• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Ota-onam bilan bog‘liq armonlarim ko‘p”. 15 yoshida Yulduz Usmonovaning nazariga tushgan, ustoziga kelin bo‘lgan dotsent raqqosa Muhabbat Qurbonova 37 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhabbat Qurbonova nafaqat salmoqli ijodi, balki odob-axloqi bilan ham muxlislar mehrini qozongan. Qiziq, go‘zal raqqosaning tabassumi ortiga qanday dardlar yashiringan, u nimalardan armon qiladi?

    “Onamga farzand ko‘rish mumkin emasdi”

    Foto: Muhabbat Qurbonovaning shaxsiy arxividan

    — Hayotimdagi eng go‘zal onlar bolaligim bilan bog‘liq. Otam pedagog, onam esa xoreograf bo‘lgan. Kamtarona, faqat oylikka kun ko‘radigan oilada ulg‘ayganman. Onamning aytishicha, men tug‘ilgandan so‘ng unga qayta farzandli bo‘lishni taqiqlashgan ekan. Chunki onamning yuragi xasta edi, “Tug‘ruq salomatligingizga xavf solishi mumkin”, deb ogohlantirishganiga qaramay, “Muhabbat qizimga sherik kerak”, deb singlimni dunyoga keltirgan ekan. Onam juda kichikligimizdan boshlab, raqs san’atiga qiziqtirgan, to‘garaklarga erinmay olib borardi. Dadam rahmatli esa nihoyatda qattiqqo‘l edi, maktabdagi baholarimizni hamisha nazorat qilardi. Bola bo‘lib, o‘ynab kulganimizni esolmayman. Singlim bilan hamisha shoshib yurardik, darsdan to‘garakka, u yerdan uyga. Chunki kech qolsam dadamdan dakki eshitishimizni yaxshi bilardik. Bir kuni qorda uy kalitini yo‘qotib qo‘yganmiz. Gap eshitmaslik uchun singlim ikkimiz shunaqa izlaganmiz, eslasam haligacha kulgim keladi.

    Himoyachi akam bo‘lishini hamisha orzu qilardim. Ammo singlim eng ishongan hamrohim va himoyachim edi. Usiz o‘tgan kunimni esolmayman, hamma yerga birga borardik. Shu boisdanmi ko‘pchilik bizni egizaklar deb o‘ylardi, deydi Muhabbat Qurbonova.

    “Singlim bilan biznes qilmoqchi bo‘lganmiz”

    Foto: Muhabbat Qurbonovaning shaxsiy arxividan

    — Bolalikda moliyaviy qiyinchiliklarga ko‘p uchraganmiz. U paytda faqat bizning oilaga emas, boshqalarga ham juda qiyin edi. O‘shanda ota-onamga yordam berish uchun qo‘shnimizdan suzma olib, qurt qilib sotmoqchi bo‘lganmiz. Ammo biznesimiz o‘xshamagan.

    Xoreografiya oliy maktabida o‘qiyotganimizda ko‘pchilik qizlarni darsga dadalari mashinada olib kelishardi. Biz esa avtobus yoki metroda qatnardik. O‘shanda xafa bo‘lib, bizda ham mashina bo‘lsaydi, derdim.

    Ota-onam moliyaviy jihatdan qiynalishgan bo‘lsa ham bizni ta’lim olishimiz uchun yetarli sharoitlarni yaratib berishardi. Biror sahna libosi kerak bo‘lsa, yemay-ichmay bo‘lsa-da, sotib olib berishardi. Ba’zan odamlar maqtashsa, ich-ichimdan “Bu yutuqlar meniki emas, ota-onamniki, agar ular bo‘lmaganida Muhabbat va Malika yaxshi raqqosa bo‘lolmasdi”, deyman. Afsuski, ko‘rgan qiyinchiliklari evaziga ota-onamga minnatlik bildirolmadik, farzandlik burchimizni ado etmay ular vafot etishdi, deydi Muhabbat Qurbonova.

