• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoyda paxta hosili 70 sentner, bizda nega 32?

    O‘zbekistonda chigit ekish mavsumi davom etmoqda. Bu yil 100 ming gektar yerga tajriba tariqasida chet eldan keltirilgan navlar ekiladi. Ular qancha hosil berishi mumkin? Keyinchalik bu urug‘larga bog‘lanib qolmaslik uchun qanday chorlar ko‘rish kerak? Bir paytlar dunyoga dong‘i ketgan o‘zbek paxtachilik maktabi bugun qay ahvolda?

    “Daryo” muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Zabardast Bo‘riyev bilan suhbatlashdi. 

    “O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi qaroriga muvofiq, bu yil 10 foiz paxta maydonlariga chet el urug‘lari ekilmoqda. Buni tadbirkorlar, klasterlar va hatto xorijlik sarmoyadorlar ham bir necha yillardan beri kutishayotgan edi. Paxtachilikda yuz yildan ortiq tajribaga ega o‘zbek dehqonlari uchun chet el urug‘lari nima uchun kerak bo‘lib qoldi?

    Hamma gap ana shu tajribaga ishonib qolinganlikda. Bir paytlar O‘zbekistonga kelib, tajriba o‘rgangan xitoyliklar bugungi kunda gektaridan 70-80 sentnergacha hosil olishmoqda. Bizda esa o‘rtacha hosildorlik 30-32 sentner. 40 sentner hosil ko‘targan fermerga avtomobil sovg‘a qilamiz, vaholanki, dunyo o‘lchovlarida bu ancha past ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Bizda hosildorlikning pastligiga yana bir qancha sabablar bor, bular: yoz oylarida haroratning haddan ortiq ko‘tarilib ketishi, suv tobora kamayib borayotgani, eski agrotexnologiyalarning qo‘llanishi, sho‘rlanish darajasining yuqoriligi, ayrim klasterlar bilan fermerlar o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi emasligi... 

    Paxtachilikdan daromad olish uchun ilmiy yondashuv zarur. Bir qarashda oddiy tuyulgan tomchilatib sug‘orishning ham o‘z ilmi bor. Uni tushunadigan mutaxassislar esa yetishmaydi. Ko‘pgina hududlarda tomchilatib sug‘orishdan bir yil foydalanib ko‘rishgan, shunda ham talablarga rioya etilmagan, kuzga borib esa “bu usul to‘g‘ri kelmas ekan, oddiy sug‘organimda ko‘p hosil olardim” degan xulosaga borishadi. Agar bu jarayonga ilmiy yondashilganda edi, juda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan bo‘lardik. 

    Bugungi kunda suv tanqisligi jiddiy muammoga aylandi. Paxtani 4-5 marta sug‘orishdan tashqari, sho‘r yuvishga juda ko‘p suv sarflaymiz. Farg‘ona vodiysidan tortib, Qoraqalpog‘istongacha, ayrim hududlarda uch martagacha sho‘r yuvishga to‘g‘ri keladi, aks holda paxta o‘smaydi.

    Shu sababdan so‘nggi yillarda markazimizda tola sifatini yaxshilash, qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli navlar yaratish bilan shug‘ullandik. Natijada “Matonat-1”, “Matonat-2” kabi noyob navlar dunyoga keldi. Bu navlarni bir marta sug‘orish kifoya. Suv tanqisligining yechimlaridan biri tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘lsa, ikkinchi yechimi ilmiy yondashuv. 

    Xitoydan keltirilgan urug‘ haqida gapiradigan bo‘lsak – u GMO texnologiyasi yordamida olingan. Shu sababli o‘zimizning urug‘larga aralashib ketmasligi uchun izolyatsiya masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Hozir har bir viloyatga 7-8 ming gektardan ekilmoqda. Tajriba tariqasida har xil maydonlar tanlandi – sho‘rli-sho‘rsiz, sersuv-suvsiz. Xo‘p, shu urug‘ni ekkanimiz bilan 70 sentner hosil olamizmi?

    Agar kerakli agrotexnologiyalar qo‘llanmasa – yo‘q, ololmaymiz. O‘sha urug‘larni ekish uchun Xitoydan maxsus seyalkalar olib kelindi. Plyonka ostiga maxsus shlanglarini qo‘ygan holda ekilmoqda. Bu ham hali hammasi emas. Xitoy agrotexnologiyasiga ko‘ra, ko‘chatlar soni bir gektarga bizdagiga nisbatan 2-3 baravar ko‘p bo‘ladi, o‘g‘it esa stimulyatorlarni qo‘llash orqali tayyorlanadi. Bu juda zamonaviy usul hisoblanadi. Sirdaryoda erkin iqtisodiy hududlardan birida xitoyliklar bizning urug‘lardan o‘z agrotexnologiyalarini qo‘llagan holda 63-68 sentnergacha hosil olishga muvaffaq bo‘lishdi.

    Aslida, urug‘chilik ham biznes, biznes bo‘lgandayam katta biznes. O‘zbekistonda chigit narxi 2 dollar atrofida. Xitoyda 7 dollar. Lekin bizga 4,5-5 dollardan berishyapti. Maqsad – bozorga kirish. Shu sababdan olimlarimiz keyinchalik Xitoy urug‘lariga bog‘lanib qolmaslik ustida ham bosh qotirishmoqda.

    Turkiyada urug‘chilik bilan xususiy kompaniyalar shug‘ullanadi, shu sababdan raqobat rivojlanadi. Butun dunyoda ham shunday. Ammo bizda uzoq yillar davomida “Paxtasanoat” degan tashkilot monopolist sifatida yangiliklarga to‘g‘onoq bo‘lib keldi. Hozir klasterlar yaxshi samara bermoqda, ammo ularning orasida ham nopok ishlayotganlari uchrab turadi. Hatto 2022-yil hosili uchun pul to‘lamagan klasterlar bor...

    Ayrim tumanlarda paxta o‘rniga poliz mahsulotlari ekish, bog‘ yaratish yo‘lga qo‘yildi, bu yaxshi, lekin hamma joyda ham birdek samara bermaydi. Misol uchun, Yangiyo‘l tumanida yana paxta ekila boshladi. Sababi paxta – fermerlarimiz uchun eng qulay ekin turi. Uni ekish, yetishtirish, sotish va qayta ishlash uchun infratuzilma yaratilgan. Keyingi yillarda sohaga katta mablag‘ ajratilmoqda.

    Tekstil kompaniyalari soni ko‘paydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tekstil sanoatida 570 kishi mehnat qilmoqda. Ip-kalavamizning tannarxi jahondagi narxlardan ancha arzon – bu qo‘shimcha imkoniyatlar degani. Agar biz paxtachilikka yuqorida aytilganidek, ilm bilan to‘g‘ri yondashsak va kutilganidek hosil olishni yo‘lga qo‘ysak, paxta dalalarini yanada qisqartirish, daromadni esa oshirib borish mumkin bo‘ladi. Kamida 15 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, yana 500 mingta ish o‘rni yaratish imkoni mavjud”, — deydi Zabardast Bo‘riyev.

    17.04.2024, 22:11   Izoh (0)   13325
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmaota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz avtomobil yo‘lining 60 km qismi rekonstruksiya qilinadi

    17.04.2024, 22:06

    Uzum Market sotuvchilar uchun komissiyalarni hisoblash mexanikasini o‘zgartiradi

    17.04.2024, 21:00

    Davlat aktivlari 3 oyda sotilmasa, ularning boshlang‘ich bahosi 10 foizgacha pasaytiriladi

    17.04.2024, 20:57

    Senat Samarqandda tadbirkorlik faoliyatiga eng ko‘p asossiz aralashgan tashkilotlarni ma’lum qildi

    17.04.2024, 20:35

    Euro-5 va Euro-6 texnologiyali Xitoy avtomobillari

    17.04.2024, 19:30

    O‘zbekistonning qator hududlarida haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi 

    17.04.2024, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.