Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining yengil atletika bo‘yicha ayollar musobaqasi davom etmoqda.

T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, Asila 2023-yilning iyul oyida Fransiyaning Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, Mirzayorova Tokio—2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblanadi.
Izoh (0)