• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sayyohlar nega “Yangiobod”ga qiziqib qolishdi? (foto, video)

    Poytaxtdagi foydalanilgan buyumlar sotiladigan “Yangiobod” bozori haqida eshitganmisiz? Keyingi paytlarda bu bozorga sayyohlarning ham tashrif buyurishi ancha ortgan. Boisi, u yerda sotiladigan noyob buyumlar xorijliklarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

    Bozorda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q. Bu yerda istagan narsangizni topishingiz va kerak bo‘lmay qolgan har qanday buyumingizni sotishingiz mumkin. Zamonaviy onlayn bozorlarning anʼanaviy ko‘rinishi desa ham bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Bozor haqiqatan ham rang-barang, yaʼni u yerdan oziq-ovqat mahsulotlarini, yangi kiyim-kechaklarni, shu bilan birga eskilarini ham, allaqachon ishlab chiqarish to‘xtatilgan texnikalarning asbob uskunalarini, uy hayvonlari, qushlar, akvarium baliqlari va eng qizig‘i ko‘p yillik tarixga ega osori atiqalarni ham xarid qilishingiz mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Darvoqe, sizga bozorga kelishning eng qulay transport vositasi haqida aytib o‘tmadik. “Yangiobod” bozoriga shaharning istalgan burchagidan birgina metro orqali kelishingiz mumkin. Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan qurilgan yerusti metrosi yo‘nalishining “Yangiobod” bekatida tushib, tashqariga chiqishingiz bilan bozor muhiti sizni qarshi oladi.

    Foto: “Daryo”

    Yangiobod ham boshqa bozorlar singari dushanba kuni ishlamaydi. Savdogarlarning so‘zlariga ko‘ra, bozor shanba va yakshanba kunlari “to‘lib-toshadi”. Shundoq ham arzon bo‘lgan buyumlarni, savdolashib yanada arzonroqqa xarid qilsa bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Quloqqa chalingan g‘alati gap-so‘zlarga qaraganda, bu bozorda odamning jonidan boshqa barcha narsani topish mumkin ekan. Bu gap so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqinligini bilmaymiz-u, ammo rostdan ham barcha narsa bor ekan, ishonavering.

    Foto: “Daryo”

    Texnika jihozlari: telefon yoki kompyuter sotib olaman desangiz, ehtiyot bo‘lish kerak — bozorda o‘g‘irlangan mahsulotlar ham yo‘q emas.

    Foto: “Daryo”

    Bozorda kichik hayvonot olami ham bor — qushlardan tortib turli zotdor itlar-u, rangli baliqqacha. Narxi esa boshqa bozor va zoodo‘konlarga qaraganda hayratlanarli darajada arzon!

    Foto: “Daryo”

    Eski yoki bir martalik mavsumga chidab beradigan kiyim-kechak izlayotgan bo‘lsangiz ham “Yangiobod” bozori sizga yordam beradi. Tuflilarni holatiga qarab 30 mingdan 50 minggacha, ichkilar kiyimini esa 20-60 minggacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Agar bolalik yillaringiz bilan bog‘liq xotiralarni eslagingiz kelsa ham albatta bu bozorga tashrif buyuring. Bu yerda kamida 5-6 ta avlodning ermagi bo‘lgan o‘yinchoqlar, onalarimizning sarposiga qo‘yilgan billur idishlar ham bor.

    Aslida bunday bozorlar dunyoning har bir nuqtasida bor. Eng qizig‘i, ularning ham o‘z xaridori bor.

    Foto: “Daryo”

    Masalan, Parijdagi Sent Uan eski bozorida — antikvar buyumlardan tortib qiziqarli mayda-chuydalargacha bor. Dizaynerlik kiyimlari va buyumlar, qadimiy mebellar, kitoblar, yangi va ishlatilgan elektronikalarni ham topish mumkin.

    2004-yilda Berlinda ham eski-tuski bozori ochildi — avvaliga vaqtinchalik yarmarka sifatida, keyinchalik esa muntazam ishlaydigan bozorga aylandi. Faqat asl qadimiy buyumlar qidirsangiz, ehtiyot bo‘lishingiz kerak — har doim zamonaviy buyumlarni sunʼiy ravishda qadimiylashtirilganini uchratish xavfi mavjud.

    Bunday bozorlar Madridda, Londonda, Barselonada va Istanbulda ham bor. Aslida ular ko‘p jihatdan foydali. Keraksiz buyumlar axlatxonalarga tashlanmaydi va ularning umri uzayadi. Keyin bu ham tadbirkorlik. Biz arzimas hisoblagan buyumlar bilan ham bir xonadonning qozoni qaynaydi.

    Foto: “Daryo”

    Antikvar buyumlar sotiladigan bozor! Eh, mana buni haqiqiy muzey desa bo‘ladi. Ishonavering, bu yerga kelsangiz aniq o‘zingizni boshqa hududga tushib qolgandek his qilasiz. Xo‘sh, buyum antikvar hisoblanishi uchun kamida necha yillik tarixga ega bo‘lishi kerak? Ular haqiqatan ham qimmatmi? Bu kabi savollarimizga tadbirkor Ulug‘bek Mahmudjonov javob beradi.

    — Aslida 100-yil saqlangan buyumlarni ham tarixiy desa bo‘ladi. Afsuski, ko‘p insonlar ota-onasidan qolgan eski buyumlarni qadrlamay, ularni tashlab yuborishadi. Ulardan voz kechish emas, qadrlash kerak. Ular mamlakat tarixi haqida so‘zlaydi.

    Asosiy xaridorlar xorijliklar, ammo eski buyumlarga qiziqadigan hamyurtlarimiz ham yo‘q emas, — deydi yetti yildan buyon antikvar buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Ulug‘bek Mahmudjonov.

    Foto: “Daryo”

    Yangiobod rang-barang va boshqa zoodo‘konlarga qaraganda ancha arzon hayvonot bozori bilan ham mashhur.  Bu yerdan rang-barang qushlarni 15 ming so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin. Gapiradigan, sheʼr yodlab beradigan qushlarning bahosi esa ancha qimmat. “Yangiobod”ning ko‘rimsizgina akvarium bozorida ham savdo avjida. Bor-yo‘g‘i 5 mingdan boshlab, rang-barang va ko‘zni quvnatuvchi baliqlarni xarid qilishingiz mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Xullas, “Yangiobod” bozoriga bo‘lgan safarimiz ham yakunlandi. Vaqtingiz bo‘lganida shunchaki bu yerga kelishingizni tavsiya qilamiz. Samimiy insonlar, noodatiy buyumlar va arzon narx navo sizni hayratlantirishi aniq.

    Agar bozor haqida yanada ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishni istasangiz, havola orqali maxsus reportajni tomosha qiling. Umid qilamizki, ketgan vaqtingizga achinmaysiz. 

    27.11.2024, 19:01   Izoh (0)   13394
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yangiobod#bozor#antikvar buyumlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yangiobod” bozori Bektemir tumaniga ko‘chiriladi

    20.09.2017, 21:25

    Toshkentning “Yangiobod” bozorida sotuvchilar sotilmay qolgan hayvonlarni o‘ldirmoqda

    25.06.2018, 09:49

    “Besh xonali kvartira va Trailblazer”. Bosh prokuror “Yangiobod” bozori direktori noqonuniy orttirgan mablag‘larini nimaga sarflaganini ma’lum qildi

    07.11.2020, 15:39

    Toshkentdagi “Yangiobod” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

    13.02.2022, 09:25

    “Agar imkon bo‘lganida antikvar buyumlar muzeyini ochardim” — Yangiobod bozorida sotuvchilik qiladigan sobiq fotosuratchi (foto)

    22.11.2024, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.