• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bir yil ichida 10 ta uy almashtirganmiz”. Ustozining o‘g‘liga ko‘ngil qo‘ygan, noyob qobiliyat egasi Yulduz Turdiyeva 39 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva san’atkorlar oilasida tug‘ilmagan bo‘lsa-da, bolalikdan xonanda bo‘lishga qiziqqan. U maqom qo‘shiqlarini o‘rganib, davralarda ijro etgan. Yulduz Turdiyeva O‘zbekistonda tanilib ulgurmasidan avval uni turk va ozarbayjonlik muxlislar yaxshi bilishardi. Chunki u xalqaro tanlovlarda maqom qo‘shiqlarini ijro etib, tinglovchilar mehrini qozongandi.

    “Onamning biznesini kasod qilganman”

    Yulduz Turdiyeva 1985-yili Buxoro viloyatida dunyoga kelgan. Oddiy oilada tug‘ilganiga qaramay, u bolalikdan maqom qo‘shiqlariga qiziqqan. Xonanda bolaligi bilan bog‘liq voqealarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Erka qiz bo‘lganman, ota-onam nima desam ham, yo‘q deyishmasdi. Ammo nihoyatda qo‘rqoq bo‘lganman. Hatto maktabga ketayotganimda yo‘limdan mushuk chiqib qolsa ham, qo‘rqib uyga qaytib kelardim. Bu odatlar haligacha saqlanib qolgan. Shu bilan birga, nihoyatda mehribon va qo‘li ochiq qiz bo‘lganman. Onam uyimiz yonida kichik do‘koncha ochgandi. U yerda shokolad, pechenye kabi mayda-chuyda shirinliklar ham sotilardi. Ularni olib, sinfdoshlarimga tarqatardim. Onam “Shuncha shokolad qani? Nima qildinglar, biznesni kasod qilib?” desa, indamay turaverardim, deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    “Gap-so‘zlardan qo‘rqardim”

    Yulduz Turdiyevaning san’atkor bo‘lishiga qarshiliklar bo‘lgan. Ammo uni birinchi navbatda ota-onasi qo‘llab-quvvatlagan.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — San’atkor bo‘lsa, unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi, degan gap-so‘zlar hamisha bo‘lgan. Shu bois yaqinlarim hamisha atrofimda bo‘lishga, yomon niyatli odamlardan himoya qilishga harakat qilgan. O‘n besh yoshimga qadar onam hamisha yonimda bo‘lgan. Hech bir tadbir yoki ko‘rik-tanlovga yolg‘iz yuborishmasdi. Keyinchalik bu vazifani akam bajargan, hozirgi kunda esa turmush o‘rtog‘im men bilan birga, deydi xonanda.

    “Ustozimning o‘g‘liga ko‘ngil qo‘yganman”

    Xonanda turmush o‘rtog‘i bilan san’at kollejida o‘qigani va qaynotasidan tahsil olgani haqida so‘zlab berdi. 

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Turmush o‘rtog‘im bilan tengdoshmiz, u bilan Buxoro san’at kollejida birga o‘qiganmiz. Qaynotam ikkimizga ustozlik qilgan, keyin Buxorodan birga Toshkentga kelib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjat topshirganmiz. Men qo‘shiq aytardim, turmush o‘rtog‘im esa dovul chalardi. Ammo hech qachon bu inson bilan oila qurishim haqida o‘ylab ko‘rmaganman. Ikkinchi kursda o‘qiyotganimda menga bo‘lgan munosabatlari o‘zgarayotganini sezib qolganman. Kursdoshlardan rashk qilishni boshlagan. Yozgi ta’til kunlari men Toshkentda qolardim, u qaynotam bilan to‘y xizmatlariga chiqish uchun Buxoroga ketardi. Ikki oy men uchun nihoyatda og‘ir o‘tganini his qilardim. Chunki Ulug‘bek eng yaqin kursdoshim va himoyachim edi. Xullas, ustozimning o‘g‘liga ko‘ngil qo‘yganman, deydi Yulduz Turdiyeva. 

