Daryo

Janubiy Afrikada kuchli qor yog‘di (video)

Yo‘llarda yirik tirbandliklar kuzatildi, odamlar mashinalarda qolib ketdi

1 daqiqa o‘qish37 474 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Afrikani 21-sentyabr kuni kuchli qor qopladi. Ayrim hududlarda qor qalinligi ikki metrni tashkil qildi. Bu haqda Africa Facts Zone xabar berdi.

Foto: X

Noqulay ob-havo tufayli yo‘llarda yirik tirbandliklar kuzatilgan. Ayrim yo‘llardagi transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Odamlar mashinalarda qolib ketgan. Yohannesburgni sharqiy sohildagi Durban shahri bilan bog‘lovchi N3 asosiy magistrali eng ko‘p zarar ko‘rdi. Rasmiylar hatto aylanma yo‘llar ham o‘tib bo‘lmas holatga kelganini aytdi.

Favqulodda xizmatlar tuni bilan odamlarni transport vositalaridan qutqarishga harakat qildi. Hozircha jabrlanganlar soni va ularning ahvoli noma’lum. Sinoptiklar yanada kuchli qor yog‘ishini prognoz qilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar