Ukraina dronlari hujumini qaytarish jarayonida aviatexnikalardan biri Saratovdagi ko‘p qavatli uyga, yana biri Engelsdagi uyning tomiga borib urildi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin ma’lumotni tasdiqlagan. Hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan. Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Qolganlarga esa voqea joyida yordam ko‘rsatilgan. Engelsdagi uyning tomiga kelib urilgan dron qoldiqlari esa 20 ta mashinaga zarar yetkazgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi 26-avgust kuni tarqatgan xabar ko‘ra, tunda va ertalab Ukrainaning 20 ta droni bir necha viloyatlar ustida urib tushirilgan. Engelsda TU-95 strategik bombardimonchi samolyotlari joylashgan aerodrom mavjud. Dron hujumi paytida 11 ta samolyot havoga ko‘tarilgan. Ukraina dronlari aynan aerodromga hujum qilgani aytilmoqda.
Izoh (0)