• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa Shou-biznes

    “Eng noodatiy Yangi yil”. Bayramni sahnada, yo‘lda va Avstraliyada kutib olgan mashhurlar(video)

    San’atkorlarning Yangi yil bilan bog‘liq xotiralari, ko‘pincha, o‘ziga xos va rang-barang bo‘ladi. Ba’zi san’atkorlar Yangi yil bayramini sahnada yoki xizmat safarida kutib olgan bo‘lsa, yana kimdir bu sehrli bayramni to‘shakda isitma bilan o‘tkazgan. Mashhurlarning Yangi yil bilan bog‘liq xotiralari va olgan noodatiy sovg‘alari haqida gaplashamiz.

    Afruza: “Bayram arafasidagi xizmatlarimga kelinlik oilamdagilar qarshilik qilishmaydi”

    Foto: “Daryo”

    — 31-dekabrda kechki dasturxon atrofida, albatta, oilaviy yig‘ilamiz. Ammo kunduzi xizmatlarim bor, to‘g‘risini aytib qo‘yaqolaman, deydi yosh kelinchak Afruza kulib. — Bunga turmush o‘rtog‘im va oila a’zolarim qarshilik qilishmaydi, sababi biz ijodkorlar oilasimiz, uydagi barcha ijod, san’at bilan mashg‘ul bo‘ladi. Avvallari Yangi yil kechasida uyga ulgurib kelolmagan paytlarim juda ko‘p bo‘lgan. San’atkormiz, o‘sha kuni ham tadbirlarda bo‘lamiz, deydi u.

    Lola: “Yangi yil oilaviy bayram!”

    Foto: “Daryo”

    — Yangi yilni doimgidek oilam, farzandlarim, turmush o‘rtog‘im bilan kutib olaman. Yangi yil, axir oilaviy bayram! Bayramda barchaga baxt tilayman, baxtli bo‘linglar, barchamiz tinch-totuv yashaylik, deydi latofatli Lola.

    “Via Marokand” guruhi a’zosi Rashid: “Norinning xamirini o‘zimiz to‘g‘raymiz”

    Foto: Instagram

    — Guruh yangi ochilgan vaqtda xizmatimiz juda ko‘p bo‘lgan, 31-dekabrda Samarqanddan qaytyotganimizda yo‘lda kutib olganmiz. Uyga yetib borishga ulgurmay qolganmiz, chamasi 00:45 larda uyga kirib kelganimda hamma uxlab qolganini ko‘rib, bir o‘zim o‘tirganman.

    Bayramni oila davrasida kutib olaman, albatta. Avvallari do‘stlar davrasida, ko‘chada nishonlagan bo‘lishim mumkin, lekin hozir uchta qizim bilan bu kechani kutib olishdan ortiq baxt yo‘q. Yangi yil juda quvnoq bayram, oila davrasida olivye salatini qilib, hattoki norinning xamirini o‘zimiz to‘g‘rab kutib olamiz. Aslida, shunisi qiziq.

    Yangi yilda olgan eng yaxshi sovg‘am — uchinchi qiz farzandim! Men uchun Allohdan berilgan eng yaxshi sovg‘a shu bo‘ldi, deydi Rashid.

    Ziyoda: “Farzandlarim qo‘ng‘iroq qilib bayram bilan tabriklashadi”

    Foto: “Daryo”

    — Yangi yilni oila davrasida kutib olishni yaxshi ko‘raman, ammo xalq xizmatlari va tadbirlarda bo‘lib qolganimiz tufayli ko‘pincha uyga yetib kelolmay qolaman. Salyut otilishi bilan farzandlarim qo‘ng‘iroq qilib “Oyi, bayram muborak” degan paytlari ham bo‘lgan. Ayniqsa, kichkina farzandim “Siz yaxshi ona bo‘lmayapsiz” deb qo‘yadi, juda e’tibortalab. Katta farzandim har holda meni tushunadi, charchashimni biladi, menga rahmi keladi. Bu yil ham xizmatlar borligi haqida ma’murim aytgandi, lekin uyga yetib borishga iloji boricha harakat qilaman, dedi xonanda.

