Rimning “Roma” klubi yangi murabbiy borasida bir qarorga keldi.
Klub bugun Daniele de Rossini iste’foga chiqarganini ma’lum qilgandi. Insayder Janluka di Marsioning yozishicha, “Roma”ning navbatdagi murabbiyi “Torino”ning sobiq ustozi Ivan Yurich bo‘ladi. Mutaxassisga ishonilayotganining asosiy sababi unda A Seriyada ishlash tajribasi borligi.
Xorvatiyalik murabbiy “Roma” bilan 2025-yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi va mavsum yakunlariga ko‘ra YCHL borasidagi natijalariga qarab, uni uzaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
“Roma” joriy mavsum 4 ta o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi. Jamoa 3 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)