• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xodim ish vaqtida uxlasa bo‘ladimi? Huquqshunoslar tushuntirish berdi

    Bugun, 20-fevral kuni Oliy Majlis Senatining IX yalpi majlisida surxondaryolik senator Dilbar Suvonovaning chiqishi paytida majlis ishtirokchilaridan biri uxlab yotgani tasvirga tushib qoldi. Senat axborot xizmatining maʼlum qilishicha, majlisida uxlab qolgani aytilayotgan ishtirokchining sog‘lig‘i yomonlashib qolgan.

    Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi kotibiyatining bildirishicha, u jonli efir vaqtida boshqalar eʼtiborini tortmaslik uchun tashqariga chiqmay turgan. Ishtirokchi bu vaziyatda holatidan kelib chiqib ko‘rinmaslikka harakat qilganini aytgan.

    “Hozirda tibbiy muolaja ko‘rsatilgan va holati yaxshi, deyiladi munosabatda.

    Mazkur holat tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. “Daryo” muxbiri huquqshunos Muhammadamin Karimjonovdan xodim ish vaqtida uxlab qolishi qonunchilikda qanday tartibga solinishi yuzasidan izoh oldi.

    Muhammadamin Karimjonov
    Foto: “Daryo”

    Muhammadamin Karimjonovning tushuntirishicha, mazkur masala tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlariga bog‘liq. Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:

    • jamoa kelishuvlari;
    • jamoa shartnomalari;
    • ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
    • ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

    Ichki mehnat tartib qoidasida agar xodimning ish vaqtida uxlab qolishi qo‘pol qoida buzilish, deya baholansa, u bilan hatto mehnat shartnomasini ham bekor qilish mumkin. Masalan, ishchi smena paytida uxlab qolsa va bu ichki qoidada ma’n etilgan bo‘lsa, ish beruvchi uni ishdan bo‘shatishga haqli, dedi huquqshunos.

    Uning alohida tushuntirishicha, agar xodim kasal bo‘lsa, mehnatga layoqatsizlik varaqasini ochtirishi kerak.

    Xodimni ishdan ozod qilish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki maʼlumotnomasi asos bo‘loladi. Xodim ish vaqtida uxlab qolib, “Men kasal edim”, deyishi asos emas. Lekin uzrli holatlar ham bo‘lishi mumkin. Aytaylik, ishchining boshi og‘rib qolib, u dori ichsa va bu dori asosida uxlab qolgan bo‘lsa, hisobga olinishi mumkin. Yaʼni har qanday holatda ham asoslantiruvchi vaj bo‘lishi lozim, dedi Muhammadamin Karimjonov.

    Mehnatga layoqatsizlik varaqasi shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.

    Fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.

    Ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak

    Muhammadamin Karimjonovning aytishicha, jazirama kunlaridagi mehnatkashlarga qo‘shimcha dam olish vaqti berilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Tadqiqotlarga ko‘ra, tushlikdan keyin kamida 30 daqiqa uxlash ish samaradorligini 40 foizga oshiradi. Kunning yarmida uxlash sunnatdir. Uni arab tilida qaylula deb nomlashadi. Qaylula – tush paytida mizg‘ib olish, sog‘liq uchun foydalidir. Qaylula qiluvchilar tekshiruvlar natijasida yurak kasalligiga kamroq duchor bo‘lishlari aniqlangan.

    Yevropada siesta — ish vaqtida bir oz mizg‘ib olish uchun Ispaniya, Finlandiya va yana ayrim mamlakatlarda ruxsat berilgan. Yaponiyada ish vaqtidagi uyqu – inemuri normal holat hisoblanadi, deydi mutaxassis.

    Huquqshunos Saydali Muxtoraliyevning qo‘shimcha qilishicha, haqiqatdan ham ko‘proq Yevropaning issiq mamlakatlarida harorat ko‘tarilgan yozning issiq kunlarida ko‘pchilik ishxonalar siestaga o‘tishadi.

    Saydali Muxtoraliyev
    Foto: “Daryo”

    Jazirama issiqda o‘zbekistonliklar uchun siesta begona narsami? Men aksincha bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Siesta aslida birinchi navbatda serquyosh va issiq o‘lkalarga xos bo‘lganligi uchun ham bizning mehnatkashlarga begona bo‘lmasligi kerak. Masalan, dehqonchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadigan mehnatkashlarga ayniqsa, yoz kunlarida siestaga amal qilish, qo‘shimcha uxlab olish juda foydali.

    Bizdagi korxonalarda ham qaylulani – siestani rasman joriy qilish mumkinmi, degan savol tug‘iladi? Albatta mumkin. Mehnat kodeksining 204-moddasiga ko‘ra, ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi ko‘pi bilan ikki soat va kamida o‘ttiz daqiqa bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak. Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, deydi huquqshunos.

    Uning tushuntirishicha, bunda ish jarayonidagi tanaffus deganda, faqatgina ovqatlanish uchun beriladigan vaqt emas, balki dam olish uchun ham ajratiladigan vaqt haqida aytilmoqda.

    Demak, agar korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida, smenali grafiklarida yoki xodim bilan o‘rtadagi kelishuvda nazarda tutilgan bo‘lsa, yoki bu hujjatlarga alohida qo‘shimcha kiritilsa, xodimlarga dam olish va uxlab olish uchun qo‘shimcha tanaffus vaqti berilishi mumkin.

    Yaʼni qaylula va siesta faqat arablarga, ispanlar yoki greklarga xos narsa emas, hozirgi jaziramada o‘zbekistonliklar ham foydalansa bo‘ladi, bunday imkoniyatdan. Qonun bunga yo‘l qo‘yadi, deydi Saydali Muxtoraliyev.

    20 fevral, 20:35   Izoh (0)   11960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Oliy Majlis senati#yalpi majlis#Huquqshunos#uxlab qlish#Surxondaryo#mehnat kodeksi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oliy Majlis Senati yalpi majlisining jonli efiri 8 daqiqadan kam davom etdi

    28.04.2022, 16:51

    “Har bir insonning haq-huquqlari qay darajada himoyalangani qonunlarda aniq ko‘rsatilishi kerak” – Tanzila Norboyeva qabul qilinishi rad etilgan Uy-joy kodeksi haq...

    04.08.2022, 12:38

    Senat huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatishni taqiqlovchi qonunni ma’qullamadi

    16.08.2024, 12:10

    Senat “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Unvon kimlarga beriladi?

    28.08.2024, 17:51

    Qonunchilikka soxta tabiblarni ma’muriy javobgarlikka tortishni ko‘zda tutuvchi norma kiritilmoqda

    21.09.2024, 13:35

    Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir muhim konvensiyasi ratifikatsiya qilinmoqda

    21.09.2024, 14:40

    Oliy sud raisining o‘rinbosarlari saylandi

    21.09.2024, 14:20

    O‘zbekiston Shveysariyaning Stadler kompaniyasidan ikkita poyezd sotib oladi — Transport vazirligi

    02.10.2024, 19:14

    Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

    23.10.2024, 17:55

    Senat o‘tgan besh yilda qancha qonunni rad etgani ma’lum qilindi

    29.10.2024, 12:30

    “Davr bank”ka nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy jarima, vazirlik va idoralarda soni qisqartirilgan rahbar o‘rinbosarlari, kelgusi yil uchun eʼlon qilingan davlat byu...

    29.10.2024, 22:40

    “Ombudsman ijro organlarini mas’uliyatga chaqirish to‘g‘risida Oliy Majlis palatasiga biror marta axborot kiritmagan” — Tanzila Norboyeva 

    30.10.2024, 20:10

    Oliy Majlis Senati raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi  

    19.11.2024, 14:20

    Prezidentning Senat birinchi majlisidagi nutqi, Andijondagi Bobur haykalining ko‘chirilishi, Namangan va Buxoroda is gazidan besh kishining vafot etishi: 19-noyabr...

    19.11.2024, 22:50

    Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi

    25.11.2024, 21:11

    O‘zbekistonning GSP+ dasturiga kiritilgani doirasida 27 ta muhim xalqaro konvensiyani qabul qilish bo‘yicha ishlar boshlanadi — Senat

    06.12.2024, 14:59

    Muxolifat do‘stmi yo dushman? Prezident ko‘targan mavzu yuzasidan suhbat

    14.12.2024, 19:40

    O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi

    16.12.2024, 17:01

    Banklarga qo‘yilgan yangi vazifalar, Damasʼni urib yuborgan poyezd, yangi qurilgan uyda gaz taʼminotisiz yashayotgan aholi: 16-dekabrning eng muhim xabarlari

    16.12.2024, 23:04

    “Shu masalani ularning qulog‘iga quyyapmiz” — Tanzila Norboyeva mahalliy kengashlardan byudjet puliga masʼuliyatli bo‘lishni so‘radi

    18.12.2024, 16:25

    Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

    27.12.2024, 09:25

    “Tashabbusli byudjet” doirasida ayrim buyumlarni xarid qilish taqiqlandi

    16 yanvar, 12:59

    “Tashqi ishlar vazirligimiz uxlamasdan, jurʼatni yig‘ib chora ko‘rsin” — Rasul Kusherbayev o‘zbeklarni itga tenglashtirgan rossiyalik haqida

    19 yanvar, 23:34

    Parlamentlararo ittiffoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    31 yanvar, 14:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro avtomobil tashuvlarini soddalashtiradi

    Markaziy Osiyo | 16 may, 21:55

    Filippindagi saylov natijalari: kim g‘alaba qozondi, kim yutqazdi?

    Dunyo | 16 may, 21:45

    Yuriy Nikulinning qaysi so‘zlari tufayli “Kavkaz asirasi” suratga olinmay qolishi mumkin edi?

    Kino | 16 may, 21:35

    Daniyaga AQSHdan yana to‘rtta F-35 qiruvchi samolyoti yetib keldi

    Dunyo | 16 may, 21:25

    Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik qilgan haydovchi qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 may, 21:15

    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

    Reklama | 16 may, 19:30

    Din Xeysen “Real Madrid” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 16 may, 21:13

    Namangandagi qabristonda katta yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 16 may, 21:05

    “Rossiyaning Ukrainadagi urushi Yevropadagi tinchlik tartibini buzdi” — Antoniu Koshta

    Dunyo | 16 may, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.