• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Salyeri rostdan ham Motsartni zaharlaganmi? Mish-mishlar va tuhmat domida qolgan bastakor taqdiri

    Antonio Salyeri nomi asrlar davomida unutilib ketmadi: uni hatto musiqadan yiroq bo‘lgan insonlar ham biladi. Ammo mashhur operalar yaratuvchisi, imperator Iosif II ning sevimli musiqachisi bo‘lgan Salyeri shunday mashhurlikni istar edimi? Ko‘pchilik haqiqiy Salyerini Pushkinning “Motsart va Salyeri” tragediyasi va Milosh Formanning “Amadey” filmidagi badiiy obrazlar bilan adashtirib yuboradi. Quyida buyuk bastakor aslida qanday inson bo‘lgani haqida hikoya qilamiz.

    Antonio Salyeri
    Foto: Wikipedia

    Hozirgi kunda Salyeri Motsartni zaharlagani haqidagi barcha ayblovlar tarixchilar tomonidan rad etiladi. Bu afsona na faktik, na psixologik tanqidga dosh beroladi. Biroq bu uydirma juda “yashovchan” chiqqani bois doim haqiqatni takrorlashga to‘g‘ri keladi: yo‘q, Salyerida Motsartga hasad qilish uchun sabab bo‘lmagan — uning shaxsiy karyerasi ancha yaxshi edi va aksincha, Motsart unga hasad qilgulik edi. Salyeri umuman hiyla-nayrang qiladigan kishi emasdi — u ko‘p musiqachilarga yordam bergan va juda mehribon inson sifatida tanilgan. Nima bo‘lganda ham u o‘z nomini qoralovchi biror ish qilmagan. Va eng muhimi: u daho bo‘lmasa-da, iqtidorsiz emasdi. Ammo uning davrida iqtidorli, usta va omadli kompozitorlar o‘nlab topilardi. Zamondoshlariga dohiyona musiqani oddiysidan ajratish oson bo‘lmagan va ko‘pchilik Salyeri hamda Motsart o‘rtasida katta farqni ham ko‘rmagan.

    Antonio Salyeri aslida qanday inson va musiqachi edi? U Venetsiya respublikasi tarkibida bo‘lgan Lenyago shaharchasida savdogar oilasida dunyoga keladi. Antonio oilada sakkizinchi farzand edi, 14 yoshida ota-onasidan ayrilgach, o‘z taqdirini mustaqil tanlashga majbur bo‘ladi. Bolaligida buyuk skripkachi va bastakor Juzeppe Tartinining qo‘lida o‘qigan katta akasi Franchesko unga dars bergan. Yosh Antonio juda iqtidorli bo‘lib, bunda u tengdoshi Motsartga o‘xshab ketardi: skripka va klavisin chalar, yaxshi kuylar, bastalar, improvizatsiya qilardi. Ko‘p o‘tmay unga homiylik qiluvchi badavlat insonlar paydo bo‘lgani hayratlanarli emas. Eng baxtli uchrashuv 1766-yilda, mashhur kompozitor Flroian Leopold Gassman 16 yoshli o‘smirni o‘zi bilan Venaga olib ketganida sodir bo‘ladi. Gassman Antonioga ham ustozlik, ham otalik qiladi, unga uyidan boshpana va ta’lim beradi.

    Imperator Iosif II Gassmanga ishonch bildirgan edi, 1772-yilda u kapelmeysterga (musiqiy direktor) aylanadi. U o‘z navbatida monarxni Salyeri bilan tanishtiradi va Antonio Iosifga ma’qul keladi. Shu boisdan Gassman vafotidan keyin uning lavozimi, imtiyozlari va majburiyatlari ham Salyeriga o‘tganidan hayratga tushish kerak emas. 24 yoshidayoq Salyeri saroydagi kamer musiqa hamda Venadagi italyan opera truppalari bastakori etib tayinlanadi, 1788-yilda esa saroydagi barcha kapellalar boshlig‘i bo‘ladi. Italiya truppalari Venada nemislariniki bilan almashtirilgan davrda Salyeri Italiya va boshqa davlatlarning turli shaharlarida o‘z operalarini muvaffaqiyatli qo‘yadi. Uning “Yevropaning tan olinishi” operasi 1778-yil 3-avgustda Milandagi La Skala teatrini ochib beradi, 1782-yilda bastalangan “Semiramida” esa Motsartning “Idomeney”siga qarshi ishonchli bahsga kirishadi. Yosh Salyerining ijodi nafaqat imperatorda, balki xalqaro maydonlarda ham hayrat uyg‘otadi.

