• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ashaddiy muxlisi o‘ldirish bilan tahdid qilgan, karyera sabab oila qurmagan va sahnada jiddiy jarohat olgan aktrisa Sitora Farmonova 40 yoshda (foto)

    Vaqt o‘z taʼsirini o‘tkazolmaydigan aktrisa Sitora Farmonova 20-avgust kuni 40 yoshni qarshiladi. Bu maʼlumotga ishonmasligingiz aniq. Chunki aktrisa hamisha go‘zal va maftunkor.

    Xo‘sh, rang-barang ijodi bilan tomoshabinlar nazariga tushgan aktrisaning muvaffaqiyat siri nimada?

    “Balchiqqa qorilib yurardim”

    Latofatli aktrisa Sitora Farmonova 1984-yilning 20-avgustida Buxoro shahrida tug‘ilgan. U oilada uch nafar farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan, yaʼni aktrisaning ukasi va singlisi bor.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — O‘ziga to‘q, ilmli insonlar oilasida tug‘ilganman. Bobom rahmatli bir umr direktorlik qilgan, qattiqqo‘l inson edi. Yozgi taʼtil kunlari bobomning uyiga borardik. Ertalab uyg‘onib, eshik oldida 20 ta nabira terilib turardik. Qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib, bobom bilan birma-bir salomlashardik. Bolaligimda nihoyatda to‘polonchi, o‘g‘il bolalarga xos xarakterdagi qiz edim. Urishishni yaxshi ko‘rardim. Deyarli har kuni direktor xonasiga chaqirib tanbeh berardi. Biror marta ustim toza bo‘lib uyga borgan kunimni eslolmayman. Maktabdan qaytayotganda yo‘ldagi ariqdan kim tez sakrash bo‘yicha musobaqalashardik. Suvga tushib ketgan, balchiqqa qorilgan kunlarim ham bo‘lgan. Ammo o‘qishni yaxshi ko‘rardim, baholarim ham aʼlo edi. O‘qituvchilarim “Feʼli chatoqda, ammo o‘qishi yaxshi” deyishardi. Buvilarimning ikkisi ham chevar edi. Shu sabab bolaligimdan dizaynerlikka qiziqqanman. Kelajakda shu kasbni egallayman deb niyat qilardim, — deydi aktrisa Sitora Farmonova.

    “Dadam klinik o‘limga uchragan”

    Sitora Farmonova 13 yoshga to‘lganida oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelgan. Afsuski, oila boshlig‘ining birdan kasallikka chalinishi oila uchun nihoyatda og‘ir kechgan.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — Dadam onamni qizg‘anib, uydan tashqariga chiqarmagan. Hatto, Buxoroda ham onam uyimizdan ikki bekat nariga borsa, adashib qolardi. Onam hech qayerda tahsil olmagan uy bekasi edi. Dadam esa o‘z davrida ko‘p pul topgan tadbirkor edi. Ammo taqdir charxpalagi shunday aylandiki, dadam yurak bilan bog‘liq kasallikka chalindi.

    Buxoroda uyimizda qo‘sha-qo‘sha xizmatkorlari bo‘lgan oila birdan hammasidan ayrilgandek bo‘ldi. Maktabdan qaytsam dadam xonasida ekan. Uni ovqatlanishga chaqirgani chiqqanimda hushsiz ekanligini ko‘rib “shok”ka tushganman. U nafas olmasdi. Baxtimizga qo‘shnimiz professor edi. U dadamning ahvolini ko‘rib tez yordamga qo‘ng‘iroq qildi va birinchi yordamni ko‘rsatdi. Onamning aytishicha, shifokorlar “Oila aʼzolari xayrlashib olishsin, hammasi tamom”, deyishgan ekan. O‘sha paytda dadam klinik o‘limni boshdan kechirgan. Ammo professor qo‘shnimizning bergan birinchi yordami bilan o‘ziga kelgan. Ammo u avvalgidek ishlashi mumkin emasdi, — deydi aktrisa Sitora Farmonova.

