• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    Sayyoradagi eng boy ayol kim va u qanday qilib bunchalik boyib ketgan?

    Sayyoramizdagi eng boy ayol kimligini bilasizmi? Quyida juda katta aktivlarga ega bo‘lgan fransuz ayoli va uning qiyin oilaviy munosabatlari haqida ma’lumot beramiz.

    Fransuaza Bettenkur-Meyers, 2011-yil avgust
    Foto: Legion Media

    Fransuaza Bettenkur-Meyers 2017-yilda onasidan L’Oreal aksiyalarining uchdan bir qismini meros qilib oladi va Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, 82,1 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy ayolga aylanadi. Oddiy milliarder merosxo‘rlardan farqli o‘laroq, bu xonim o‘z e'tiborini L’Oreal direktorlar kengashi a'zoligiga (u bir nechta kengash qo‘mitalarida, jumladan strategiya va barqarorlik, inson resurslari, tayinlash va boshqaruv) va o‘zining yozuvchilik karyerasiga qaratdi. Badavlat merosxo‘r yunon mifologiyasi va yahudiy-xristian munosabatlaridan tortib eshitish va karlik haqidagi mavzularda kitoblar yozgan.

    Fransuaza bu yozda 80 yoshga to‘ladi. U L’Oreal asoschisi Ejen Shuellerning nabirasi. Bobosi 1908-yilda Oreal deb nomlangan yangi soch bo‘yog‘i formulasini ixtiro qiladi. Bu ixtiro Shuellerga katta daromad olib keladi, 1957-yilda uning boyligi qizi Lilian Betankurga o‘tadi. Uning eri Andre Bettenkur fransuz siyosatchisi bo‘lib, hukumatda vazir va senator bo‘lib ishlagan. Betankurlar fransuz jamiyatida o‘zlarining hashamatli bazmlari bilan mashhur edi.

    Lilian Bettenkur, eri Andre Bettenkur va ularning qizi Fransuaza Bettenkur, 1988-yil 23-mart
    Foto: Legion Media

    Biroq Fransuaza Bettenkur-Meyers hech qachon ota-onasi kabi hashamatli turmush tarzini olib bormagan. Uning sevimli mashg‘ulotlari — kitob yozish va pianino chalish bo‘lgan. Vanity Fair nashriga ko‘ra, o‘smirlik chog‘idayoq Fransuazaning onasi bilan munosabatlari yaxshi kechmagan. “Fransuaza og‘ir-vazmin edi, — deydi Lilian Betankur, — har doim mendan orqada bo‘lardi”. The New York Times gazetasining yozishicha, ona 2009-yilda fransuz gazetasiga bergan intervyusida qizini “sovuq bola” deb atagan.

    Betankur-Meyers “Betankur ishi” deb nomlanuvchi meros bo‘yicha oilaviy sud jarayonini boshlaganida bu munosabatlar keskin nuqtaga yetadi. New York Times gazetasining yozishicha, sud jarayonida Fransuaza onasining eng yaqin do‘sti, fotograf Fransua-Mari Banye Bettenkur xonim bilan bo‘lgan “ishqiy mojarosi”dan foydalanib, keksa ayolni unga naqd pul, taxminan 1,86 milliard dollarlik san’at va ko‘chmas mulk berishga majburlaganini da’vo qilgan. Bettenkur-Meyers 2007-yil dekabr oyida Banyega qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atadi. Lillian qizining da'vosiga qarshi chiqadi va aktivlarini o‘z xohishiga ko‘ra Banye bilan bo‘lishganini aytadi.

    Liliane, Andre va Fransua Bettenkur Feminissima ko‘rgazmasida, 1987-yil
    Foto: Legion Media

    Betankur xonim demensiya va Alsgeymer kasalligiga chalingani, atrofidagilar esa uning bemorligidan foydalanganligi xabar qilingan. Yengilishni xayoliga ham keltirmagan Fransuaza Bettenkur-Meyers Fransiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Nikolya Sarkozi ham ishtirok etgan dramatik tergovga yana to‘qqiz nafar ayblanuvchini qo‘shadi. Sobiq hukumat amaldori prezidentlik kampaniyasini moliyalashtirish uchun Betankur pullarini noqonuniy qo‘lga kiritganlikda ayblangan, garchi prezidentga qarshi ish dalillar yo‘qligi sababli to‘xtatilgan bo‘lsa-da. Banye 2015-yilda “ayolning ojizligini suiiste’mol qilish”da ayblanib, ikki yarim yillik qamoq va jabrlanuvchiga 158 million yevro tovon to‘lash jazosiga hukm qilingan, biroq keyinchalik apellyatsiya ishida qamoq muddati va to‘lov bekor qilingan.

    Garchi Betankur-Meyers sud jarayonidan g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, keyinroq guvohlarga pora bergani haqidagi ayblovlar uchun tergov qilinadi. Tergov 2015-yilda Benye tomonidan qo‘yilgan jinoiy da’voga asoslangan edi. O‘shanda Fransuaza guvohga bergan to‘lov qisman ishdan bo‘shatish nafaqasi, qisman shaxsiy qarz bo‘lib, ko‘rsatma uchun pora emasligini aytgan. Qarshi da’vo 2016-yilda maxfiy kelishuv asosida hal qilingan.

    Sudda ishtirok etgan advokat Vanity Fair nashriga shunday deydi: “Avval onasi qizini o‘ldirdi, keyin esa qizi onasini o‘ldirdi”. 2009-yildan beri Lilian va Fransuaza bir-biri bilan gaplashmaydi. “Hozir qizim bilan ko‘rishmayapman ko‘rishni xohlamayman ham, — degan Betankur xonim 2008-yilda bergan intervyusida. — Men uchun u o‘lgan”.

    Fransuaza Bettenkur-Meyers va Lilian Bettenkur, 2011-yil 24-yanvar
    Foto: Legion Media

    2011-yilda Lillian Betankur ruhiy salomatligi yomonlashgani sababli oilasi qaramog‘iga topshiriladi. Sud jarayonida uzoq vaqtdan beri unutilgan oilaviy sirlar, jumladan Betankur-Meyerning otasi va bobosi natsistlarga xayrixoh bo‘lganligi haqidagi taxminlar ham oshkor bo‘ladi.

    Ejen Shueller fashistlar Germaniyasining dastlabki yillarida Adolf Gitlerning “dinamizmi”ni omma oldida maqtagan va Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin natsistlarning hamkori sifatida tergov qilingan, shuningdek, respublika hukumatini ag‘darish uchun fitna uyushtirgan maxfiy jamiyatning a’zosi bo‘lgan — 1930-yillarda Fransiya guruhni moliyalash va unga L'Oreal shtab-kvartirasida uchrashuvlar o‘tkazishga ruxsat berish orqali ularga xizmat qilgan.

    Liliane Betankur va uning qizi Fransuaza Betankur-Meyers 2012-yil 24-yanvarda Grand Palais’da bo‘lib o‘tgan Parij moda haftaligida.
    Foto: Legion Media

    Andre Betankur, o‘z navbatida, 1940-yillarning boshlarida nemisparast matbuot uchun antisemitizm maqolalar yozgan, garchi yo‘nalishini o‘zgartirib, qarshilikka qo‘shilgan bo‘lsa ham. Keyinchalik u Ikkinchi jahon urushi paytida harbiy xizmati uchun mukofotlangan va Fransiya hukumatida xizmat qilgan.

    2017-yilda Lillian vafotidan so‘ng, Fransuaza o‘zining milliardlab dollarlarini va Bettenkur xonim so‘nggi kunlarini o‘tkazgan Art Deco saroyini meros qilib oladi. Uy Parijning g‘arbiy qismidagi boy shahar Neuilli-sur-Seine shahrida joylashgan. Bundan tashqari, u Brittani qirg‘og‘idagi bolaligi o‘tgan uyga ham ega bo‘ladi. Ammo hozirda Fransuaza Parijning g‘arbiy chekkasida yashaydi.

    O‘tgan yillar davomida fransuz ayolining boyligi keskin o‘sdi. Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, Betankur-Meyersning sof boyligi 82,1 milliard dollarga baholanib, u dunyodagi eng boy ayol va dunyodagi 11-eng badavlat odam hisoblanadi. U va oilasi L'Oreal’ning 33% ulushini nazorat qiladi.

    Jan-Viktor Meyers, Nikolas Meyers, Fransuaza Bettenkur-Meyers va uning turmush o‘rtog‘i Jan-Pyer Meyers L'Oreal’da — UNESKO’ning ilm-fan sohasidagi ayollarni mukofotlash tadbirida, Parij, 14-mart 2019-yil
    Foto: Legion Media

    Fransuaza Tethys oilaviy xolding kompaniyasi bosh direktori Jan-Pyer Meyersga turmushga chiqqan. Ularning Jan-Viktor va Nikolas ismli ikki o‘g‘li bor. Jan-Viktor 2012-yilda buvisining o‘rnini egallab, onasi bilan birga L’Oreal direktorlar kengashida ishlay boshladi. Kompaniya L’Oreal, Maybelline, Essie, Garnier, Urban Decay Cosmetic, Lancome va Kiehl's kabi ommaviy brendlarga ega.

    Betankur-Meyers, shuningdek, 1980-yillarda asos solgan xayriya tashkiloti Betancourt-Schueller jamg‘armasi prezidenti sifatida ham ishlaydi. Jamg‘arma tabiiy fanlar va san’at sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratadi.

    01.05.2023, 22:00   Izoh (0)   21395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir marta kiygan poyabzalini ikkinchi marta kiymaydi: Hindistondagi eng boy odamning rafiqasi qanday hayot kechiradi?

    17.04.2023, 17:40

    Million dollarlik garderob: gersoginya Keyt Middltonning eng qimmat liboslari (foto)

    29.04.2023, 22:35

    Shaxmat o‘rgatishi mumkin bo‘lgan 7 ta hayotiy saboq 

    28.04.2023, 18:06

    Milliarder xonimlar: Forbes-2023 ro‘yxatidan o‘rin olgan dunyodagi eng boy ayollar va ularning muvaffaqiyat sirlari

    14.04.2023, 14:50

    Nega yahudiylar juda boy? Milliarder bo‘lish uchun ular amal qiladigan 10 ta qoida

    13.04.2023, 09:44

    Nima uchun soch to‘kiladi va uni qanday to'xtatish kerak? Trixolog javob beradi 

    04.04.2023, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.