1994-yilda AQSH va Rossiya prezidentlari Bill Klinton va Boris Yelsin Rossiya Federatsiyasining NATOga qo‘shilishi masalasini jiddiy muhokama qilishgan. Biroq bunga Yevropa davlatlari, xususan Germaniya qarshi chiqqan. Maxfiy hujjatlarni nemis nashri Der Spiegel e’lon qildi.

Jurnal bir nechta maxfiy, jumladan Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Helmut Kolning Klintonga maktubi, Rossiya va AQSHdagi nemis diplomatlarining hisobotlari, shuningdek Germaniya tashqi ishlar vaziri Klaus Kinkelning xizmat hujjatlarini tahlil qilgan.
Germaniya va Yevropa davlatlari Klintonning Rossiyani NATOga qo‘shish g‘oyasiga “Rossiya beqarorligidan himoyani” yo‘qotishdan qo‘rqib va “demokratik va xavfsiz” Moskvaga ittifoqda o‘rin yo‘q deb hisoblab qarshi chiqishgan.
Bu g‘oyani amalga oshirishning ilojsizligining yana bir sababi Rossiya Federatsiyasini Xitoy va Mo‘g‘uliston bilan chegarada himoya qilish zarurati deb ko‘rsatilgan. O‘sha paytdagi GFR mudofaa vaziri Folker Ryue Rossiyaning alyansga qo‘shilishi mumkinligini “uning tugashining belgisi” deb hisoblagan.
Bundan avval Rossiya NATO chegarasidan 25 kilometr uzoqlikda ulkan obyekt qurayotgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)