    “Qishda oynasiz ijara uyda yashaganmiz”

    Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtahol oilada kamol topgan. Bundan tashqari, o‘sha yillari Toshkentda doimiy ro‘yxatda turmagan insonlarning yaxshi ishga joylashishi ham muammo edi. Xonanda hayotidagi eng og‘ir kunlarni quyidagicha eslaydi. 

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Turmush o‘rtog‘im bilan Toshkentga kelganimizda hech narsamiz yo‘q edi. Ishonasizmi, bir yil ichida 10 ta ijara uyda yashashimizga to‘g‘ri kelgan. Sharoiti yaxshisining puli to‘g‘ri kelmasdi. Yoki puli to‘g‘ri kelganining sharoiti qoniqarsiz darajada bo‘lardi. Birinchi qavatdagi deraza oynasi yo‘q xonadonda yashaganimiz hech esimdan chiqmaydi. Kimdir kirib kelsa, nima qilaman, deb tong otgunga qadar uxlolmasdim. Hatto bunday ijara uyga o‘g‘limni olib kelishga qo‘rqib, uni qaynonamga tashlab kelgandim. U paytlarda propiskasizlarni yaxshi ishga olishmasdi. Shu bois turmush o‘rtog‘im bilan ishga joylashishga qiynalganmiz. Hatto qoniqarsiz darajadagi uyni ijaraga olishga ham pulimiz qolmagandi. O‘shanda turmush o‘rtog‘imning do‘stlaridan birining bir xonali uyiga ko‘chib o‘tgandik. U uyda o‘ndan ortiq kishi yashab, bitta qozondan ovqat yerdik, deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    “Meni g‘oliblikka undagan his — ona mehri”

    Ijara uydagi sharoit sabab bolasidan ayro yashashga majbur bo‘lgan xonanda xalqaro musobaqaga katta miqdordagi mukofot puli qo‘yilgani haqidagi xabarni o‘qib qoladi. Onalik mehri uni tanlovda ishtirok etish va g‘alaba qozonishga undaydi. 

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Bolamni sog‘inib yurgan paytimda Ozarbayjonda o‘tkaziladigan Baynalxalq mug‘om festivali haqidagi e’lonni o‘qib qolganman. Bosh sovrin uchun 15 ming AQSH dollari degan joyini o‘qib, ko‘zlarim porlab ketgan. O‘zimcha bu pulga uy sotib olish haqida rejalar tuzganman.

    “Qora baxshi” qo‘shig‘i — Ozarbayjon yuragi deyilarkan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ishlaydigan Ochil Matjonovdan qo‘shiqni o‘rgatishini so‘raganman. O‘n ikki kun davomida konservatoriyadan ketmay, qo‘shiqni o‘rganganman. 2009-yili o‘tkazilgan mug‘om festivalida g‘olib bo‘lib, ilk katta mukofotni qo‘lga kiritganman. Toshkentga qaytganimdan keyin uy olish harakatiga tushganman. Hammasi niyatga yarasha bo‘lar ekan, o‘sha paytda 15 000 AQSH dollariga shahar markazidan ikki xonali uy berardi. Uy sotib olib, oilam bilan unga ko‘chib o‘tganmiz. Bu festival hayotimga quvonch olib kirgan. G‘olib bo‘lishimga esa onalik mehri sabab bo‘lgan, deydi xonanda.