    Gassman xotirasi hurmati uchun Salyeri ko‘plab shogirdlariga bepul dars beradi, ular orasida keyinchalik qo‘shiqchiga aylangan Gassmanning qizlari ham bor edi. 1771-yilda Gassman “Musiqachilar jamiyati” — ehtiyojmand musiqachilar, ularning beva yetimlariga yordam ko‘rsatuvchi xayriya tashkilotiga asos soladi. Jamiyat ko‘plab konsertlar berib, tushgan daromadni beva-bechoralarga tarqatadi. Salyeri 1788-yildan 1795-yilga qadar ushbu jamiyatni boshqaradi, keyinroq uning konsertlarida muntazam dirijyorlik qiladi. Taxminlarga ko‘ra, Salyeri boshchiligidagi konsertlarning birida Motsartning Sol minor simfoniyasi (№ 40) yangragan, aks holda Motsart partituraga avval boshida bo‘lmagan klarnetlarni nima uchun qo‘shganini tushuntirish mushkul.

    F.Myurrey Abraham ijrosidagi Salyeri obrazi, “Amadey” filmi
    Foto: Videodan kadr

    Hozirda ham Motsart va Salyeri munosabatlari faol muhokama qilinadigan mavzu hisoblanadi. Ular orasida ko‘plab oq dog‘lar mavjud. Biz Motsart Salyeriga nisbatan qanday munosabat bo‘lganini (afsuski sovuqlik bilan) yaxshi tasavvur qilamiz. Ammo Salyeri tomonidan Motsartga nisbatan yorqin nosamimiy harakatlar kuzatilmagan. U Gaydn kabi Motsartga yaqin do‘st bo‘lmasa-da, dushman ham emas edi. 2015-yilda Motsart va Salyeri tomonidan birgalikda yozilgan san’at asari topilgan: jiddiy kasallikka chalingan qo‘shiqchi Nensi Storache sharafiga “Ofeliyaning salomatligi uchun” nomli kichik kantata. Uning she’rlarini har ikki bastakor bilan hamkorlik qilib kelgan Lorenso da Ponte yozgan.

    Qaysidir masalada Motsart va Salyeri hamfikr hamda ittifoqchi ham bo‘lgan, chunki ularning ikkisi ham imperator Iosif II homiyligi ostida faoliyat yuritardi. 1780-1790-yillar davomida Salyeri nemis tilini u qadar yaxshi bilmasa-da, nemischa matnlar uchun musiqa bastalab, o‘zini avstriyalik vatanparvar sifatida ko‘rsatishga urinadi. Imperator milliy operani ommalashtirish niyatida bo‘lgani bois Salyeri 1781-yilda “Mo‘ri tozalovchi” nomli zingshpil (musiqiy va dramatik janr) yozadi va u mashhurlikka erishadi. Bu janrdagi keyingi ishi — “Qoravoylar” esa muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

    1804-yildan keyin Salyeri opera va boshqa yirik asarlar yozishni to‘xtatadi. Faqat kichik kantatalar, xorlar, cherkovlar uchun asarlar — madhiya, offertonlar paydo bo‘la boshlaydi. Keksalik davriga kelib u Vena musiqiy hayotining ko‘zga ko‘ringan shaxsiga aylanib bo‘lgandi, hayotini yosh iqtidorlarni kashf etishga bag‘ishlardi. 1817-yilda Venada konservatoriyalar namunasi bo‘lgan Ashulachilik maktabi paydo bo‘ladi va Salyeri uning asoschilaridan biri edi. U yerda ikki mashhur pedagog dars berardi: kompozitsiya nazariyasi, kontrapunkt va fuge bo‘yicha Iogann Georg Albrextsberger hamda vokal san’ati va italyan matnlar uchun vokal kompozitsiya yo‘nalishida Salyeri. Salyeri nafaqat bastakorlarga, balki ashulachilarga ham dars berardi. Katarina Kavalyeri, Anna Milder, Karolina Unger, Anton Xaysinger kabi mashhur opera yulduzlari uning sinfidan chiqqan. Albrextsberger 1809-yilda vafot etganidan keyin Salyeri har ikki vazifani zimmasiga olib, o‘quvchilarga nazariy fanlardan ham dars bera boshlaydi.

    Foto: Videodan kadr

    O‘quvchilar keksayib borayotgan Salyerining oilasi o‘rnini egallagan edi. U 1775-yilda Tereziya fon Xalferstorferga uylanadi va ayol unga sakkiz farzandni dunyoga keltirib beradi. Ammo to‘rt nafar qizi juda yosh vafot etadi, 1805-yilda yolg‘iz o‘g‘li Aloiz Engelbert 23 yoshida, 1807-yilda esa Tereziya ham olamdan o‘tadi.

