• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Investorlarni O‘zbekistonga kelishdan cho‘chimaslikka undagan bo‘lardim” — Den Patterson

    O‘zbekistonda paxta sanoati azaldan iqtisodiyotning muhim qismi bo‘lib, buning tarixi Sovet davri yillariga borib taqaladi. O‘nlab yillar davomida “oq oltin” deb nomlangan paxta mamlakat landshaftida hukmronlik qildi va asosiy eksport mahsuloti bo‘lib xizmat qildi.

    Biroq bu tarix majburiy mehnat va atrof-muhitning buzilishi kabi muammolarni ham o‘z ichiga olgan. So‘nggi yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlari doirasida O‘zbekistonda paxtachilik sohasini modernizatsiya qilish, majburiy mehnatga barham berish, xalqaro standartlarga javob beradigan barqaror texnologiyalarni o‘zlashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

    Silverleafe kompaniyasi bosh direktori, O‘zbekistonda paxta sanoati bilan yaqindan tanish Den Patterson o‘z oilasining mamlakat paxta sanoatidagi uzoq tarixi haqida so‘z yuritdi.

    “O‘zbekiston bilan aloqamiz o‘tgan asrning 70-yillariga borib taqaladi, o‘shanda turmush o‘rtog‘imning bobosi paxta hosildorligini oshirishga qaratilgan urug‘ almashinuv dasturida qatnashgan edi”, deb tushuntiradi Patterson. “Men birinchi marta 1994-yilda bu yerga kelganman va hozirda O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar ro‘y berganiga guvoh bo‘ldim. Ammo eng keskin taraqqiyot 2018-yildan boshlandi”.

    Pattersonning O‘zbekistonda Silverleafe’ni qayta tiklash bo‘yicha qaroriga prezident Mirziyoyevning islohotlari sabab bo‘lgan.

    “Prezident BMT Bosh assambleyasiga qilgan murojaatida paxta terimida bolalar mehnatini bartaraf etishga va’da berdi”, deydi Patterson. “Bu biz uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Biz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha shunday boy tarixiga ega bo‘lgan mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lishni xohladik”.

    Patterson kompaniyasi va u olib kelgan texnologiya O‘zbekistonda bir muddat tatbiq etilgach ochilgan kompaniya bo‘lib, AQSHda joylashgan mazkur kompaniyaning to‘liq nomi Silverleafe Cotton Tracing’dir.

    An’ana va innovatsiya

    Silverleafe O‘zbekiston paxtachilik sanoatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. “Biz to‘qimachilik sanoati bozoriga kirishdan avval, paxta majburiy mehnatdan xoli ravishda yetishtirilganligiga ishonch hosil qilishimiz kerak edi”, deydi Patterson. “Shu sabab paxtaning mashinada terilganini va majburiy mehnatdan xoli ekanligini tasdiqlovchi “sertifikat” va raqamli kuzatuv tizimini ishlab chiqdik”. 

    Patterson ushbu yangilikning jahon bozoridagi ahamiyatini shunday ta’kidlaydi: “Bizning doimiy bozorlarimiz, Yevropa ittifoqi va Qo‘shma Shtatlardagi ta’minot zanjirida mahsulot yaxlitligi juda muhim. Yevropa ittifoqi ta’minot zanjirida majburiy mehnat taqiqlangan, shuning uchun global to‘qimachilik brendlarining ishonchi biz uchun juda muhimdir”.

    Barqaror dehqonchilik faoliyati

    Patterson, shuningdek, O‘zbekistonda tuproq sho‘rlanishi va suv tanqisligi kabi ekologik muammolarni hal qilish uchun barqaror dehqonchilik chora-tadbirlari zarurligini ta’kidladi. “2018-yilda sho‘rlanish va suvni boshqarish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni payqadik”, deb eslaydi u. “Shu sababli Pulsar tizimini joriy qildik, bu an’anaviy usullarga qaraganda 40 foizgacha ko‘proq suvni tejash imkonini beruvchi keskin oqimli sug‘orish tizimidir. Bu suv tanqis bo‘lgan mamlakatda juda muhim”.

    Uning tushuntirishicha, raqamlashtirish va doimiy tahlillar barqarorlikning asosiy faktorlaridir. “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasidan keskin farq qiladi. Agar qishloq xo‘jaligida muammo tug‘ilsa, yaxshi natija olish uchun uchun bir yil kutish kerak. Shuning uchun biz raqamli vositalar orqali barchasini tahlil qilib boramiz. Qo‘l ostimizdagi narsalarning doimiy tahlili juda muhim”, deydi u.

    Kompleks qishloq xo‘jaligi strategiyasini yaratish

    Patterson O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining keng qamrovli rejasini ilgari surmoqda. “Biz prezident bilan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha urug‘chilikdan tortib, yig‘im-terim metodologiyasi va tahliligacha bo‘lgan barcha narsani qamrab oluvchi asosiy strategiyani yaratish rejasini ishlab chiqdik”, deydi u. “Biz qishloq xo‘jaligi sohasida eng yaxshi raqamli tahlillarni taklif qiluvchi John Deere kabi kompaniyalar bilan ham hamkorlik qilmoqdamiz”.