    “Bahodir Yo‘ldoshev meni chetlashtirmoqchi bo‘lgan”

    Yulduz Turdiyeva “Sharq taronalari”da qatnashgan yili rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevdan tanbeh eshitgani va yig‘lab yuborgan kunlarini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — “Sharq taronalari” festivaliga tayyorgarlik bir necha oy davom etardi. Ilk marta qatnashgan yilim bir inson kelib, farzandining to‘yida ishtirok etishimni qattiq iltimos qilgan. “Yo‘q, bu yerdan ketolmayman”, deganman. Ammo u inson ham oyoq tirab turib olgan. Oxiri repetitsiya bo‘lmaydigan vaqtga to‘yni to‘g‘rilab, borib kelishni reja qilganmiz. Aksiga olib, o‘sha vaqtda rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev meni izlab qolgan ekan. To‘yga ketganim haqida eshitib, rosa jahli chiqqan. Menga qattiq tanbeh berib, festivaldan chetlashtirmoqchi ham bo‘lgan. Yig‘lab vaziyatni tushuntirganim ham foyda bermagan. Faqatgina ertasi kuni “Mayli, bu senga oxirgi ogohlantirish” degan, deydi xonanda.

    Biotoki borligi rostmi?

    Xonanda noyob xislatli insonlar toifasiga kiradi, unda biotok kuchli bo‘lgani uchun temir jismlar uning tanasiga yopisha oladi.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Bu qobiliyat hisoblanadimi-yo‘qmi, bilmayman. Qo‘limga, yuzimga qoshiq va sanchqilar yopishadi. Bunday xislatim borligini bolaligimdayoq bilganmiz, deydi Yulduz Turdiyeva

    “Siz turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘p pul topasiz”

    Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘i nega sozandalik qilmayotgani va unga nisbatan salbiy fikr bildiradigan insonlarga quyidagicha javob bergan.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Ilgari to‘y va konsertlarda turmush o‘rtog‘im sozandalik qilardi. U professional va o‘z kasbini sevadigan inson edi. Ammo oila qurganimizdan keyin ma’murlik va sozandalik qilish uni biroz charchatib qo‘ydi. Shundan keyin “Ulug‘bek, siz sozandalik qilmay, yonimda bo‘lsangiz bo‘ldi”, dedim. Chunki ma’murlikning ham bosh og‘riqlari ko‘p. “Siz turmush o‘rtog‘ingizdan ko‘p pul topasiz”, deb unga nisbatan negativ fikr bildirayotganlardan ranjiyman. Chunki odamlar bilan ishlash qiyin, agar u ma’murlik qilmaganida, men bemalol qo‘shiq aytolmagan bo‘lardim, deydi Yulduz Turdiyeva.

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    Yulduz Turdiyeva 2023-yilda ikki o‘g‘ildan keyin qiz farzandli bo‘ldi. 38 yoshida dunyoda kelgan qizalog‘iga Mehribon deb ism qo‘ydi. Homiladorlik va tug‘uruqdan keyin to‘lishganini ko‘pchilik kuzatuvchilari tanqid qilishdi. Xonanda bunday gap-so‘zlarga e’tibor bermasligi, muhimi o‘zi va farzandi sog‘ ekanligini aytib o‘tdi.

    21.08.2024, 12:35   Izoh (0)   162747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    16 yil atelyeda ishlagan, otasi sabab surdo tilini o‘rgangan va saratonni yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 45 yoshda (foto)

    13.08.2024, 19:56

    Kinoda yarq etib ko‘ringan va keyin “yo‘qolib qolgan” aktrisalar (foto)

    16.08.2024, 17:12

    Aktrisa Muhabbat Abdullayevaning Tailandda dahshatli avariyaga uchragan qizi Toshkentga qaytmoqda (foto) 

    16.08.2024, 20:00

    “Bir umr model bo‘lib ishlamoqchi emasman”. “Osiyo go‘zali” deb topilgan o‘zbekistonlik Shahrizoda Madaminova bilan suhbat (video)

    19.08.2024, 10:58

    Instagram: Otabek Madrahimov nevarali bo‘ldi, Farhod biznesga qo‘l urdi, Dilnoza Kubayeva qachon turmushga chiqadi?

    21.08.2024, 11:25

    Roli sabab “qaritilgan” aktyorlar: yillar o‘tib ular aynan shu yoshda qanday ko‘rinishga ega?

    21.08.2024, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.