    “Yulduz Usmonovadan qo‘rqqanman”

    Foto: Muhabbat Qurbonovaning shaxsiy arxividan

    — Katta sahnaga chiqishim bilan bog‘liq voqealar hech qachon yodimdan chiqmaydi. O‘shanda bor yo‘g‘i 15 yoshda edim. Jamoamiz bilan Yulduz Usmonovaning konsert dasturida chiqadigan bo‘ldik. Qop-qora, ozg‘in qizaloq edim. Tanaffus paytida bir chetda tursam, qo‘llari bilan imlab “Bu yoqqa kel”, deb chaqirdi. Qo‘rqib ketdim, chunki Yulduz Usmonovaning raqsga talabchan ekanligimni yaxshi bilardim. “Biror xato qildim shekilli”, deb qo‘rqib kelsam “Yakkaxon raqs ijro etishni istaysanmi?” deb so‘radi. Bir kunda uyg‘urcha qo‘shiqqa raqs sahnalashtirib, ijro etib bergandim. Lekin eng hayajonlisi konsertda qo‘limdan ushlab, xalqqa tanishtirganlari bo‘lgan. Chunki uncha-buncha raqqosa bunday baxtga musharraf bo‘lavermasdi, deydi Muhabbat Qurbonova.

    “Jurnalist bo‘lmoqchi edim”

    Foto: Muhabbat Qurbonovaning shaxsiy arxividan

    — Bolalikdan jurnalistika sohasiga ham qiziqqanman. Ingliz tilini ham o‘rganib, xalqaro toifadagi diktor bo‘lishni orzu qilardim. Shu maqsadda ikki yil O‘zMUdagi tayyorlov kursiga qatnadim. Keyin rejalarim o‘zgarib, aktyorlik bo‘yicha o‘qishga qaror qildim.

    Aktrisa sifatida qator rollarni ijro etdim. Masalan, Nabi Hoshimovning “Toptalgan gul” hikoyasi asosida suratga olingan “Zebuzar” serialida bosh rolni ijro etganimdan haligacha afsuslanmayman. O‘sha paytlarda ko‘cha-ko‘yda ayollar ko‘rib qolishsa, “Peshonang bunchalik sho‘r bo‘lmasa-ya?!”, deb achinib gapirishardi. “Qaytib bu kabi rollarni o‘ynamang”, deganlar ham bo‘lgan. Ayrimlarning “Rolingizning tarbiyaviy ahamiyati bor. Bunday obrazlarni ham kimdir o‘ynashi kerak-ku!”, degan fikrlarini eshitib, xursand bo‘lganman. Lekin rolimni o‘ynashdan cho‘chimaganman. To‘g‘ri, ba’zi sahnalarda uyalganman. Ammo aktrisa sifatida uni rad etishga yoki suratga olish jarayonida rolga nisbatan injiqlik qilishga haqqim yo‘q edi, nazarimda, deydi Muhabbat Qurbonova.

    “Sevgisiz oila qurganmiz”

    Foto: Muhabbat Qurbonovaning shaxsiy arxividan

    — Raqqosaning oila qurishi bilan bog‘liq har xil gaplar yuradi. Ammo insonning xatti-harakatlari kasbi emas, ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘liq. Bolalikdan to‘kis oilam bo‘lishini, qaynona-qaynotamning xizmatida bo‘lishni orzu qilganman. Bir yigitdan sovchi kelgan, unashtirilganman. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra unashtiruv bekor qilingan. Ustozim Karima Uzoqovaning o‘g‘lining ham fotihasi bekor bo‘lgandi. Bir-birimizga dalda beramiz deb gaplashib turardik, ammo ko‘p o‘tmay munosabatlarimiz chuqurlashib ketgan. Sevib oila qurmaganmiz, ammo hamisha bir-birimizni tushunishga harakat qilganmiz. Ba’zida ustozimning gapiga farishtalar omin degan ekan deyman. Boisi, bolaligimdan “Muhabbatni o‘zim kelin qilaman”, deb ko‘p gapirardi, deydi Muhabbat Qurbonova.

