• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    O‘zbekiston madaniy merosi — uchinchi Renessans poydevori

    O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati V kongressi: yakunlar, faktlar, raqamlar, rejalar

    O‘zbekiston uch ming yillik ulug‘vor va muhtasham tarixga ega. Yurtimizda jahonshumul sivilizatsiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho me’moriy obidalar vujudga kelgan hamda yaratilgan. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ana shunday ulug‘vor va boy madaniy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va uni ommalashtirish bo‘yicha keyingi 5 yil ichida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan juda katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan bir qator tashabbuslari ichida xalqimiz madaniyati va tarixini ommalashtirishga qaratilgan madaniy forum o‘tkazish taklifi xalqaro hamjamiyat, xususan, YuNESKO tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.

    Prezidentimizning mazkur tashabbusi asosida joriy yilning 15-sentabr kuni Xiva shahrida “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalar chorrahasida” madaniy forumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik xalqaro anjumanga mamlakatimiz hukumati puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Ushbu madaniy forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tashkiliy va moliyaviy ko‘magida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyatining V kongressi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

    Kongress ishida 40 ta mamlakatdan 250 nafardan ziyod sharqshunos, tarixchi, arxeolog, san’atshunos olimlar, ixtisoslashtirilgan ilmiy muassasalar mutaxassislari va mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ular ichida 9 nafar akademik, 63 nafar fan doktori, 66 nafar professor, 28 nafar dotsent, 28 nafar fan nomzodi hamda 40 nafar muzeylar, kutubxonalar, ilmiy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Anjumanda 100 ga yaqin ma’ruzalar tinglandi. O‘zbekiston madaniy merosini tadqiqot qilishga qaratilgan bunday keng ko‘lamdagi ma’ruzalar mamlakatimiz ilmiy va ijtimoiy hayotida yorqin voqea bo‘ldi.

    Kongress doirasida “O‘zbekistonning 300 buyuk durdona qo‘lyozmalari” nomli fotoko‘rgazma, Rishton kulolchilik buyumlari ko‘rgazmasi, Shahrisabz va Samarqand yodgorliklariga virtual sayohat — “Zamonaviy ilm-fanda 3D texnologiyasi” videoart ko‘rgazmasi, J. Usmonovning “Alisher Navoiy she’riyati” suratlar ko‘rgazmasi, arxeolog, O‘rta Osiyo madaniyati tadqiqotchisi Leon Semyonovich Barshevskiyning oxiriga — “O‘zbekiston tarixi fotosuratlarda”, “Markaziy Osiyo kartografiyasi: fan va geosiyosat o‘rtasida” fotoko‘rgazmalari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining numizmatik to‘plami ko‘rgazmasi va boshqa ko‘plab tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

    Shuningdek, buyuk hukmdor va alloma Mirzo Ulug‘bekning “Harakatsiz yulduzlar kitobi”ning faksimile nashrining taqdimoti kongressda sensatsion voqea bo‘ldi. Avstriyaning Mueller&Shindler nashriyot uyi va O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati tomonidan tayyorlangan bu noyob kitob mamlakat olimlari va jamoatchiligining hayratiga sabab bo‘ldi. Bu qo‘lyozma Fransiya milliy kutubxonasida saqlanadi. Bu ulug‘vor qadimiy qo‘lyozmalarimizning yettinchi faksimile nashri hisoblanadi.

    Kongressda asosiy voqealaridan yana biri, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob albomining 50 tomi taqdimotidir. Bundan tashqari yangi 6 ta albom nashr etildi. Ular orasida 4 ta O‘zbekiston san’at durdonalari albomi, 1 ta Rishton kulolchiligiga bag‘ishlangan illyustratsiyali albom va 1 ta Kamoliddin Behzod miniatyuralarini o‘z ichiga qamrab olgan albom bor.

    Kongressning eng muhim va yorqin voqeasi — O‘zbekiston madaniyat merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati a’zolari O‘zbekiston madaniy merosi — yangi Renessans poydevori V kongressida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga murojaat qabul qilishi bo‘ldi.

