Senatning 57-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Tuxtamuratovich Muslimov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.
Shuningdek, Olimjon Xamitovich Ismailov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.
Izoh (0)