    “15 yoshda ro‘zg‘or yuki boshimga tushdi”

    Oilaning boshiga tushgan musibatdan so‘ng aktrisaning onasi ish izlashni boshlaydi. Ammo shuncha yil uydan ko‘chaga chiqmagan ayol qanday qilib pul topishni o‘ylab boshi qotadi. To‘ng‘ich farzandi esa ro‘zg‘or yukini o‘z zimmasiga oladi.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — O‘shanda 9-sinfda o‘qirdim. Uch farzandmiz, u kunga kelib jamg‘argan pulimiz ham qolmagan edi. Shunda uyimiz yonidagi kafega kirib ish so‘raganman. “Yordamchi bo‘laman, faqat ish yo‘q demang”, deb iltimos qilganman. Asosan ertangi kun uchun kerakli sabzavotlarni artib, tozalashga qarashardim. Maktabdan qaytib to kechgacha tog‘ora-tog‘ora piyoz, kartoshka va sabzilarni tozalardim. Keyin kafeda shirinlik sotish taklifini berdim. “Qayerdan olamiz”, deyishganda o‘zim pishirib kelaman, dedim. Uyga borib onam bilan maslahatlashib, pahlava va to‘rtburchak tort pishirdik. Shirinliklar mijozlarga yoqqanidan keyin har kuni pishirib, maktabga ketish oldidan kafega topshirib ketadigan bo‘ldim. Bu ham ro‘zg‘orimizga qo‘shimcha yordam edi. Charchardim, ammo ilojsizlikdan shu ishlarni qilishga majbur edim. Eng alamlisi, kafeda ishlayotganimni bilgan ayrim erkaklar “Shu chiroying bilan shu yerda ishlayapsanmi?” deb jirkanch takliflarni berishardi. Ammo, hech qachon o‘zimni yo‘qotmaslikka va ota-onamning yuzini yerga qaratmaslikka harakat qilganman, — deydi aktrisa Sitora Farmonova.

    “Tasodifan aktrisa bo‘ldim”

    Aktrisa moliyaviy jihatdan qiynalgan kunlarida hammasi yaxshi bo‘lishini umid qilgani haqida ham so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — O‘sha paytlarda uyali telefonlar unchalik ommalashmagan davrlar edi. Ammo shunday telefondan foydalanadiganlarga hammaning havasi kelardi. Qaysidir bir jurnalda uyali telefonning katta rasmi chiqqan. Uni qirqib olib, oynaga qarab xuddi telefonda gaplashayotgandek o‘zimni tutardim.16 yoshimda tasodifan klip syomkasiga taklif etishgan. “Chiroyli ekansiz”, deyishsa xursand bo‘lib, syomkaga boribman. O‘shanda kichik epizod rolni ijro etganman. Ammo shunaqa xursand bo‘lganman, buni so‘z bilan tasvirlab berib bo‘lmaydi. Undan keyin “Ayol zoti” filmida ham kichik epizodni ijro etganman. 2004-yili “Xavfli burilish” filmiga taklif etishgan. Haqiqatan ham film muvaffaqiyatli chiqdi. Keyin yiliga kamida 3-4 ta filmlardan takliflar tushishni boshladi. Shundan keyin bor eʼtiborimni aktrisalikka qaratishga qaror qildim. Ammo dizaynerlikka bo‘lgan qiziqishim so‘ngani yo‘q. Haligacha, o‘zim uchun libos dizaynlarini tuzaman, — deydi aktrisa.

