Qirg‘izistonning Tez Jet aviakompaniyasi Bishkek—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Uzbekistan Airports matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, birinchi parvoz 2024-yil 3-sentyabrga belgilangan.
Bishkek—Toshkent—Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tez Jet 2013-yilda tashkil etilgan Qirg‘iziston aviakompaniyasi bo‘lib, “Manas” aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirg‘iziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan 2024-yil 22-fevralda “O‘zaviatsiya” agentligi Tez Jet aviakompaniyasiga O‘sh—Toshkent—O‘sh va Bishkek—Toshkent—Bishkek yo‘nalishida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsatnoma bergandi.
Izoh (0)