• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yil dasturi ijrosi

    Bugun OKMK axborot xizmati tomonidan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yil dasturi ijrosi” mavzusida press-tur tashkil etildi

    Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida o‘tkazilgan press turda Bi-Bi-Si teleradiokompaniyasi (Buyuk Britaniya), Atameken Business Media Holding telekanali, “Xabar” agentiligi (Qozog‘iston), KNIA “Kabar” agentligi (Qirg‘iziston), “Szinszi Jibao” gazetasi, “Sinxua” agentligi (Xitoy), “Sputnik” hamda “Fergana”(Rossiya) axborot agentliklari vakillari va yurtimiz OAVlari ishtirok etishdi.

    Dastlab, OAV vakillari uchun birlashma faoliyati va 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

    Birlashma OKMK tarkibidagi eng muhim tarkibiy bo‘linma sanalib, unda molibden va volfram metali, tuzlari, molibden hamda volfram shtabiklari va briketlari, volfram karbidi, olovbardosh keramik mahsulotlar, qattiq qotishmalardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqariladi,- deydi birlashma direktori Ilhom Asadov. - Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan eksportga yo‘naltirilgan. Birlashma tomonidan 2022-yil yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 33,3 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ichki bozorga esa 29,18 mlrd so‘mlik mahsulot yetkazib berilgan. Kombinat tarkibiy bo‘linmalariga esa 1,09 mlrd so‘mlik mahsulot yuborilgan. 2022—2026-yillarda birlashmani rivojlantirish dasturiga ko‘ra, umumiy qiymati 161,05 mln dollar bo‘lgan 34 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

    Dasturga ko‘ra, 2022-yilda Molibden ishlab chiqarishni oshirish, Nodir metallardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, yemirilishga bardoshli qoplamalar qo‘llash texnologiyalarini joriy etish, karbid chiqindilaridan kobalt oksidi olish, rux ishlab chiqarishining qayta ishlanuvchi eritmalaridan indiy ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish kabi loyihalar amalga oshirildi. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida 135 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 20 dan ortiq mahsulot turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

    2022-yil birlashma mehnat jamoasi uchun samarali yil bo‘ldi. Korxona tomonidan 421,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 180,2 foizga muddatidan avval bajarildi. Mahsulotlar eksportida 33,33 mln dollarlik natija qayd etilib, reja 284,9 foizga uddalandi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 42 ta loyiha bo‘yicha 110,3 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Ishlab chiqarishdan olingan sof foyda esa 180,2 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Reja bajarilishi esa 4,9 baravarni tashkil etgan.

    Shundan so‘ng, jurnalistlarga o‘zbek-koreys ilmiy texnologik markazi faoliyati tanishtirildi.

    - Birlashma qoshida 2019-yili o‘zbek-koreys ilmiy texnik markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilib, markaz mutaxassislari tomonidan sanoat tajriba asosida samarali ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, - deydi Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazi direktori, professor, O‘zbekiston-Koreya dasturining koordinatori Amir Obidov. -Joriy yilning 25-dekabr kuni Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga 15 mlrd von (12 mln AQSH dollari atrofida) miqdoridagi grant ajratilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.

    Mazkur grant mablag‘lari doirasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasining o‘zbek-koreys ilmiy texnologik markazi qoshida sanoat tajriba sexi tashkil etiladi. Ushbu sexga zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda texnologik uskunalari olib kelinadi. Yangi sexda Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi.

    Loyiha 2023-2027-yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida Birlashma tarkibidagi O‘zbek-Koreys ilmiy texnologik markazidagi sanoat tajriba sexiga pilot uskunalar yetkazib berilib, qo‘shma ilmiy tadqiqot dasturi amalga oshiriladi. O‘zbekistonda Koreya tomonidan Nodir metallar va mis sanoati ekspertlari ish olib boradi va kombinat muhandislari Koreyada amaliyot o‘tashadi.

    Press tur davomida OAV vakillari birlashmaning texnik kutubxonasi, Kompozit materiallar va qattiq qotishmalari ishlab chiqarish, Molibden va volfram ishlab chiqarish bo‘yicha pirometallurgiya hamda Asbobsozlik va texnologik uskunalar ishlab chiqarish sexlarida bo‘lishib, texnologik jarayonlar bilan tanishdilar.

    Tadbirda kombinat olimlari hamda birlashma, markaz mutaxassislarining samarali ilmiy tadqiqot ishlari natijasida 2021-yilda reniy metalli, 2022-yilda esa molibden metalini sof holatda olinishiga erishilgani, shuningdek, joriy yilning avgust oyida yuqori darajada mustahkamlik va egiluvchanlikka ega nikel asosli yangi superqotishma olingani ma’lum qilindi.

    Ushbu qotishmadan uzoq ishlaydigan, masalan, avtomobilsozlik, ichki yonuv dvigatellari, yuqori issiqlikda ishlovchi qurilmalar, neft-gaz sohasida, aerokosmik ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yana bir yangi mahsulot ammoniy oktamolibdat bo‘lib, u tutunni kamaytiruvchi va olovni so‘ndirish xususiyatiga ega. Ushbu modda barcha plastik mahsulot (polivinilxlorid )lariga qo‘shilganda birincha navbatda yong‘inni o‘chirish xususiyatga ega. Eng afzallik jihati, plastik qurilish materialiga qo‘shilganda uning yonuvchanligini to‘xtatishi bilan ahamiyatli.

    Press-tur ishtirokchilari o‘z taassurotlarini bildirishdi.

    Marjan Jumabay, Atameken Business Media Holding telekanali muxbiri: - Press-tur davomida kombinat haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ldim. Ayniqsa, birlashmada amalga oshirilayotgan ishlar menda katta taassurot qoldirdi. Birlashmada ilm-fan yutuqlaridan sanoat sohasida samarali natijalarga erishilayotganligining guvohga aylandim. Kombinat mahsulotlarining Qozog‘iston davlatiga eksport qilinishi ham menga qiziq. O‘ylaymanki tadbir davomida kombinatni o‘zimda kashf etdim.

    Nigora Elmurodova, “Sevimli TV” telekanali muxbiri: Kombinatda ikkinchi marotaba bo‘lishim. Avvalgi tadbirda Qalmoqqir va “Yoshlik-1” konlaridagi jarayonlar ham men uchun qiziq bo‘lgandi. Birlashmadagi ishlab chiqarish jarayonlari ham katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, molibdendan inson soch tolasidan ham ingichka bo‘lgan sim olinishi, qattiq qotishmalardan yuqori qiymatli mahsulotlarning tayyorlanish jarayoni barchaga qiziq. Tayyor mahsulotlarning olinishi zamirida albatta mashaqqatli mehnat yotadi. Buni Ularning kichik detallarigacha tomoshbinga yetkazib bera olishimiz kerak. Chunki biz odatda tayyor mahsulotlarni ko‘ramiz, aynan bu jarayonlar ortida og‘ir mehnat yotganini doim bilavermaymiz. O‘ylaymanki, press turdan olingan taassurotlar orqali kombinatda ishlayotgan ishchi-xodimlarning zalvorli mehnatini ko‘rsatib beramiz. Yana meni hayron qoldirgan jihat kombinatda o‘z ishining ustalari, yetuk olimlar mehnat qilayotgani ham kombinatning jahonda e’tirof etilishini ta’minlaydi.

    Tadbirda OAV vakillari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

    OKMK axborot xizmati

    28.12.2022, 18:00   Izoh (0)   7788
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ushbu Yangi yilni nishonlash Central Park’dagi Coca-Cola karnavali tufayli faqat eng iliq xotiralarni olib keladi

    28.12.2022, 15:00

    Ushbu Yangi yilni nishonlash Central Park’dagi Coca-Cola karnavali tufayli faqat eng iliq xotiralarni olib keladi

    28.12.2022, 15:00

    “Agrobank”: Kredit kartadan xorijda foydalaning!

    28.12.2022, 12:14

    Gross mamlakatda sug‘urta kompaniyalari orasida birinchi o‘rinni egalladi

    28.12.2022, 09:00

    BroServis mobil qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish markazi

    27.12.2022, 20:17

    BroService mobil qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish markazi

    27.12.2022, 19:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.