    Ra’no Alimova: “Zarbalar uchun ham minnatdorman”

    Foto: “Daryo”

    — Yangi yilni o‘zimning texnikalarim bilan boshlayman — tugab borayotgan yil uchun, sodir bo‘lgan har qanday voqea — xoh zarbalar bo‘lsin, xoh quvonchli kunlar bo‘lsin, barchasi uchun shukr keltiraman. Yangi yilga qilayotgan niyatlarim xuddi ro‘yobga chiqqandek, minnatdorlik bilan ularni yozaman. Yangi yilni oilaviy nishonlash — xursandchilik onlarini birga o‘tkazishning yana bir imkoniyati, shu sababli men ham uni oila davrasida kutib olaman. Eslasam, bu bayramni hecham boshqa joyda nishonlamagan ekanman.

    To‘g‘risini aytsam, bayramga olgan barcha sovg‘alarim ham odatiy bo‘lgan. Ayollarga kim noodatiy sovg‘a beradi? O‘sha bilaguzuk, o‘sha atir yoki bo‘lmasa guldon, deydi taniqli boshlovchi.

    Umidaxon: “Isitma bilan to‘shakka yotib qolgandim”

    Foto: “Daryo”

    — 2023-yil kirib kelayotganda qattiq betob bo‘lib qolganman. Dasturxon ham yasatilmagan, hech qanday tayyorgarlik ko‘rilmagan. Isitmam chiqib, to‘shakda salyut ovozini eshitib Yangi yilni kutib olganman.

    2024-yil akam Ulug‘bek Rahmatullayev bilan duet aytganim va boshqa ko‘plab yutuqlarga erishganim bilan yodda qoldi. Sovg‘aga kelsa, men uchun eng muhimi e’tibor — bir kilogram mandarin ko‘tarib kelishsa ham xursand bo‘laman, deydi xonanda.

    Dilmurod G‘ulomov: “Bayramda Avstraliyada qolib ketganman”

    Foto: “Daryo”

    — Taqdir taqozosi bilan Yangi yilni xorijda kutib olgan paytim bo‘lgan. Yo‘lda borar manzilimizga ulgurolmay qolganimiz sababli dunyoning boshqa qit’asi Avstraliyada do‘stlar va biznes hamkorlar bilan kutib olganman. Avstraliyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bo‘lmagani sababli Malayziyaga borib, o‘sha yerdan uchishimiz kerak edi. Bu esdan chiqmaydigan Yangi yil oqshomi bo‘lgan. Lekin oila bilan kutib olish baribir boshqacha ekan, bo‘lmadi deganda o‘z yurtimda “Xalqlar do‘stligi”ning sahnasida kutib olishga ham rozi edim, dedi teleradioboshlovchi.

    Mushtariy Zafar: “Dadam o‘yinchoqsiz archa olib kelganlar”

    Foto: “Daryo”

    — Aslida bayramni har yili oilaviy kutib olishga astoydil harakat qilaman, lekin, bilasiz, xalq xizmati va tadbirlarda bo‘lamiz. Yangi yil arafasida ham ayni xizmat ko‘paygan vaqt bo‘ladi. Nasib qilsa, oilam bilan, nasib qilmasa, ishda kutib olaman, ammo baribir ishdan chiqib uyga kelaman.

    Bolalik vaqtlarimda dadam bayramga yaqin archa olib kelganlar-u, ammo archaning o‘yinchog‘ini sotib olish yodlaridan chiqqan. Iya, o‘yinchog‘i qani, desak dadam ham hayron. Keyin opa-singillarim bilan o‘zimiz qo‘l mehnati bilan o‘yinchoqlar yasaganmiz. O‘yinchoqsiz archa voqeasi esimdan chiqmaydi, deydi yosh xonanda.

    Azoda: “Bayramga o‘zgacha sovg‘a — BMW avtomobili”

    Foto: “Daryo”

    — Bir dasturxon atrofida Yangi yilni kutib olgach, do‘stlar bilan nishonlash uchun ko‘chaga chiqamiz. Avvallari bayramni yo‘lda yoki boshqa joyda kutib olgan paytlarim ham bo‘lgan, ammo kelin bo‘lgach ikki yildan buyon oila bilan nishonlash baxtiga erishganman. Yangi yilga noodatiy sovg‘a olmaganman, eslolmayapman. Menimcha, BMW yoki Mercedes avtomobilini sovg‘a qilishsa, shu o‘zgacha sovg‘a bo‘lardi (kulib), deydi bloger va xonanda.