    Musiqachi? U o‘zining sodiq quliga baxtli onlarni taqdim etdimi? Ha, shubhasiz. Buni endi jonli taassurotlar orqali baholash mumkin. XX asr oxirlarida Salyeriga tegishli bir nechta operaning diskka yozib olingan variantlari e’lon qilinadi. Salyerining 13 ta ariyasi o‘rin olgan Chechilya Bartoli diski katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladi.

    Salyerining iste’dodi asosan italyan hajviy operalarida namoyon bo‘lgan, buning uchun keng simfonik nafas, na dramatik to‘qnashuvlar va na psixologik chuqur talqin kerak emasdi. Yoqimli, tabiiy oqimli kuylar, mahorat bilan yozilgan ansambllar, ifodali uyg‘unlik, rang-barang va ba’zan kutilmagan orkestratsiya, g‘ayrioddiy hazil tuyg‘usi, ayniqsa, bularning barchasi yaxshi ijro etilganida Salyeri musiqasining shuhratini inkor etib bo‘lmaydi. Eng mashhur shoir va dramaturglar u bilan birga ishlashni o‘ziga sharaf deb bilardi: Jambattista Kasti, Lorenso Da Ponte, Fransiyada esa Pyer Karon de Bomarshe.

    Lenyagodagi Salyeri teatri
    Foto: Wikimedia Commons

    Salyeri opera ijodining traektoriyasi o‘z davrining o‘zgaruvchan didi va qarashlarini aks ettiradi. U faoliyatini Italiya hazil opera ustasi sifatida boshlagan bo‘lsa, keyinchalik Glyukning kuchli ta’siri ostida qoladi. 1780-yillarda fransuz operasi yo‘nalishidagi ijodi (“Danaid”, “Goratsi va Kuriatsilar”) mazkur yo‘nalish kulminatsiyasiga aylanadi. “Danaid” musiqasidagi ko‘plab elementlar Motsartning “Don Juan”iga o‘xshab ketadi. 

    Salyerining yetuk va hajviy operalari turli janrlarda musiqa yaratish tajribasini o‘zida mujassam etgan — bu esa albatta, ularning badiiy fazilatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Hazil operaga xos bo‘lgan yengil kundalik qochirimlardan tashqari, ularda falsafiy istehzo va tasvirlarning nozik individuallashuvi bor edi.

    Umuman olganda, Salyeri instrumental musiqada Gaydn va Motsart bilan taqqoslaganda biror yangilik yaratishga urinmadi. U o‘ziga yoqqan yo‘nalishda ijod qildi. Shu bilan birga, uning yoshligidagi turli musiqiy asboblar jo‘rligidagi instrumental konsertlari ohangdor jozibasi bilan ajralib turardi. Salyeri o‘z davri uchun odatiy bo‘lgan solitslardan (fortepiano, organ-pozitiv) farqli o‘laroq, turli tembrli ansambllardan (skripka va violenchel; fleyta va goboy) foydalandi.

    Foto: Videodan kadr

    Salyerining muqaddas musiqasi alohida e’tiborga loyiqdir. U butun umr bastakor ijodining muhim qismi bo‘lib qoldi va o‘zida turli janrlarni birlashtirdi.

    Umrining oxirgi yillarida Salyeri demensiyaga (keksalikdagi aqli zaiflik) chalinadi va 1824-yilda psixiatriya klinikasiga joylashtiriladi. Shundan keyin u Motsartni zaharlaganini tan olgani haqida mish-mishlar tarqaladi. Es-hushi joyiga kelib qolganida keksa maestro qabuliga tashrif buyurgan musiqachilardan, shu jumladan, Rossinidan shafqatsiz tuhmatni rad etishlarini iltimos qiladi. Tarix hali ham Antonio Salyeri — taniqli bastakor, musiqa fidoyisi va daholar ustozidan qarzdor.

    23.08.2024, 21:30   Izoh (0)   8387
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘aroyib Klementina: Uinston Cherchillning rafiqasi qanday qilib Angliyani, oilasi va bosh vazirni qutqargan edi?

    14.07.2024, 11:31

    “Atom bombasining cho‘qintirgan otasi” — SSSRdagi atom loyihasi rahbari Kurchatov taqdiri

    10.08.2024, 19:31

    Sirli razvedkachi. Dunyoni yadroviy urushdan qutqarib qolgan Feklisov taqdiri 

    17.08.2024, 18:04

    Germaniyada niqob kiygan holda mashina haydash taqiqlandi

    23.08.2024, 20:40

    Eron-Hindiston birligi: Hindiston va Markaziy Osiyo savdo yo‘li

    23.08.2024, 20:00

    Harris AQSH prezidenti sifatida Ukraina va NATOni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

    23.08.2024, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.