    “Raqs oilamdan ustun emas”

    Foto: “Daryo”

    — Malika bilan dunyoqarashimiz, mehrimiz o‘xshash, biz bir xil fikrlaymiz, u o‘ylab turgan narsani men o‘ylab turgan bo‘laman, men o‘ylab turgan narsani u o‘ylab turgan bo‘ladi. Ota-onamiz bir-birimizga hurmat bilan katta qilishgan. Ular Malikaga sening opang — otang bilan onang deyishardi. Men ham farzandlarimga biz bugun bormiz, ertaga yo‘qmiz, deb aytaman. Sizlar bir-biringizga bir umr mehribon bo‘linglar”, deyman. Shuning uchun ota-onamiz bir-birimizga juda yaqin qilib o‘stirgan.

    Raqqosalik kasbim, lekin hech narsa oiladan ustun bo‘la olmaydi. Ular qo‘rg‘onim, hech qachon meni tashlab ketmaydi. Kasbim tashlab ketishi, oyog‘im sinishi mumkin, faqat san’atni o‘ylab yashay olmayman, bolalarim bor, ularni oyoqqa qo‘yishim, kuchli bo‘lishim kerak.

    “Hayotda armonlarim juda ko‘p”

     
    Foto: Skrinshot

    — Otamni yo‘qotganimda otamni, turmush o‘rtog‘imni qadrini, qiz bola farzand uchun otaning o‘rni muhimligini bilganman. Bunday holatda ona o‘zini o‘ylashi kerak emas, u farzandi uchun ham davom etishga majbur. Ota-onasi tirik insonlar — dunyodagi eng baxtli insonlardir. Ota-onangiz tirikligida pul topayotgan bo‘lsangiz hammasini shunga qarating.

    Masalan, hayotda armonlarim juda ko‘p, endi oyoqqa turdim, deganimda ota-onam bu dunyodan ko‘z yumdi. Rejalarim ko‘p edi, ota-onamga katta uy olib bermoqchi edim. Ota-onam umuman o‘zini o‘ylamagan, faqat biz uchun harakat qilishar edi. Ota-onam uchun shaxsiy haydovchi yollamoqchi edim, aynan shunday paytda ular dunyodan o‘tdi.

    Onam yurak xuruji sabab to‘satdan vafot etdi. Otam esa COVID’ga chalinib, bir oyga yaqin Zangiotadagi kasalxonada yotdi. Oldiga kiritishmaydi, ahvoli og‘ir. Otamni ko‘rish armon bo‘lmasin deb Ozodbek Nazarbekovdan COVID markaziga kirishga yordam berishlarini so‘radim. O‘sha paytda ko‘ngilli sifatida u yerga xodimlar yuborilardi. Tibbiy xodim bo‘lib, markazga kirdim va apparatga ulangan otamni ko‘rdi. Yuzimdagi niqobni yechganimda otam quvonganidan yig‘lab yuborgandi. 5 kun oldilarida bo‘ldim, afsuski otam ko‘p o‘tmay qo‘limda jon berdi, deydi Muhabbat Qurbonova.

    “Singlim bilan singandik”

    Foto: Muhabbat Qurbonovaning shaxsiy arxividan

    — Shaxsan men uchun ota-onam tirikdek. Ular bizni deb yemadi, ichmadi, och qolsa-da bizni boqdi. Biroq biz shu ishni qilamiz deganda, ularni yo‘qotdik. Singlimga ham shu gapni aytaman. Turmush o‘rtog‘imga ham aytaman, ular oyilariga ozgina jahl qilsalar ham ko‘tara olmayman. Hamma qaynonamni qattiqqo‘l deydi, lekin men o‘sha qattiqqo‘l qaynonamni yaxshi ko‘raman. Peshonamga shu ayolni qaynona bo‘lishi bitilgan ekan, ming shukr. Ko‘pchilik “bandalik” degan gapni tushunmaydi, uni ota-onani yo‘qotgandan keyin tushunish mumkin. Ota-onamizni yo‘qotganimizda Malika bilan singanmiz. Dunyoni butun ranglari biz uchun yo‘qolgan. Endi farzandlarim uchun yashashim kerak, deydi Muhabbat Qurbonova.