    Aktrisaga qimmatga tushgan “Baykonur”

    Aktrisa Sitora Farmonova “Baykonur” filmida yiqilib tushib og‘ir jarohat olgan. Bu haqda uning onasi Zamira Farmonova intervyularining birida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — Qizim Setora nemis rejissyori suratga olayotgan “Baykonur” filmida suratga tushgan. Juda yaxshi rol o‘ynagan. Kinoning suratga olish jarayonida atrofiga marmar terilgan suzish havzasiga nimadir bo‘lib yiqilib tushgan. Shundan keyin uning bo‘yni yirtilib ochilib qolgan. Shifokorga olib borishgan, tikamiz deyishgan.

    Rejissyor esa tikish mumkin emas, bu qiz bizda rol o‘ynayapti, har bir kunimiz belgilangan uning jarohati qachon bitadi deb kuta olmaymiz degan. Tikishga ruxsat bermagandan keyin qizim mototsilkni ijaraga olib shifokorga o‘zi borib davolangan.

    Rol o‘ynab bo‘lgandan keyin uyga keldi, shunda qarasam bo‘ynida bint bor. Bo‘yningga nima qildi desam, hech narsa dedi. Ko‘rsatmaguncha qo‘ymadim, keyin qarasam 3-4 sm joy yirtilib ochilib qolgan. Shunda shifokorlar shukr qiling, bu jarohat bilan tirik qolish kamdan-kam uchraydi degan.

    O‘shanda shu ahvolda bo‘lsa ham suratga olish jarayonlarining oxirigacha ishtirok etgan. Eslasam yig‘layman, juda yomon bo‘lib ketaman, onaga qiyin”, — deydi aktrisaning onasi.

    “Sahna ortida yig‘laganman”

    Bundan tashqari, aktrisa Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” o‘yini jarayonida ham qattiq yiqilganini yodga oladi.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — Sahnaga chiqqanimizda butun tanam bilan orqaga qarab yiqilib ketganman. Butun zaldagi tomoshabinlar qo‘rqib ketishgan. Hatto Maslyakov ham xavotirga tushgan. Shunda zo‘rg‘a o‘zimni tutib, joyimdan turganimda jamoamiz sardori “O‘zingni qo‘lga ol, faqat yig‘lab yuborma”, deganida ko‘z yoshlarimni tiyib, yuzimni qo‘lim bilan yashirib olganman. Suratga olish ishlari tugaganida esa sahna ortiga o‘tib, og‘riqdan rosa yig‘laganman”, — deydi aktrisa.

    “Sanʼatni tashlamayman, deb turmushga chiqmadi”

    40 yoshni qarshilagan aktrisa haligacha oila qurgani yo‘q. Aktrisaning onasi qizi nima sababdan turmushga chiqmasligiga ham oydinlik kiritib o‘tgan.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — Sitora qizim men ishimni birinchi o‘ringa qo‘yaman, karyera qilaman, deb mehnat qilib yurdi. Sitoraga sovchi qo‘ygan yigitlar bitta shart qo‘ydi: “Sanʼatingizni tashlaysiz”, degan. Qizim shuncha yil mehnat qildim, turmushga chiqaman deb, sanʼatni tashlamayman, deb ko‘nmagan”, — deydi Zamira Farmonova.

    “Uyatsiz filmni rad etib, 700 ming dollardan voz kechdim”

    Aktrisa Sitora Farmonovaga uyatsiz sahnalari bo‘lgan Gollivud filmida suratga tushish uchun 700 ming dollar gonorar taklif qilishgani haqida aytib o‘tgandi.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — 2008-yilda menga Gollivuddan taklif bo‘lgan. Bu Sony Entertaiment Production va TNT telekanalining qo‘shma loyihasi edi. Qo‘limga qiymati 700 ming dollar bo‘lgan ikki yillik shartnoma kelib tushgan. Bu taklifdan judayam xursand bo‘lganman. Lekin keyin bilsam serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalari boshlanar ekan. Men bunday sahnalarni o‘ynamayman, deganimda, menga sizda dublyor bo‘ladi, deyishgan. Lekin u sahnalarda men emas, dublyor o‘ynayotganini sahna ortidagilar biladi, tomoshabin esa bu sahnalarda meni ko‘radi.

