Ukraina dronlari ilk bor 28-avgust kuni Rossiyaning Kirov viloyatiga hujum qildi. Bu haqda The Moscow Time xabar berdi.
Dronlar Kotelnich shahridagi “Rosrezerv”ning “Zenit” zavodi hududidagi rezervuarlarga zarba bergan. Jami to‘rtta portlash qayd etilgani aytilmoqda. Shot Telegram kanalining yozishicha, hozirda ikkita “Zenit” rezervuari yonmoqda, unga hujum qilgan dronlar esa chegaradosh Sumi viloyatidan uchirilgan.
Kirov viloyati gubernatori Aleksandr Sokolov dronlar Kotelnichga yetib kelgani, “neft mahsulotlari saqlanadigan idish”ga hujum qilinganini aytgan.
“Bir necha daqiqa oldin Kotelnichga dron yetib keldi, hujum qildi. Qurbonlar yo‘q. Yong‘in chiqmadi. Vaziyat nazorat ostida”, degan u.
Baza nashrining ta’kidlashicha, uchta dron “Vyatka” kombinatidagi neft mahsulotlari omboriga hujum qilgan. Ulardan biri rezervuarning qopqog‘ini urib yuborgan. Ikkinchi dron bo‘sh sisternaga tushgan. Uchinchi dronning zarbasidan so‘ng omborda yong‘in kelib chiqqan. Mahalliy aholi 4 ta portlash ovozini eshitgan.
Izoh (0)