadorliklar pandemiyada kamroq talafot ko‘rishadi.

    O‘sha paytda uning oldida yana bir muhim ish – mamlakatda jinoiy to‘dalarni tugatish va jinoyatchilikni kamaytirish masalasi ko‘ndalang turgandi. Qolaversa, u bu haqda xalqqa saylovoldi chiqishlarida va’da bergan va saylovda ko‘pchilikning qo‘llovini olgandi.

    Nayib Bukele jinoyatchilarga qarshi kurashni prezident vazifasiga kirishgandan boshlaydi va eng avval harbiylar yordamida Salvadordagi barcha qamoqxonalarni qattiq nazoratga oladi.

    Jinoyatchilik darajasi baland bo‘lgan hududlarda nazorat kuchaytiriladi. So‘ng ko‘chalarda hukmronlik qilib kelayotgan jinoiy to‘dalarga qarshi ayovsiz kurash boshlanadi.

    Foto: reuters.com

    Ulkan qamoqxona

    Jinoyatchilikka qarshi kurash davomida juda ko‘plab jinoyatchilar hibsga olinadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda mamlakat bo‘ylab 80 ming kishi qo‘lga olinadi. Ularning aksariyati turli ayblovlar bilan qamaladi va mamlakatdagi qamoqxonalar mahbuslar bilan to‘ladi.

    Shunda Nayib Bukele yirik qamoqxona qurishga qaror qiladi. Qurilish ishlari 2022-yilda boshlanadi va ulkan qamoqxona 2023-yil yanvardan ish boshlaydi.

    “Terrorizmga qarshi kurash markazi” deb nomlangan bu qamoqxona mamlakat poytaxti San Salvador shahridan 74 km uzoqlikda, Tekoluka viloyatida qurilgan.

    Lotin Amerikasidagi eng yirik qamoqxona deyilayotgan mazkur muassasa uchun 166 gektar yer ajratilgan va shundan 23 gektariga har biri 32 ta yirik kameradan iborat bo‘lgan sakkizta korpus qurilgan.

    Kameralarning o‘lchami 100 metr kvadrat bo‘lib, ularning har birida 100 dan oshiq mahbuslarni saqlash mumkin. Har bir kameraga ikkita hojatxona va ikkita qo‘l yuvish uchun moslama o‘rnatilgan xolos.
    Qamoqxona zamonaviy texnologiyalar va kuzatish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lib, mahbuslarni 250 nafar politsiya xodimi va 600 nafar harbiylar qo‘riqlaydi.

    Foto: g1.globo.com

    Qamoqxona ish boshlagach boshqa qamoqxonalarda saqlanayotgan mahbuslar yangi qamoqxonaga ko‘chirila boshlanadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda hozirgi paytda 40 ming mahbusga mo‘ljallangan qamoqxonada 20mingga yaqin mahbus bor.

    2024-yil ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda Salvador aholisining 2 foizi qamoqxonalarda saqlanmoqda. Mamlakat aholisi 6,5 mln kishi ekani inobatga olinsa, Salvadorda 130 ming kishi qamoqxonada o‘tiribdi.
    Ularning asosiy qismi Salvadordagi eng yirik – Mara Salvatruchaning MS-13 guruhi va Barrio nomli shaxs boshchilik qiladigan jinoiy guruh a’zolari hisoblanadi.

    Mamlakat ko‘chalari jinoyatchilardan tozalangandan so‘ng jinoyatchilik keskin kamayadi va Salvador birmuncha xavfsiz mamlakatga aylanadi.

    Masalan, Nayib Bukele hokimiyat tepasiga kelguncha Salvadorda zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘layotganlar soni har 100 ming kishiga 103 ta bo‘lgan. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 19 taga, 2023-yilda 2,4 nafargacha kamaygan.

    Yangi qamoqxonada sharoitlar juda zo‘r deb bo‘lmaydi. Aksincha vaziyat birmuncha og‘ir. Jumladan, u yerda mahbuslarga ko‘rpa-to‘shak berilmaydi va ular temir qoplangan karavotlarda yotishadi.

    Foto: alamy.com

    Xalq qo‘llagan prezident

    Nayib Bukele mamlakatda tinchlik va xavfsizlik o‘rnatish masalasida juda katta ishlar qilar ekan, Salvadorda uning obro‘yi juda ko‘tarilib ketadi. Ijtimoiy so‘rovlar chog‘ida so‘ralganlarning aksariyati u yurg‘izayotgan ichki va tashqi siyosatdan hamda islohotlardan mamnunligini bildiradi.

    Biroq uning ikkinchi muddatga ham prezident bo‘lishi katta so‘roq ostida edi. Chunki avvalroq Salvador konstitutsiyasida bir shaxsning faqat bir muddat prezident bo‘lishi belgilab qo‘yilgandi.

    2021-yilda mamlakat Oliy sudi avvaliga amaldagi prezident keyingi saylovda ishtirok etib, ikkinchi marta qayta saylanishi mumkinligi haqida qaror chiqaradi.

    Ko‘p o‘tmay Oliy sud 2014 qabul qilingan bir shaxsning faqat bir marta prezident bo‘lishi haqidagi qarorni ham bekor qiladi. Shundan so‘ng 2022-yilda Nayib Bukele 2024-yilda o‘tkaziladigan saylovda ham qatnashishini e’lon qiladi.

    Foto: alamy.com

    2023-yil iyunda u rasmiy ravishda o‘z nomzodini ilgari suradi. Shundan so‘ng ayrim OAV, muxolifat vakillari, huquqshunoslar Nayibni tanqid qilishdi.

    Biroq so‘nggi yillarda jinoyatchilikka qarshi keskin kurashlari va Salvadorni xavfsiz mamlakatga aylantirgani uchun xalq Nayibning ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yganini qo‘llab chiqadi.

    2024-yil 4-fevral kuni o‘tkazilgan saylovda Nayib Bukele mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan g‘olib chiqdi.

    Saylovchilarning asosiy qismi – 83 foizi Nayib uchun ovoz berdi. Uning raqiblari 5 va 6 foiz ovoz olishdi xolos.
    Shu tariqa qisqa muddatda Salvadordagi vaziyatni yaxshi tomonga keskin o‘zgartirib yubora olgan Nayib Bukele yana mamlakat prezidentiga aylandi. U 2029-yil yozigacha bu mamlakatni boshqaradi. Ha, falastinlik arablar o‘z davlatida xo‘jayinlik qila olmayotgan paytda ularning biri boshqa mamlakatni boshqarmoqda.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

    29 mart, 21:00   Izoh (0)   2987
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #salvador#qamoqxona#arab

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Salvador qamoqxonasidagi qirg‘in natijasida 14 kishi halok bo‘ldi

    23.08.2015, 21:06

    JST yo‘lida: O‘zbekistonni oldinda qanday muammolar kutadi?

    04.12.2024, 19:55

    O‘zbekiston JST bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan muzokaralarni yakunladi

    10.12.2024, 10:55

    Tramp o‘z inauguratsiyasiga yana ikkita prezidentni taklif qildi

    18.12.2024, 09:30

    AQSHdan O‘zbekistonga 1 yil ichida necha kishi deportatsiya qilingani ma’lum qilindi

    22.12.2024, 13:16

    Paragvayda 60 tonnaga yaqin marixuana musodara qilindi

    25.12.2024, 17:35

    AQSH 970 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qiladi

    29 yanvar, 16:00

    AQSH deportatsiya qilingan migrantlarni Salvadordagi mega qamoqxonaga jo‘natadi

    5 fevral, 13:37

    AQSHdagi noqonuniy o‘zbekistonlik migrantlar Kosta Rikaga deportatsiya qilinadi

    18 fevral, 14:34

    AQSHdan deportatsiya qilingan markaziy osiyoliklar Kosta Rikaga keldi (foto)

    22 fevral, 21:44

    AQSH chegarachilari rossiyalik migrantlar bo‘lgan qayiqni tutib oldi 

    7 mart, 10:40

    AQSHdagi jinoyatchi migrantlar Salvadordagi mega qamoqxonaga olib kelindi (video)

    16 mart, 23:15

    O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

    27 mart, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.