    Mexanizatsiya tufayli ish o‘rinlarining yo‘qolishi haqida so‘ralganda, Patterson: “Mexanizatsiyalash ish o‘rinlarining yangi turlarini yaratadi, ayniqsa, qishloq joylarida mahalliy iqtisodiyotga sezilarli foyda keltiradi. Biz qo‘l mehnatiga e’tibor qaratish o‘rniga, tumanlardagi ishlab chiqarish obyektlarida yuqori maoshli ish o'rinlari yaratishni maqsad qilganmiz”.

    Investorlarga chaqiruv

    Patterson boshqa sarmoyadorlarni O‘zbekistonga chorladi. Mamlakatning o‘zgaruvchan landshafti va islohotlar ruhini yana bir bor ta’kidladi. “Investorlarni O‘zbekistonga kelishdan cho‘chimaslikka undagan bo‘lardim. Keling, mahalliy iqtisodiyotda vaqt o‘tkazing, sanoatni tushunib oling va dalillarga asoslanib to‘g‘ri qarorlar qabul qiling. O‘zbekiston 2018-yildan buyon ancha o‘zgardi va bu taraqqiyot hali hamon davom etmoqda”.

    Patterson kelajakka umid bilan qaraydi: “Biz paxta sanoatida va undan tashqarida ko‘proq o‘zgarishlar bo‘lishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. O‘zbekiston o‘zgarishlarni qabul qildi, endi esa dunyo uchun O‘zbekistonni tan olish vaqti keldi”.

    An’anaviy tamoyillar, texnologik innovatsiyalar va barqaror dehqonchilik uyg‘unligi orqali Silverleafe va uning rahbari Patterson O‘zbekiston paxta sanoatida yangi sahifani shakllantirishga yordam berib, yanada shaffof, samarali va inklyuziv kelajakka yo‘l ochib bermoqda.

    To‘liq intervyuni bu yerda tomosha qiling: 

    04.10.2024, 20:35   Izoh (0)   5466
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #paxta#O‘zbekiston#sanoat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi

    07.02.2017, 19:41

    O‘zbekistonda nechta tuman va shahar borligini bilasizmi?

    09.10.2018, 10:09

    O‘zbekistonda avtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi?

    13.11.2018, 11:55

    O‘zbekistonda quyosh panellari: narxlar, past foizli kreditlar va qulayliklar

    10.12.2022, 17:01

    “Paxta millat kelajagiga xiyonat siyosati edi”. Cotton Campaign tomonidan O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan 12 yillik boykot bekor bo‘lganiga bir yil to‘ldi

    09.04.2023, 15:32

    “Asadbek bo‘lish uchun 4 yil tayyorlanganman”. Otasiz ulg‘aygan, quruvchi diplomi bilan “Paxtakor”da darvozabon bo‘lgan Yodgor Sa’diyev 77 yoshda (foto, video)

    19.06.2023, 21:17

    O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaning uyidan 680 ming dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani bo‘yicha 4 kishi sud qilinmoqda

    29.07.2023, 11:45

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta terimi bo‘yicha narxlar haqidagi xabarlarni rad etdi

    04.09.2023, 13:58

    Video: Namanganda paxta terayotgan 90 yoshli onaxonlar

    12.09.2023, 16:35

    O‘zbekistonda paxta narxi talab va taklif hamda tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi

    17.09.2023, 15:27

    O‘zbekistonda paxta qulligi tugadi, terim endi “jazo” emas —  Corriere della Sera  

    18.09.2023, 12:40

    O‘zbekiston bosh vaziri XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining yopilish marosimida ishtirok etdi

    08.10.2023, 20:32

    O‘zbekistonda paxtaning taxminiy narxlari e’lon qilingani yuzasidan ma’lumot berildi

    09.10.2023, 18:13

    O‘zbekiston Isroildan talabalarni evakuatsiya qildi

    15.10.2023, 18:53

    Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda

    04.11.2023, 18:27

    Ozarbayjon 2024-yilda mudofaa sanoatiga qariyb 600 million dollar sarflamoqchi

    01.01.2024, 17:15

    Bayden: “AQSH sanksiyalari Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga yordam berayotgan 100 ga yaqin kompaniyaga taʼsir qiladi”

    23.02.2024, 18:09

    O‘zbekistonliklar mablag‘larini asosan nimaga sarflamoqda?

    02.03.2024, 10:55

    Xitoyda paxta hosili 70 sentner, bizda nega 32? 

    17.04.2024, 22:11

    O‘zbekistonda may boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

    27.04.2024, 12:15

    Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor”da qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

    11.06.2024, 18:12

    Rossiyada o‘zbekistonlik ayol 8 yilga qamaldi

    17.08.2024, 23:10

    Surxondaryoning janubiy tumanlarida paxta terimiga start berildi

    29.08.2024, 16:45

    O‘zbekistonda 4 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari ulushi ma’lum qilindi

    20.09.2024, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.