“Roma” bosh direktori Lina Suluku jamoa bosh murabbiyi Daniele De Rossining ishdan bo‘shatilishi ortidan muxlislarning g‘azabi tufayli iste’foga chiqdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
![](/static/2024/09/23/gettyimages-1455539601-2048x2048-LCaPOKBY.jpg)
Biz Linaga klub uchun muhim davrda fidokorona xizmati uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz, — deb yozadi Italiya klubi matbuot xizmati.
Manbaga ko‘ra, avvalroq klub mashg‘ulot maydonida Lina Sulukuga tahdidlar yozilgan banner paydo bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 41 yoshli mutaxassis 2024-yilning 16-yanvarida portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo o‘rniga “Roma” bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. De Rossining jamoa bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar tuzilgandi.
Izoh (0)