    Murojaatda biz dunyoning turli mamlakatlari — Yevropa, Osiyo va Amerikadan kelgan mutaxassislar, sizning madaniy merosni asrash borasidagi noyob tashabbuslaringizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish sohasida ish olib borar ekanmiz, har birimiz O‘zbekiston hududida bronza davridan boshlab, qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelgan eng boy madaniyatning qadr-qimmatiga ishonamiz. Bu mamlakatning eng boy ma’naviy va moddiy merosi jahon sivilizatsiyasi uchun abadiy qadriyatdir. O‘zbekistonda uchinchi Renessans uchun sharoit yaratish uchun qaratilgan milliy g‘oya, avvalo puxta o‘ylangan madaniy siyosatga asoslangani chuqur hurmatga loyiq. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat ma’naviyatining yuksalishigi, odamlarning, ayniqsa yosh avlodning vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga asos bo‘ladi. O‘zbekistonda milliy madaniyat sohasida tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o‘rganish ishlari olib borilmoqda, ilmiy va ma’rifiy ishlar yangi kuch olmoqda, xalq ijodiyoti hamda nomoddiy merosni asrab-avaylash davlat darajasida qullab-quvvatlanmoqda, deb alohida ta’kidlanadi.

    Butunjahon jamiyatning IV kongressida keyingi 5 yillikka mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” qabul qilingan edi. Ushbu hujjatda 100 dan ziyod loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Xususan, butunjahon jamiyati a’zolari istiqboldagi bir yil ichida Xanenko nomidagi Ukraina muzeyi, Rossiyaning davlat Ermitaji, Vengriyaning muzey va kutubxonalari, Xitoyning ilmiy tashkilotlar to‘plamlari, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator mamlakatlarning ilmiy va shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan madaniy yodgorliklarimizni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob albomlarinig navbatdagi tomlarida nashr qilish rejalashtirildi. Bundan tashqari, Buxoro va Termiz shaharlari muzeylarida saqlanayotgan madaniy merosimiz ham alohida kitob albom shaklida chop etiladi. Eng qadimgi davrlardan XX asrgacha markaziy Osiyo kartografiyasi nomli va boshqa bir qator loyihalar ham muhokama qilinib, amaliy ishga kirishildi.

    Kongress yakunida butunjahon jamiyati a’zolari va loyihalarda faol ishtirok etgan xorijiy va milliy olimlari “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob-albomlarining 50 tomi bilan taqdirlandi.

    O‘zbekiston hukumati qo‘llab quvvatlashi bilan o‘tkazilgan V kongress O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi va YuNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi ko‘magida o‘tkazildi.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “O‘zbekiston madaniy merosini jahon to‘plamlarida” loyihasi va kongresslarni tashkil etishda loyiha ishga tushgan birinchi kunlardanoq Eriell Group neft-servis homiy va hamkor sifatida faol qatnashib kelmoqda.

    Mazkur tashkilot yordami bilan ko‘plab olimlar va jurnalistlardan iborat ilmiy-ijodiy guruhlar 100 dan ziyod ishchi safarlarda bo‘lishdi, bir qator yirik xalqaro media event’lar va boshqa o‘nlab tadbirlar tashkil etildi.

    Reklama huquqi asosida.

    16.09.2021, 18:00   Izoh (0)   33838
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kazakhstan noyob turar joy majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    16.09.2021, 15:00

    FDG barchani Manhattan TJM loyihasining savdo ofisi ochilishi marosimiga taklif qiladi

    16.09.2021, 12:00

    Realme kompaniyasi C21Y smartfoni uchun flash-chegirma e’lon qilmoqda

    16.09.2021, 10:30

    Alfraganus savdo-ko‘ngilochar majmuasida tijorat binolariga 30 foizli chegirmalar taqdim etiladi

    16.09.2021, 09:00

    O‘zbekistondagi Sharda universiteti — har bir inson uchun munosib ta’lim

    15.09.2021, 18:00

    Techno Juma’ga xush kelibsiz!

    15.09.2021, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.