• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda quyosh panellari: narxlar, past foizli kreditlar va qulayliklar

    Qish fasli kirib kelishi bilan O‘zbekistonda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelmoqda. Hukumat tomonidan bu nosozliklarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, elektr va gaz muammolarini tezkor hal qilish uchun 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil etilgan. 

    O‘zbekiston sharoitida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal etishda quyosh panellari eng maqbul yechimlardan biri sifatida qayd etiladi. “Daryo” ularning afzalliklari, narxlari va ajratilayotgan past foizli kreditlar to‘g‘risida so‘z yuritadi.

    Quyosh panellari nima?

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyosh batareyalari — quyosh energiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tokiga aylantiradigan fotovoltaik konvertor, ya’ni yarimo‘tkazgichli qurilma bo‘lib, ular maxsus ramkalarga joylanib, quyosh panellarini hosil qiladi. Aniqrog‘i, quyoshdan olingan yorug‘likni elektr tokiga aylantirib, foydalanishga tayyor holga keltirilgan ramkalardir.

    Quyosh panellari quyosh elektr stansiyasi deb ham ataladi. Ularning 2 xil varianti mavjud:

    1. Akkumulyator bilan ishlaydigan (avtonom quyosh elektron stansiyasi, keyingi o‘rinlarda ES).

    Akkumulyator bilan ishlaydigan ESlarni elektroenergiya yetib bormagan yoki tez-tez uzilishlar kuzatiladigan joylarga o‘rnatish maqsadga muvofiq. Chunki u zaxirada quyoshdan yig‘gan energiyasini saqlab turadi va sutkaning istalgan vaqtida undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

    Uning ishlash tizimi taxminan shunday: Siz foydalanayotgan elektr energiyasi to‘satdan o‘chib qolsa, akkumulyatordagi zaxira energiya avtomat tarzda tarmoqqa ulanadi (yetib keladi) va ma’lum soatlarga yetadi.

    2. Tarmoq elektrostansiyasi. Unda faqat quyosh panellari va invertorlar bo‘ladi. Bu stansiya elektr tarmog‘i bilan parallel tarzda ishlaydi. Bu usuldan asosan elektr energiyasini iqtisod qilish, tejash maqsadida foydalaniladi.

    Uning ishlash prinsipi taxminan quyidagicha: Quyosh panellaridan olingan energiyani invertor 220 yoki 380 voltga aylantirib, kunning yorug‘ vaqtida iste’molchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishi mumkin.

    Ortib qolgan energiyani esa, davlat elektr tarmog‘iga uzatib, kunning qorong‘i vaqtida yana o‘sha elektr tarmog‘idan foydalanish imkoni bo‘ladi.

    Shunda foydalanuvchi davlat elektr tarmog‘idan deyarli foydalanmagan hisoblanadi. Bu panelni ikki tomonli o‘z hisoblagichi bo‘lib, davlat hisobidan va quyosh energiyasidan umumiy qancha foydalanilganini ko‘rsatib turadi.

    Quyosh batareyalarining narxlari qanday?

    Quyosh panellari 300 kundan ortiq quyoshli ob-havosiga ega O‘zbekistonda ham ishlab chiqariladi. Uni mamlakatda xarid qilish imkoni mavjud.

    Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, eng arzon quyosh panellari 150 Vt quvvatga ega, bu esa ulardan foydalanib, uyning 5-6 ta xonasini yoritish va bitta televizorni ishlatish imkonini beradi.

    Minimal talab qilinadigan quvvatga ega quyosh panellarini elektr energiyasi uchun yillik to‘lov orqali ham bilib olish mumkin.

    Masalan, Toshkent shahrida yashovchi oila elektr uchun bir oyda 50 ming so‘m, bir yilda o‘rtacha 600 ming so‘m to‘lasa, o‘rnatiladigan quyosh panellari uchun minimal tavsiya qilinadigan quvvat 1,36 kVt bo‘ladi. 

    Foto: Energymarket

    Foto: Energymarket
    Toshkent shahridagi xonadonlarning ko‘pchiligida gaz mavjudligi hisobiga gaz ta’minoti uchun ham alohida to‘lov qilinadi. Aksariyat viloyatlarda esa qish faslida uylar elektr pechkalar bilan isitiladi. Buning hisobiga ta’minot uchun oylik to‘lovlar ham oshadi. 

    Agar O‘zbekiston tumanlarida yashovchi oila elektr ta’minoti uchun sovuq kunlarda (noyabr—mart) 150 ming so‘mdan, qolgan vaqtda 50 ming so‘mdan to‘lasa, bir yilda bu ko‘rsatkich 1,1 mln so‘m bo‘ladi.

    Bunday holatda quyosh elektr stansiyasi uchun tavsiya qilinadigan minimal quvvat — 2,32 kVt. 

    Foto: Energymarket

    Foto: Energymarket

    Energetika vazirligi huzurida quyosh elektr stansiyalari va suv isitkichlarini xarid qilish uchun “Energymarket.uz” platformasi ishga tushirilgan. 

    Platformada quyosh panellarining kVt iga qarab narxlar 10,9 mln so‘mdan 109 mln so‘mgacha ko‘rsatilgan. Vazirlik quyosh elektr stansiyalari xarid qilinganida ma’lum bir miqdorda kompensatsiya ham to‘lab beradi. 

    Foto: Energymarket

    Foto: Energymarket

    Bundan tashqari ushbu platformada quyosh panellarini 36 oygacha muddatli to‘lov orqali foizsiz xarid qilish mumkin. Biroq bunda kompnesatsiya ajratilmaydi. 

    Quyosh panellarini Amazon va Alibaba kabi onlayn tijorat kompaniyalaridan ham xarid qilish mumkin. 

