Daryo

Paralimpiya. Taekvondochi Ziyodaxon Isoqova kumush medalni qo‘lga kiritdi

Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik sportchi Peru vakiliga mag‘lub bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish11 984 ko‘rishlar0 izoh0

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya bahslarida para taekvondo bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto Paralympic

Ayollar o‘rtasida -47 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Ziyodaxon Isoqova finalda perulik Leonor Anjelika Espinoza Karransaga qarshi dayanga chiqdi.

Murosasiz kechgan bahsda 10:4 hisobida Ziyodaxon imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Isoqova chorak finalda neytral maqomda qatnashgan sportchi Zakiya Xudadadini taslim etgandi. Yarim finalda esa tailandlik Kvansuda Puangkit mag‘lub etilgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar