Xanchjou Olimpiya sport markazi stadionida XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri Li Syanning taklifiga binoan ayni paytda ishchi tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur tadbirda ishtirok etdi. Bu haqida bosh vazirning matbuot kotibi xabar qildi.
Joriy yilning 23-sentyabr – 8-oktyabr kunlari o‘tkazilgan “Xanchjou-2022”da mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etdi va 22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Umumjamoa hisobida faxrli beshinchi o‘rinni egalladi.
Shuni qayd etish joizki, bu ko‘rsatgich o‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo o‘yinlarida shu paytgacha qo‘lga kiritgan eng yaxshi natijasidir.
Izoh (0)