“Dori-darmon” AK kuzatuv kengashi qaroriga binoan kompaniya boshqaruvi raisi Ravshan Azimovning vakolatlari ariza berganligi sababli muddatidan avval tugatildi.
Kuzatuv kengashi qarori bilan Umida Solihboyeva kompaniya boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, United Investment Healthcare Group MChJ bilan 2018-yil 6-dekabrda tuzilgan aksiyadorlik kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilindi.
Izoh (0)