    Masalan, “Alibaba.com” saytida 3 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasining narxi 3,3 ming dollar atrofida turibdi. Yetkazib berish xarajatlari yetkazib beruvchi kompaniyaga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. 

    Foto: Alibaba

    Foto: Alibaba

    Panellar o‘rnatilgach, iste’molchi davlat elektroenergiyasidan uzilishi ham mumkin. Faqat bunda tanlangan panel quvvati yetarli bo‘lishi muhim.

    Quyosh panellari qayerga qanday o‘rnatiladi?

    Quyosh panellari geografik hududga qarab O‘zbekistonda janubga qarab o‘rnatilishi — mukammal o‘rnatish hisoblanadi. Hovli turar joylarga o‘rnatish uchun uy tomlari eng optimal variant sanaladi.

    Tomda quyosh panellariga deyarli soya tushmaydi. Katta quvvatli quyosh panellari uchun esa, albatta, katta ochiq maydonlardan, daraxtlar soya solmaydigan yerlardan  foydalanish, atrofiga maxsus to‘siqlar o‘rnatish tavsiya etiladi.

    O‘rnatishda qattiq jismlar tegsa, sinishi mumkinligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Panel sinsa, uni ta’mirlash imkoni mavjud emas.

    Panellar qanday tanlanadi, ular bir kunda necha soat ishlash quvvatiga ega?

    Uy yoki korxonalarga ishlatiladigan elektrga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, ma’lum quvvatli quyosh batareyalari tavsiya etiladi. Bu uy kvadrat metriga bog‘liq emas.

    Agar xaridor oylik, yillik elektr iste’molini yozib, mutaxassisga ko‘rsatsa, unga aynan qancha quvvatli quyosh paneli kerakligini aniqlash oson bo‘ladi. Qancha soat ishlashini mijoz o‘zi tanlaydi.

    Quyosh panellari bir sutkada 1 soatdan 24 soatgacha  ham iste’molchini elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Bunda xarid qilinayotganda kundalik foydalaniladigan elektr qiymati va iste’molchilar qanchaligi muhim sanaladi.

    Mutaxassis shundan kelib chiqib, qaysi biri to‘g‘ri kelishini aniq tavsiya qila oladi.

    Quyosh elektr stansiyalari iqtisodiy jihatdan necha yilda o‘zini oqlaydi?

    Akkumulyatorli elektrostansiyalar O‘zbekistondagi bugungi kun elektr narxi bilan hisoblaganda, 5 yilda o‘zini oqlaydi, ya’ni sarflangan mablag‘ 5 yil ichida chiqadi.

    Oltinchi yildan boshlab, fuqaro bepul elektr energiyasidan foydalanayotgan bo‘ladi. (Agar kattaroq sanoat korxonada foydalanilsa, bir yilga yetmasdan ham oqlashi mumkin). 

    Quyosh panellari o‘rtacha 25 yil muddat ishlaydigan bo‘lsa, 20 yil bepul yorug‘lik energiyasi bilan ta’minlaydi.

    Quyosh panellari uchun kreditlar ham bor

    O‘zbekistonda bir nechta banklar tomonidan quyosh panellari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun past foizli “yashil‘ iste’mol kreditlari ham takilf qilinadi. 

    “Yashil” iste’mol krediti aholiga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadida ajratiladi.

    Kredit quyidagi banklar tomonidan beriladi:

    Ipoteka Bank

    Foizi — 15 foiz

    Summasi — 90 mln so‘mgacha

    Muddati — 5 yilgacha

    Imtiyozli davri — mavjud emas

    Batafsil

    Qishloqqurilishbank

    Foizi — 15 foiz

    Summasi — 150 mln so‘mgacha

    Muddati — 5 yilgacha

    Imtiyozli davri — mavjud emas

    Batafsil

    Xalq Banki

    Foizi — 15 foiz

    Summasi – 60 mln so‘mgacha

    Muddati — 5 yilgacha

    Imtiyozli davri — mavjud emas

    Batafsil

    O‘zsanoatqurilishbank

    Foizi — 15 foiz

    Summasi — 150 mln so‘mgacha

    Muddati — 5 yilgacha

    Imtiyozli davri — 6 oygacha

    Batafsil

    Mavzuga doir: 
    • O‘zbekistonda ilk bor quyosh panellari orqali o‘zini o‘zi energiya bilan to‘liq ta’minlaydigan uy qurildi (foto)
    • O‘zbekistondagi maktablarda quyosh panellari o‘rnatilmoqda
    • O‘zbekistondagi deyarli barcha davlat idoralariga muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi

    10.12.2022, 17:01   Izoh (2)   133157
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (2)

    Kirish
    1. 760909317@telegram.org / 24.12.2022, 14:11

      assalomu akaykum bita xonadonga urtacha qancha ga unatsa buladi

      Javob berish
    2. shshdussgsg@gmail.com / 10.12.2022, 23:02

      Барака топгурлар саводларинг каерда.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda Nexia’ga to‘qnashmaslikka uringan yuk mashinasi ag‘anadi (foto va video)

    10.12.2022, 16:31

    O‘zbekistonda haftaning so‘nggi kuni yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

    10.12.2022, 15:16

    O‘zbekistonda elektrdagi cheklovlar paytida vazirlik, hokimiyat va davlat idoralarida ham “svet” o‘chadi

    10.12.2022, 14:47

    Farg‘onada fuqaroning uyidan 700 mln so‘mlik noqonuniy sigaretalar topildi

    10.12.2022, 14:28

    O‘zbekistonda 9-dekabr kuni 130 kishida koronavirus aniqlandi

    10.12.2022, 13:59

    Sherzod Xo‘jayev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi

    10.12.2022, 13:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.