    350 ta qismli serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalar boshlanadi. Bu degani 300 ta qismda shunday sahnalar bo‘ladi, degani. Tomoshabin serialni ko‘rgani sari mendan nafratlanishni boshlaydi. “O‘zbekistondan chiqqan qiz shunaqa kinoda rol o‘ynabdi”, deyishadi.

    O‘sha 700 ming dollarni oldim, bir, ikki, besh yoki o‘n yil yerman. Lekin bu kino chiqqanidan keyin dadam qanday bosh ko‘tarib yuradi? Oila aʼzolarimning holi nima kechadi? Xullas, bu taklifni rad etganman. Ko‘pchilik nega unday qilding, bu taklif orqali senga Gollivudga yo‘l ochilardi, deyishgan. Men ularga “meni Gollivudga yo‘l emas, oila aʼzolarim, urug‘-aymog‘im ko‘proq qiziqtiradi”, deganman”, — deydi Sitora Farmonova.

    15 yosh kichik yigitning taklifi

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    Sitora Farmonova 2020-yilda o‘zidan 15 yosh kichik bloger Doniyor Qayumov bilan yaqin munosabatda ekani va ularning turmush qurishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga esa Doniyor Qayumov va Sitora Farmonovaning birgalikda suratga tushgan rasmlari va videolari sabab bo‘lgan. Oradan bir oy o‘tib bloger Sitora Farmonova bilan munosabatlari tugaganini, bu esa aktrisa gap-so‘zlarga ishongani tufayli bo‘lganini taʼkidlagan. Vaqt o‘tib ularning ikkalasi ham sahifasidan birga tushgan surat va videolarini o‘chirib tashlagan.

    “O‘ldirib, uying eshigiga osib ketaman”

    2023-yil aktrisa hayotida baʼzi noxushliklar bilan yodda qoldi. Ashaddiy muxlislaridan biri uni va oila aʼzolarini o‘ldirish bilan tahdid qildi.

    Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

    — Tegishli organlarga murojaat qilganimizdan keyin, dadam u odamga “Maqsading nima?” deb savol berganida menga ham tuhmat qilibdi. “Qizingiz bilan bir yildan beri Instagramda gaplashamiz, u menga o‘rganib qolgan. U sizga aytolmayapti, siz esa bizni tushunishga harakat qilmayapsiz”, debdi. Men yana shokka tushdim. Yaxshiyamki, yozgan gaplari saqlanib qolgandi, ularni organ xodimlariga ko‘rsatdim.

    Avvaliga u meni o‘ldirmoqchi edi. Endi butun oilam, ota-onam va ukamga ham tahdid qilyapti. Yaxshi hamki, O‘zbekistonda yashaymiz. Shahar bedarvoza emas, unga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, — deydi aktrisa Sitora Farmonova.

    23.08.2024, 16:50   Izoh (0)   39170
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dizi olamida yangi juftlik: Burak O‘zchivit va Pelin Uluksar turk-dubay loyihasida ishtirok etadi

    23.08.2024, 15:44

    Yaxshi aktyor, ammo bemehr ota: nima uchun Alen Delonning farzandlari otasini va bir-birini yomon ko‘rgan? 

    23.08.2024, 12:14

    Instagram: saratonni yenggan Zara G‘aniyeva, farzand kutayotgan Afsona, Shahzoda Muhammedovaning qizi bilan ro‘y bergan ko‘ngilsizlik  

    23.08.2024, 11:40

    Kinodagi karyerasida tanaffus qilgan mashhur koreys aktyorlari

    22.08.2024, 19:02

    Dunyo miqyosida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan qirollik oilasidagi 5 ta ajrashish

    22.08.2024, 17:28

    Yulduz Usmonovadan Rafet el Romangacha. Yangi mavsumda kimlar konsert beradi? (foto)

    22.08.2024, 13:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.