“Chelsi” futbolchilari Enso Fernandes va Romeo Laviya “Bornmut”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda The Athletic yozmoqda.
Tibbiy tekshiruvlardan keyin Enso Fernandes taxminan ikki haftaga o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi.
Romeo Laviya esa ancha uzoq vaqt safdan chiqqan. Uning jarohati jiddiy.
Futbolchilar dushanba kuni “Vulverhempton”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda ishtirok etmagandi.
Izoh (0)