    “Alloh meni qizim bilan sinadi”

    Foto: Muhabbat Qurbonovaning shaxsiy arxividan

    — Onamning vafotidan keyin Alloh meni qizim bilan sinadi. To‘ng‘ich farzandim buyrak xastaligiga chalinib, ikki yil ichida 3-marta jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. O‘zbek shifokorlarini yomonlash niyatim yo‘q. Ammo ular tajribasizlik qilib, sog‘lom buyrakka aziyat yetkazib qo‘yishgan. Keyin biz qizimizni Germaniya, Isroil yoki Moskvaga olib borib davolatmoqchi bo‘lganmiz. U paytda qizim dializ olib, buyragiga “trubka” ulab qo‘yilgan edi. Qizimning joni og‘riyotganini ko‘rib, yuragim ezilardi. Chunki uning haroratini 39 darajadan tushmasdi. Moskvalik shifokorlar g‘ayridin bo‘lsa-da, ular qalban Allohga ishonadi. U hammasi Yaratgandan ekanligi, nasib qilsa bolam sog‘ayib ketishiga ishontirdi. Joynamoz ustida o‘tirib, “Bizda imkoniyat bor, balki qizimga bir buyragimni bersam yashab ketadi”, deb o‘zimni tinchlantirishga urindim. So‘nggi operatsiyadan keyin buyragidan yuborilgan kontrast hech qanday to‘siqsiz o‘tdi. Bu hol nafaqat meni balki jarrohni ham quvontirdi. O‘sha damda ikki yillik azobli kunlarim ko‘z oldimdan o‘tdi. Joni og‘rib Moskvaga borgan qizim, sog‘lom insonlardek Toshkentga qaytdi, — deydi Muhabbat Qurbonova.

    Dotsent Muhabbat Qurbonova bugungi kunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarga dars beradi. Bundan tashqari, yakkaxon raqqosa, xoreograf sifatida ham faoliyat yuritadi. Uni o‘z jamoasi va ko‘plab shogirdlari bor. 

    31.08.2024, 16:45   Izoh (0)   83776
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bir yil ichida 10 ta uy almashtirganmiz”. Ustozining o‘g‘liga ko‘ngil qo‘ygan, noyob qobiliyat egasi Yulduz Turdiyeva 39 yoshda (foto, video)  

    21.08.2024, 12:35

    Ashaddiy muxlisi o‘ldirish bilan tahdid qilgan, karyera sabab oila qurmagan va sahnada jiddiy jarohat olgan aktrisa Sitora Farmonova 40 yoshda (foto)

    23.08.2024, 16:50

    “Oila qurish rejalarimning oxiriga o‘tib qolgan”. Nojo‘ya takliflar tufayli 18 yil “zapret”da bo‘lgan teleboshlovchi, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova 43 yoshda (...

    29.08.2024, 13:40

    Instagram: Noqulay vaziyatdagi raqqosani qo‘llab-quvvatlagan Yulduz Usmonova, 140 ming dollarlik mashina olgan bloger, orzusi ushalgan Asal Shodiyeva

    31.08.2024, 15:25

    Venetsiya kinofestivali tashkilotchilari Anjelina Joli va Bred Pitt uchrashib qolmasligi uchun barcha choralarni ko‘rdi

    31.08.2024, 14:55

    Tashqi ko‘rinishini plastik operatsiya yordamida o‘zgartirgan turk kinosi yulduzlari (foto) 

    30.08.2024, 16:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.