• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi”

    Mediamakonimiz juda rang-barang, ko‘z tegmasin. Shou-biznes, g‘iybat, oilaviy qo‘ydi-chiqdi, siyosat, propaganda, feyk, fishing, manipulyatsiya, qimor, fahsh, xotinbozlik, pichoqbozlik, maza-bemaza vaynlar, avtohalokatlar, quling o‘rgilsin samosud, suitsidlargacha bisyor.

    Faqat uch narsa ko‘rinmaydi, o‘likdek: ilm, intellekt, innovatsiya...

    “Kaliforniya shtatida tadqiqotchilar ilk bor tushda ikki kishi o‘rtasida aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi”, “Yaponiyalik olimlar innovatsion texnologiyaga asoslangan shaffof kurtka yaratdi”, “Xitoydagi so‘nggi tadqiqotlarda o‘limdan keyingi hayotga umid paydo bo‘lgani aytilyapti” kabi ajnabiy xabarlarni o‘qisam, yig‘lagilarim keladi:

    Bizni nima jin urgan? Nimaga “Beruniylar, Xorazmiylar avlodi”da yarq etgan ilmiy yangiliklar yo‘q? Bor bo‘lsa, nega shov-shuv qilinmaydi, ommalashtirilmaydi? Diqqatni, vaqtni, fikrni o‘marish uchun kurash kechayotgan bir paytda ilm, intellekt, innovatsiya zo‘r berib targ‘ib etilishi, bu — hayot-mamot masalasi bo‘lishi kerak emasmi? Longrid urfdan qolgan zamonda shularga javob qidirib ko‘rdik.

    Biz hali o‘zgarmadik!

    O‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish uskunasi ixtiro qilingach, intellektual qatlamning aksariyati “O-o, ana endi ilmiy revolyutsiya bo‘ladi, Bruno va Kopernik asarlari qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi” deb o‘ylaydi. Qayerda! G‘irt uydirmadan iborat “Jodugarlar bolg‘asi” kitobi davrning bestselleriga aylanadi.

    Oradan 600 yil o‘tdi. Biz esa o‘zgarmadik. Deylik, o‘zbek olimlarining bola geniga qarab uning qaysi sport turida chempion bo‘lish imkoniyatlari kattaligini aniqlashga qaratilgan izlanishlari haqida maqola chiqsa, qayrilib qaramaymiz, ammo otarchilar ota talashsa, ular qolib, biz yoqalashamiz. Namanganlik 14 yashar o‘spirin murakkab agrotexnik yumushlarni ham bemalol bajaradigan robot-traktorlar yaratgani bilan ishimiz yo‘q, ammo, falonchioyning homilasi necha oylik bo‘lganini uyqudan uyg‘otib so‘rasangiz ham tutilmay aytib beramiz.

    Hamma joyda xo‘roz bir xil qichqiradi, maishiy va hokazo cho‘pchaklarni yig‘ishtiraylik. Ko‘pchilik yerliklar allaqachon jodugarlar bolg‘asi bosqichidan o‘tib bo‘lgan. Masalan, AQSHda eng ommabop mavzularni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rov natijalari (Pew Research Center) aholining aksariyat qismi — qariyb 60 foizi fan va texnologiyaga oid xabarlarga tashna ekanini, shuningdek, hududlardagi muhim siyosiy voqealar, medisina va salomatlik borasidagi axborotlarga ham ehtiyoj kattaligini ko‘rsatgan.

    O‘ylab qolasan, nahotki bularga Jey Lo bilan Afflekning ajrashayotgani qiziq emas? G‘alatimasmi?

    “Tabibimning o‘zi ham bemor”

    Bilmasangiz bilib qo‘ying, bizda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Ilm-fan targ‘iboti markazi” bor. Bir yildan ko‘p bo‘ldi ochilganiga. Faqat “kichkinagina” aybi — targ‘ibot markazining sayti yo‘q, ora-sira biron qo‘ltegdi tadbirdan lavha qo‘yiladigan Telegram va Facebook’dagi sahifalarida obunachilar 600 taga ham yetmaydi. Yaʼni, targ‘ibot markazining o‘zi targ‘ibotga muhtoj.

    O‘tgan asrning 70–80-yillarida yarim million (!) adadga ega bo‘lgan “Fan va turmush” jurnali hozir shu markaz qaramog‘ida va tabiiyki saviya ham shunga yarasha: uch oyda bir, 600 (?!) nusxada chiqadi (2024-yildagi 1-soni). Jurnal sayti ham bamisoli fillar qabristoniga o‘xshaydi: olis 2020-yilda joylashtirilgan “To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha “Poytaxt” radiosidan maslahatlar” bilan sayt ustiga qora tuproq tortilgan.

    Taqqoslash uchun: Amerika Fanlarni rivojlantirish assosiatsiyasi muassisligidagi Science jurnali saytiga bir kunda 1,1 mln foydalanuvchi tashrif buyuradi, materiallari bir oyda 34 mln martadan ko‘proq ko‘riladi, ijtimoiy tarmoqlardagi jami auditoriyasi esa qariyb 10 mln nafar. Facebook’da 4,8 mln, Twtter’da 4,2 mln o‘quvchisi bor, masalan.

    Dunyoni kim boshqaryapti?

    Hindistonda qaysidir hind Kembridj yoki Oksford kabi nufuzli universitetlarga qabul qilinsa, u tug‘ilib o‘sgan qishloqda naq bayram bo‘lib ketadi, katta mushakbozlik uyushtiriladi. Bugun Google, Microsoft, Citigroup, Adobe, Mastercard, PaloAltoNetworks, IBM kabi dunyoning gigant transkorporatsiyalarini kelib chiqishi hind bo‘lganlar boshqarayotgani balki shundandir.

    Umuman, Braziliyada futbol qashshoqlikdan qutulishning yagona chorasi deb qaralsa, hind xalqi najotni ilmdan qidiradi. Hatto mamlakat Konstitutsiyasida “Ilmiy tafakkur, tadqiqot va islohotchilik ruhini rivojlantirish – har bir fuqaroning burchi” ekani alohida belgilangan. Va muhimi, bu modda shunchaki “ochko olish” uchun yozilmagan.

    Hindistonda ilmiy yangiliklarni keng tarqatish va ommalashtirish bilan bevosita shug‘ullanadigan Nashrlar va axborotlar direktoratiga (Publications & Information Directorate) qatʼiy talablar qo‘yilgan: xabarlarda vizual joziba, milliy ruh va g‘urur ufurib turishi shart. Yaʼni, bu yerda to‘rtta xalat kiygan odamni rasmga tushirib, “To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar” mavzusidagi tadbirlarni yoritish ketmaydi.

    Masalan, direktorat tashabbusi bilan milliarddan ziyod aholi Hindistonning Mars orbitasiga yuborilgan missiyasi, Chandrayaan-3 oyga parvoz loyihasini (apparatning yumshoq qo‘nishini) telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda tomosha qilgan.

    So‘nggi so‘z

    AQSH faqat ur-yiqit, Hindiston esa o‘ldim-kuydim mavzusida film ishlamaydi. Ularda ilmiy-motivatsion kinoasarlarga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Yaʼni o‘zini hurmat qiladigan davlatlar mamlakat iqtisodiyotining yuksalishi, ishsizlikning tugatilishida turli migratsion kelishuvlar yoki ayollarni enagalikka o‘qitish emas, eng avvalo ilm-fan targ‘iboti birlamchi kuch ekanini yaxshi biladi.

    Buyuk matematik Jon Nesh haqidagi “Tafakkur o‘yini”, agrar iqtisodiyot dahosiga bag‘ishlangan “Templ Grandin”, ixtirolari orqali katta shuhrat qozongan qahramon obrazini ko‘rsatgan “Uch savdoyi”, davlat imtihonlaridan o‘n ikkinchi urinishdan so‘ng o‘tgan va g‘arib oilasi orzusini ushaltirgan yigit haqidagi “12-urinish” kabi yuqori reytingli filmlar aslida ilm-fanni ommalashtirishga qaratilgan kompleks yondashuv mahsuli.

    Keyin rivojlangan davlatlarda ilmiy-innovatsion tadqiqot natijalarining ommabop internet-platformalarda aks etishi alohida hisob-kitob qilinadi. “ResearchGate” xalqaro axborot resursida qayd etilishicha, 2016–2019 yillar orasida Facebook’da dunyo bo‘yicha 1,8 millionga yaqin ilmiy maqola eʼlon qilingan, yetakchilar AQSH (476,939), Buyuk Britaniya (126,554), Germaniya (109,225) va Hindiston (63,959). Bizning nomimiz ham yo‘q. Ahvol o‘zgarmasa, kirishimiz ham qiyin bunday ro‘yxatlarga.

    Chunki biz biron tadqiqotchining ixtirosi, izlanishlari emas, otarchilarning “shov-shuvli” sudi ketidan izillab quvamiz. Praym vaqtlarda qo‘yilayotgan film, telenovella yoki seriallar mavzusi qaynota-kelin, shaltoq er, xiyonat kabi mavzulardan ortmaydi. Davlat telekanallarida mamlakat ilm-fanini yoritishga qaratilgan ko‘rsatuvlarni sanashga bitta qo‘limdagi barmoqlar ko‘plik qiladi, nodavlatlarga barmoq ham shart emas, yo‘q. Internetda milliy ilm-fan yutuqlarini ko‘rsatadigan ilmiy-ommabop sahifalar auditoriyasi bir siqim chiqmaydi. O‘zgarish kerak.

    Darvoqe, Fanlar akademiyasi saytining rus tili shaklida eng so‘nggi xabar shu yilning avgust oyida eʼlon qilingan ekan. U ham bo‘lsa, Akademiya sobiq prezidenti Behzod Yuldashevning vafotiga bag‘ishlangan nekrolog: “O‘zbek ilm-fani og‘ir judolikka uchradi”. Tugadi.

    Nurmuhammad Nurulloh

     

    11.11.2024, 19:11   Izoh (22)   112923
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #media#ilm-fan#maqola

    Izoh (22)

    Kirish
    1. dildoraxonsharapova@gmail.com / 8 yanvar, 00:49

      Muallifga tashakkur, toʻgʻri va ogʻriqli, mani doimiy qiynab kelgan mavzuni yoritibsiz. Umid qilamizki, tez kunlarda bu muammo oʻz yechimini topadi va xalqimiz ham boʻlar-boʻlmas, bachkana kontentlardan zerikib, ilm-fandan najot topishga ehtiyoj sezib qoladi...

      Javob berish
    2. ayyubxon120@gmail.com / 13.11.2024, 19:40

      Юракни езадиган, гаплар ёзилибди. Халк дарди аслида мана шу. Лекин халкимизнинг купчиллиги, "огримаган жойини шифокорга курсатиб юрибди" минг афсус

      Javob berish
    3. n.y.azizov@gmail.com / 13.11.2024, 16:47

      Juda aniq faktlar keltirilgan! Ilm-fandan ijobiy "reaksiyalarni" kutamiz...

      Javob berish
    4. mushkulsavdo@gmail.com / 13.11.2024, 15:14

      Жуда ҳам ўринли ва долзарб масалага эътибор қаратилган.
      Бу ерда масаланинг икки жиҳати бор. Айни шу кунларда илмий тадқиқот олиб бораётган тадқиқотчиларни турли бюрократик жараёнлар қийнайди, сифатли тадқиқот олиб боришига тўсқинлик қилади. Қолаверса, мамлакатда умумий илмий муҳитни жонлантириш, илмга қизиқтириш ишлари ҳам тизимли олиб борилмаяпти ва мақолада бу ҳолат далиллар билан кўрсатилган. Респект!

      Javob berish
    5. gaminov685@gmail.com / 13.11.2024, 07:54

      Минг афсуски жамиятнинг катта қатламига шу ёритилган муаммолар қизиқ эмас. Глобал муаммолар айтилаяпти, аҳли илмлар тўғри йўлни кўрсатишяпти, лекин аҳвол йилдан-йилга оғирлашяпти. Одамлар реал хаётни бошқача тушуняпти хозир.

      Javob berish
    6. gulshanabdullayeva31@gmail.com / 13.11.2024, 06:53

      Katta rahmat

      Javob berish
    7. turgunovshamsiddin93@gmail.com / 12.11.2024, 21:22

      Zor mavzu bolibti

      Javob berish
    8. usibjonovpubgm@gmail.com / 12.11.2024, 20:00

      Bu imkoniyatdan 100% desak bundan 0.00000000000001% degani.

      Javob berish
    9. usibjonovpubgm@gmail.com / 12.11.2024, 19:59

      Taʼlim toʻgʻrisida kontent foydasi yoʻq bizda bizdagilar oʻziga emas aqli biroz past insonlar gapiga ishonib ketishadi. Buahmoqlik. Va qolaversa bizda oʻzining yoʻnalishiga va hohishiga va emas qaysidir ʼʼaqilliʼʼ tanishiga ishonib yurishaveradi

      Javob berish
    10. farruxravshanov80@gmail.com / 12.11.2024, 15:57

      Shunday xabarlardan kupaytiringlar iltimos katta raxmat yozuvchiga.

