Isroil prezidenti Isxak Gersog mamlakat Livandagi “Hizbulloh” aʼzolarining peyjerlari va ratsiyalari portlashiga aloqador emasligini aytdi. Bu haqda u Sky News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Gersog portlashlarga aloqador har qanday operatsiyani rad etib, “Hizbulloh”ning dushmanlari ko‘p ekanini aytdi.
“Hizbulloh” dushmanlari ko‘p, bizning kunlarimizda ular oz emas. “Hizbulloh” Livanni bo‘g‘adi, vayron qiladi, yana va yana tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Biz o‘zimizni himoya qilish uchun shu yerdamiz. Biz qiladigan ish shu. Chora ko‘rishimiz kerakligini aniq aytamiz. Har qanday oddiy davlat o‘z xalqini himoya qilgani kabi, dedi u.
Sky News nashriga ko‘ra, bu Isroil rasmiylarining peyjerlar portlashidan keyingi birinchi rasmiy izohidir. Gersog Isroil Livan bilan urushdan “manfaatdor emas”ligini ta’kidlamoqda.
Isroil Livan bilan urushdan manfaatdor emas. Biz Livan bilan urishishni istamaymiz. Ammo Livan “Hizbulloh” deb nomlangan siyosiy partiya bo‘lgan terrorchi tashkilot tomonidan bosib olingan, dedi u.
- 17-sentyabr kuni Livanda “Hizbulloh” a’zolari foydalangan yuzlab peyjerlar portladi. Ertasi kuni butun mamlakat bo‘ylab boshqa elektron qurilmalar, jumladan, noutbuklar va ratsiyalar portlay boshladi. 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar jarohatlandi.
Izoh (0)