• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tarvuz yeyish ortidan: Toshkentda 4 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda 16-avgust kuni 4-son shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 4 yoshli bolaning vafot etganiga doir xabarlar tarqaldi. Unda marhumning otasi farzandiga shifokorlar beeʼtibor bo‘lganini bildirgan.

    Kadr: Ijtimoiy tarmoqlar

    Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra, 15-avgust kuni soat 08:30 da 2021-yilda tug‘ilgan Z.A. ota-onasi tomonidan 4-son shahar yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga ketma-ket qayt qilish, tana harorati ko‘tarilishi, ich ketishi, holsizlik va qorin og‘rig‘i shikoyatlari bilan olib kelingan. Bemorning onasidan shu zahoti epidemiologik anamnez yig‘ilgan.

    Maʼlum bo‘lishicha, oilaning 3 nafar farzandida uyda tarvuz isteʼmol qilgandan so‘ng ketma-ket qayt qilish, ich ketish, tana harorati ko‘tarilishi belgilari kuzatilgan. Uchala bemor yuqorida nomi keltirilgan shifoxonaga yotqizilgan.

    Aynan Z.A.da ketma-ket qayt qilish, ichining suyuq ketishi va tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi hamda qorin og‘rig‘i kuzatilgan. Unga “O‘tkir ichak infeksiyasi, gastroenterokolit turi. Asorati: toksikoz-eksikoz 1-2 daraja” tashxisi qo‘yilgan.

    Bola shifoxonaga keltirilishi bilan umumiy va bioximik qon, najas va siydik umumiy tahlillari qilingan. Bakteriologik ekma olingan va qorin bo‘shlig‘i ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilgan. Suvsizlanish (tana harorati balandligi, ketma-ket qayt qilish alomatlari)ni inobatga olgan holda, davolash rejasi tuzilgan. Shu asosda suvsizlanishni bartaraf etish uchun tomir ichiga suyuqlik yuborish muolajasi o‘tkazilgan va antibiotik (etiotrop) terapiya boshlab yuborilgan.

    Ana shu saʼy-harakat natijasida 1 sutka davomida bola tana harorati 37,7 darajada bo‘lgan, ich ketish kamaygan, qayt qilish va ko‘ngil aynish belgilari esa saqlanib qolgan. Bola davolovchi bo‘lim shifokori nazoratida bo‘lib, tibbiyot xodimlari tomonidan konsilium o‘tkazilgan hamda qo‘shimcha davolash rejasi belgilangan.

    Bemor soat 20:40 va 23:00 da navbatchi shifokor tomonidan ko‘rilgan. Ko‘rik vaqtida qusish 4-5-marta davom etgani va tana harorati 37,7 bo‘lgani, suvsizlanish belgisi saqlangani kuzatilgan. Suvsizlanish kuchayishining oldini olish uchun tomir ichiga suyuqlik va qusishga qarshi dori vositasi yuborilgan.

    Onasi tungi soat 01:50 da navbatchi hamshiraga bolani ko‘rsatgan. Hamshira bemor ahvolini ko‘rishi bilan uni reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazgan. Bu yerda 40 daqiqa davomida reanimatsiya shifokori, navbatchi shifokor va tibbiyot xodimlari tomonidan reanimatsion tadbirlar bajarilgan.

    Yuqori nafas yo‘li elektrootsos yordamida tozalangan (elektrootsos ishlashi uchun, yaʼni manfiy bosim hosil qilish uchun elektrootsos apparati ichiga 1-2 litr suv quyiladi), ambu yordamida nafas berilgan, bilvosita yurak yopiq massaji o‘tkazilgan, kerakli shoshilinch tez yordam dori vositalari yuborilgan.

    Ko‘rilgan tezkor reanimatsion tadbirlarga qaramay, bolada soat 02:30 da biologik o‘lim qayd etilgan. Tashxis: “O‘tkir yuqumli ichak kasalligi, gastroenterokolit turi. Aspirasion sindrom”.

    Bola Respublika sud-tibbiy ekspertizasiga yuborildi va ushbu muassasaning dastlabki tashxisi maʼlum qilindi: “O‘pka-yurak yetishmovchiligining boshqa turlari, A09 ichak infeksiyasi bilan bog‘liq, deb taxmin qilingan diareya va gastroenterit”.

    Hozirgi vaqtda uning o‘limi bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. Mazkur tekshiruv va Respublika sud-tibbiy ekspertizasining yakuniy xulosasidan so‘ng bolaning o‘limi yuzasidan yakuniy maʼlumot beriladi.

    22 avgust, 15:55   Izoh (0)   1417
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27

    O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:13

    APL klublari yozgi transfer oynasi vaqtida rekord darajadagi summa sarfladi

    Sport | 22 avgust, 18:10

    Navoiyda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:06

    Rossiya Ukrainaning yana 3 ta qishlog‘ini egallaganini da’vo qildi

    Dunyo | 22 avgust, 17:50

    Saratonga qarshi olmos: olimlar metastazni aniqlashning xavfsiz usulini kashf etdi

    Layfstayl | 22 avgust, 17:30

    Turkiya portlarida kemalardan Isroil bilan aloqasi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat so‘ralmoqda — manbalar

    Dunyo | 22 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.