      Javob berish
    11. kubaev.surat@gmail.com / 12.11.2024, 10:33

      Katta rahmat. Dolzarb masala yoritilibdi. Aslida ahvol undanda og`ir. Fanlar akadimiyasi tizimida 10 yıldan ortiq ishlab shuni bildimki, Akademiya fan rivoji yo`lidagi to`siqqa aylanib qolgan. Agarda siz tizimni tanqid qilsangiz, eng katta dushmanga aylanasiz. Bir safar nomi boru o`zi ishlamaydigan Fanlar akademiyasi Kasaba uyushmasini ishlamayotgani, xodimlarning manfaatini emas faqat rahbariyat buyrug`ini bajaradigan, xodimlarni rahbariyat bilan birga "talaydigan" "yelkasizlar" tashkilotiga aylanganligini aytib tanqid qilganimda bilganman. Akademiyani Prezidentiga bu tegib ketib, meni xalq dushmaniga chiqarishgan. )))) Rahbariyati doim qulluq qiluvchi, hech qachon qarshi chiqmaydiganlardan "lyubimchiklar" va haqqini, adolatni talab qiluvchilardan iborat"abadiy yomonlar" ro`yxatini shakllantirib olishgan. Akadimiya tub islohatlarga muxtoj "qariya"ga aylangan. U yerdan ketganimga xursand bo`laman doim.

      Javob berish
    12. tojiddinovasabohat@gmail.com / 12.11.2024, 10:29

      Assalomu alaykum. Maqolada juda dolzarb va yorqin fikrlar berilgan.
      Ilm-fanga ijobiy hissa qo'shish har birimizning burchimiz!

      Javob berish
    13. 0405nodir@gmail.com / 12.11.2024, 10:15

      Яхши макола чикибди! Масалан, илмий, таълим(факат университетларни рекламаси эмас) йуналишдаги реклама куринишдаги маколаларни бепул жойлаштирсангиз балким аудитория яна купаярмиди ? Негаrи уша фалончи хон отарчиларни айнан сизлар оммалаштиряпсизларку ? балким хато уйлаетгандирман (коммент охирида сайтга чикмаслиги мумкин деган фикр хам келди...)

      Javob berish
    14. sherzodabdusaidovich@gmail.com / 12.11.2024, 06:07

      Tasanno... Odam na kuladi na yigʻlaydi. Achchiq haqiqatlar. Ammo nazarimda siz aytgan oʻzgarishlar yosh koʻklamdagi qari choʻchqa va uning zotlari "TOʻYSA"gina va yoki boʻkib oʻlsa keyin boshlanishi mumkin. Boʻlmasa biz hamon gilam laqabli roʻmolchani kutamiz xolos

      Javob berish
      • ayyubxon120@gmail.com sherzodabdusaidovich@gmail.com / 13.11.2024, 19:43

        Узгаришни аввало узимиздан бошлайлик. Бировни узгартириш жуда кийин масала

        Javob berish
    15. bobonazarovazizjon@gmail.com / 12.11.2024, 04:45

      Juda chiroyli fikrlar boʻlibdi. Shunday maqolalar ham koʻproq boʻlsa albatta yaxshi boʻladi.

      Javob berish
    16. m.sher.said888@gmail.com / 12.11.2024, 00:51

      Буларкану аник муаммоларни ёритса, хоз хамма зомби бб коган, риэлс куриш бн овора, ТВда ракс байрам "хинд парти", сериалларни кети узилмиди, коринни яна канака овкат бн сийласак диб юрибмиз, чойхона гап уйнаб, бизани халк "диградировать" кивотти, ачинарли...
      Авторга рахмат!
      99% бу маколани курганла, жуда куп ёзилганакан диб, яна риэлс кургани утиб кетади:(

      Javob berish
    17. qahramonovlochinbek9@gmail.com / 12.11.2024, 00:37

      Assalomu alaykum rahmat mehnatlaringiz uchun. Bunga qaygʻurish albatta barchamizning burchimiz. Ayni paytda yurakdagi dardni aytdingiz. Men hammasiga qoʻshilaman.

      Javob berish
    18. rdonyor.1994@gmail.com / 11.11.2024, 23:49

      Ассалому алайкум. Юқоридаги фикрларингиз жуда ўринли. Бу Фожеа. Илм фан ихтироларини ойнайи жахон орқали кўпроқ кўрсатиш керак халқимизга.

      Javob berish
    19. ajurawuziyev@gmail.com / 11.11.2024, 23:41

      Rahmat...

      Javob berish
    20. overalielst@gmail.com / 11.11.2024, 22:02

      Kitobni tashlab qo'yish – o'z imkoniyatlaringni chegaralash bilan barobar. Har bir sahifa seni yangi ufqlar va bilimlar bilan boyitadi. Bugun o'qishga qaytsang, ertaga o'zingni o'zgartirasan va yurtimizning yanada kuchli bo'lishiga o'z hissangni qo'shasan.
      Shu gaplarimni unutma!

      Javob berish
    21. bobirjon453@gmail.com / 11.11.2024, 21:48

      Katta rahmat sizga zoʻr motivatsiya boʻldi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Inqirozli vaziyatda birinchi navbatda sovuq dush qabul qilsam kerak”. Matbuot kotiblari jurnalistlar haqida

    27.06.2021, 16:17

    Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi

    30.06.2021, 10:13

    To‘rtinchi qavatdagi kvartira va tvorog uchun navbat: 66 yoshli Germaniya kansleri Angela Merkel qanday yashaydi?

    19.07.2021, 09:59

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh faol fuqarolarni mukofotladi

    24.08.2021, 22:21

    O‘zbekiston madaniy merosi — uchinchi Renessans poydevori

    16.09.2021, 18:00

    Mavlud nishonlayotgan qizlar, Tojikistonda boshlangan harbiy mashg‘ulot, fotoqopqonga tushgan jayron. 19-oktabr suratlari

    19.10.2021, 23:56

    “Oldinga yurish uchun ortga ham qaytib turiladi” — Amerikadagi nufuzli teleboshlovchi Opra Uinfridan uch saboq

    11.02.2022, 15:20

    Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi

    24.03.2022, 21:08

    “Har tomonlama o‘sishimga va mamlakat rivojiga sabab bo‘luvchi taklif tushsa, Toshkentdan turib ishlashga rozi bo‘laman” — 8 yildan buyon Amerikada yashab, institu...

    30.05.2022, 14:23

    Rafiqalarining soyasida: eng nufuzli siyosatchi ayollarning erlari qanday ko‘rinishga ega va ular nima bilan shug‘ullanadi?

    23.07.2022, 13:50

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yil dasturi ijrosi

    28.12.2022, 18:00

    Sayyoradagi eng boy ayol kim va u qanday qilib bunchalik boyib ketgan?

    01.05.2023, 22:00

    “Atom bombasining cho‘qintirgan otasi” — SSSRdagi atom loyihasi rahbari Kurchatov taqdiri

    10.08.2024, 19:31

    “O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomida qoladi” — Akmal Saidov 

    18.10.2024, 20:47

    Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan Fathulloh Gulen vafot etdi

    21.10.2024, 15:18

    O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyaga kirish 20 yilga taqiqlandi 

    25.10.2024, 12:30

    Ilon Mask Tesla aksiyalarining rekord darajada o‘sishi tufayli bir kunda 33,5 mlrd dollar ishlab topdi

    25.10.2024, 22:35

    Bosh prokuratura Komil Allamjonov bilan bog‘liq tergov ishi yuzasidan yolg‘on axborot tarqatmaslikni so‘radi 

    27.10.2024, 23:56

    Chery avtomobillarining 1700 km dan ortiq masofadagi test-drayvi

    29.10.2024, 21:00

    O‘zbekistonda KFC: qanday qilib mini-myuzikl oddiy buyurtmani butun boshli bayramga aylantirdi

    30.10.2024, 18:00

    Irlandiyada sun’iy intellekt o‘ylab topgan soxta Hellouin paradi minglab odamlarni ko‘chaga to‘pladi

    02.11.2024, 14:55

    “Qo‘shni davlatlar aholi soni jihatidan o‘zib ketmoqda”. Tashiyev qirg‘izistonlik ayollarni 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirdi

    05.11.2024, 10:40

    Qozog‘istonda ayollarning ish soatini qisqartirish taklif qilindi

    07.11.2024, 15:20

    PFL: “Lokomotiv” klubi matbuot xizmati sabab jarimaga tortiladi

    08.11.2024, 14:10

    Rossiyada fuqarolikka qasamyod qilmaganlar pasporti olib qo‘yiladi 

    10.11.2024, 21:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya olimlari suvsizlanishni aniqlovchi mobil texnologiya ishlab chiqdi

    Layfstayl | 27 may, 23:35

    O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasi oshiriladi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:20

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.