• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    Fransiya orqali Yevropaga strategik qadam

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 11–13-mart kunlari davlat tashrifi bilan Fransiyada bo‘ldi. Prezident Emmanuel Makronning taklifiga binoan amalga oshirilgan tashrifni odatiy diplomatik uchrashuv yoki rasmiy "iltifot" sifatida baholab bo‘lmaydi. Bu O‘zbekistonning nafaqat rasmiy Parij, balki Yevropa ittifoqi bilan munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilayotganining yaqqol belgisi.

    Agar avvalgi yillarda Yevropa ittifoqi davlatlari bilan aloqalar, asosan, alohida loyihalar, ayrim sohalardagi hamkorlik va onda-sonda uchraydigan muloqotlar bilan cheklangan bo‘lsa, bugun so‘z chuqur, uzoq muddatli va barqaror strategik sheriklikni shakllantirish haqida ketmoqda. Va ushbu jarayonda Fransiya nafaqat Yevropa mintaqasining yetakchi davlati sifatida, balki O‘zbekiston uchun siyosiy, iqtisodiy va madaniy ko‘prik vazifasini bajaruvchi strategik hamkor sifatida markaziy o‘rinni egallaydi.

    Nega aynan Fransiya? Chunki bu mamlakat nafaqat Yevropaning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri, balki Yevropa ittifoqining siyosiy yo‘nalishini belgilab beruvchi markaziy o‘yinchi hisoblanadi. Fransiya — Yevropa ittifoqining strategik konsepsiyalari, tashqi va xavfsizlik siyosati hamda global muammolarga munosabati shakllanishida hal qiluvchi ta’sirga ega davlatlardan biri. Uning pozitsiyasi ko‘pincha Ittifoq doirasidagi boshqa a’zo va hamkor davlatlarning munosabatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Shu ma’noda, Fransiya bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish — faqat ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish emas, balki butun Yevropa ittifoqi bilan mustahkam va tizimli munosabatlar o‘rnatish uchun muhim strategik ko‘prikdir.

    Ta’kidlash joizki, mazkur tashrif rasmiyatchilik doirasidan chiqqan holda muloqotlar chuqur mazmun va amaliy natijalarga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlari “yashil” energetika, aviatsiya (xususan, Airbus kompaniyasi bilan hamkorlik), transport va logistika infratuzilmasi, agrosanoat kompleksi hamda sanoat quvvatlarini modernizatsiya qilishga oid aniq va amaliy loyihalarni muhokama qildilar.

    Natijada umumiy qiymati 6,5 milliard yevro bo‘lgan aniq kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik dasturi qabul qilindi. 2020-2024 yillar davomida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi besh baravarga oshib ilk bor 1 milliard yevrodan oshdi.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Fransiya ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni to‘rt baravarga ko‘paydi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar nafaqat kengayib, balki yangi sifat bosqichiga ko‘tarilayotganini ham yaqqol ko‘rsatadi.

    Biroq, tashrifning mohiyati faqat iqtisodiyotda o‘z ifodasini topmaydi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning siyosiy va huquqiy asosi ham kengaydi va yanada chuqurlashdi – davlatlar o‘rtasida Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Fransiya kabi katta “siyosiy vaznga” ega davlatlar — rasmiy Bryusselda qabul qilinadigan qarorlar, xalqaro shartnomalar va Yevropa ittifoqining tashqi siyosiy yondashuvlariga yo‘nalish va ohang beruvchi asosiy markazlardan hisoblanadi.

    Shu ma’noda, Fransiyaning O‘zbekiston bilan yangi Strategik hamkorligi faqat ikki tomonlama munosabatlar doirasida muhim bo‘lib qolmay, balki davlatimizni butun Yevropa ittifoqi bilan aloqalarning kelajagiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim siyosiy signaldir.

    Yana bir muhim jihat — bu O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imidji va siyosiy mavqei masalasidir. Tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning eng nufuzli davlat mukofoti — Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi. Bu faqat ramziy ehtirom emas, balki Fransiyaning O‘zbekistonga nisbatan o‘zgarib borayotgan munosabatining yaqqol ifodasi.

    Endi rasmiy Parij Toshkentga Markaziy Osiyodagi oddiy “postsovet davlat” sifatida emas, aksincha, siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik va migratsiya kabi dolzarb masalalarda konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikka tayyor, mustaqil, pragmatik va ishonchli hamkor sifatida ko‘ra boshladi. Bu esa nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki O‘zbekistonning butun Yevropa ittifoqi miqyosidagi geosiyosiy mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim qadamdir.

    Xulosa qilib aytganda, prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi — ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yangi bosqich, yuqori siyosiy darajaga o‘tishning, strategik sheriklik sari tashlangan qat’iy qadamning ifodasidir. O‘zbekiston bugun Yevropa bilan bitta tilda — manfaatlar, teng huquqlilik va o‘zaro hurmat tilida suhbat qurishga tayyor ekanini amalda namoyon qilmoqda.

    Ibrohimjon Jo‘raboyev,
    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchisi

    14 mart, 13:23   Izoh (0)   2403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Korrupsiya barqaror rivojlanish uchun tahdid soluvchi eng katta global xavf

    5 mart, 15:41

    Sud organlariga shu kungacha qancha murojaat elektron shaklda kelib tushgani ma’lum bo‘ldi

    28 fevral, 18:35

    18 yoshida professor bo‘lgan, 11 tilni biladigan va 1 mln dollardan voz kechgan — bolaligidan dunyoga mashhur matematiklar haqida 

    20 fevral, 17:56

    Yaxshilik “bumerangi”

    22.12.2024, 20:20

    Sayohatning yangi ufqlari

    01.12.2024, 20:57

    “Daryo” saytida e’lon qilingan xabarga tuzatish

    08.11.2024, 09:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.