Mirzanozim Do‘stmurodov “Dori-Darmon” AJ boshqaruv raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu lavozimda 2019-yil fevralidan buyon Umida Solihboyeva ishlab kelayotgandi. Mirzanozim Do‘stmurodov esa tayinlovga qadar “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni “tugatish komissiyasi” raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezist Mirzanozim Do‘stmurodov 1956-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1979-yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlash va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan. Ish faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutidan boshlagan.
Turli yillarda Toshkent temiryo‘llar kasalxonasi shifokori, bosh vrach o‘rinbosari, Protez-ortopediya reabilitatsiya markazi bosh vrachi, “Optomedik” MCHJ direktori, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisining birinchi o‘rinbosari, “Protezist” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi bosh direktori, “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni boshqaruv raisi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Izoh (0)