    31.12.2024, 20:33   Izoh (0)   15570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #noodatiy Yangi yil#Lola#Afruza#Umidaxon#Via Marokand#Mushtariy Zafar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Shahzod Sultonov bilan yarashgan Feruza Normatova, kirakashga aylangan Liil Xurramov, “Qalpoq”chilardan Jahongir Otajonovga parodiya

    20.04.2022, 22:57

    Instagram: Uy xarid qilgan Durdona Qurbonova, 25 yillik orzusi ushalgan Nilufar Usmonova, Mavluda Asalxo‘jayevaga atalgan syurpriz

    16.10.2022, 22:53

    Qirg‘izistonda lolaning fanga noma’lum turi aniqlandi (foto)

    16.11.2022, 08:09

    Instagram: Yulduz Usmonovaning noodatiy tug‘ilgan kuni, “O‘rikzor”da non sotgan Feruza Normatova, to‘ylarga bepul chiqayotgan Nilufar Usmonova

    12.12.2022, 22:57

    Instagram: Shahram G‘iyosovning Toshkentdagi dabdabali to‘yi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Mirzabek Xolmedov, Hindiston sayohatidagi Durdona Qurbonova

    13.12.2022, 22:48

    Instagram: Asal Shodiyeva qanday avtomobil boshqaradi? 35 yoshida uylanadigan Liil Xurramov, “moyka”da ishlab ko‘rgan Feruza Normatova

    14.12.2022, 22:42

    Instagram: Farzandli bo‘lgan Aziz Rametov, qizini uzatgan Mahmud Namozov, Shahzoda Matchonova xonadonidan reportaj

    15.12.2022, 22:32

    Instagram: Nargiza Abdullayeva yangi uyga ko‘chdi, Nilufar Usmonova Istanbulda, Imron Nyu-Yorkda konsert berdi

    19.12.2022, 22:24

    Instagram: Raqqosalikni yakunlagan Parizoda, farzandli bo‘lgan “Bravo”chi, Abduhoshim Ismoilovning noodatiy raqsi, tansoqchi yollagan “Lalitto” 

    28.01.2023, 23:12

    Noodatiy obrazlar va to‘liq jonli ijro: xonanda Lola 10 yillik tanaffusdan so‘ng “Xalqlar do‘stligi”da konsert berdi (video) 

    29.09.2024, 11:37

    2024-yilning noyabr oyida premyerasi kutilayotgan film va multfilmlar

    03.11.2024, 09:10

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Jeyms Dayson va uning 5126 ta omadsizligi: qanday qilib oddiy muhandis eng muvaffaqiyatli biznes imperiya qura oldi?

    26.11.2024, 09:45

    Sayyohlar nega “Yangiobod”ga qiziqib qolishdi? (foto, video)

    27.11.2024, 19:01

    “Sahnaga ilk bor chiqayotgandek hayajonlandik” — “Setora” guruhining 20 yil kutilgan konserti qanday o‘tdi? (video)

    03.12.2024, 20:03

    Bayramona kayfiyat baxsh etishi kafolatlangan Yangi yil haqidagi yangi filmlar (treyler)

    07.12.2024, 10:54

    Noodatiy qadoqlangani uchun ichida nima borligini taxmin ham qilib bo‘lmaydigan Yangi yil sovg‘alari (foto)

    29.12.2024, 09:06

    2024-yilda turmush qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video) 

    31.12.2024, 12:35

    Burak O‘zchivit 40 yoshda: ajoyib umr yo‘ldosh va mehribon ota, fotograf va kolleksioner haqida nimalar ma’lum?

    24.12.2024, 18:58

    Foto: Ijtimoiy tarmoqlardagi eng g‘alati va g‘ayrioddiy Yangi yil archalari

    28.12.2024, 13:41

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 09:57

    Rossiya tunda Ukraina poytaxtiga hujum qildi. Qurbonlar bor (video, foto)

    Dunyo | 23 iyun, 09:52

    Gollivudning mashhur aktrisalari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Layfstayl | 23 iyun, 09:45

    Xitoy Eksimbanki O‘zbekistonga telekommunikatsiya rivoji uchun 500 mln dollar kredit ajratdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 09:10

    “Rossiya Yevropada yangi harbiy operatsiyalar tayyorlayotganiga oid dalillarga egamiz” — Zelenskiy

    Dunyo | 23 iyun, 09:03

    “AQSH hujum uchun javob olishi kerak” — Eron prezidenti

    Dunyo | 23 iyun, 08:41

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Al-Ayn” darvozasiga 6 ta gol urdi. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi

    Sport | 23 iyun, 08:28

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.