• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Pul Markaziy Osiyo

    Eron-Hindiston birligi: Hindiston va Markaziy Osiyo savdo yo‘li

    Erondagi Chobahor porti Pokistonning Karachi va Gvadar portlarini chetlab o‘tib, Hindistonga Markaziy Osiyoga chiqish uchun katta strategik imkoniyat yaratadi. Energiya ta’minotini ta’minlash, savdoni kengaytirish, yangi bozor resurslarini qo’lga kiritish va mineral boyliklar Hindistonning mintaqadagi asosiy iqtisodiy manfaatlari bo’lib qolmoqda.

    Foto: Press TV

    Logistik muammolarga qaramay, 2024-yil may oyida imzolangan o‘n yillik shartnoma asosida India Ports Global Limited (IGPL) boshchiligidagi Chobahor porti bu borada Hindiston uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu port muqobil savdo yo‘llarini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlarning, jumladan, Xalqaro Shimol-Janub transport yo‘lagi (INSTC) ning bir qismidir. 

    Xarita Shimoli-Janubiy koridorga kirish uchun Pokiston portlarini chetlab o‘tadigan yangi yo‘nalishni ko‘rsatmoqda

    Tomonlar logistikani yaxshilash maqsadida 2024-yil 1-avgust kuni 20 TEU konteynerdan iborat keramik konteyner poyezdini Bandar-Abbosdan O‘zbekistonning Chuqursoy stansiyasi yo‘nalishida Saraxsga muvaffaqiyatli yetkazdi.

    Hozirda Eron, Hindiston va Markaziy Osiyo mintaqada savdo hajmini oshirish uchun Chobahor porti yo’nalishidan ko‘proq foydalanish niyatida.

    2023-yildan boshlab Hindiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo tarmoqlarida o‘zgaruvchan, ammo sezilarli almashinuvlar yuz berdi.

    • Markaziy Osiyoga eksportda, xususan, farmatsevtika, elektrotexnika va mexanika sohalarida o‘sish kuzatildi. Jami eksport 2022-yilda eng yuqori cho‘qqiga chiqdi, bu esa iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
    • Hindiston importini esa mineral yoqilg‘i, o‘g‘it va noorganik kimyoviy moddalar tashkil qiladi. Yildan-yilga ba’zi sezilarli pasayishlar bo‘lgan bo‘lsa-da, 2023-yil import miqdorida sezilarli o‘sish qayd etildi.

    Ushbu dinamik savdo aloqalari Hindiston va Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasidagi strategik iqtisodiy hamkorlikni, o‘zaro savdo o‘sishi va uni diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini beradi. O’zgaruvchan savdo uzoq muddatli iqtisodiy aloqalar va o‘zaro manfaatlarni mustahkamlash maqsadida hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi. Chunki Hindiston Markaziy Osiyo bozori bilan bog‘lanish uchun ushbu yo‘nalishlarga muhtoj.

    Chobahor porti: Afg‘oniston va Markaziy Osiyo savdo bozorlari eshigi

    Hindiston ushbu portni rivojlantirish bo‘yicha hamkorliklarni kengaytirishga intilmoqda. Bu esa Hindiston avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari vaziri Nitin Gadkarining Eronning yangi saylangan prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etishi bilan namoyon bo‘ldi. Tomonlar Chobahor porti o‘zaro va mintaqaviy savdoni mustahkamlash bilan birga, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqa va jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydi deya ta’kidladi.

    Kelajakda ham ushbu hamkorlikni va o‘zaro iqtisodiy o’sishning davom etishini intiqlik bilan kutamiz. Hindiston-Eron mamlakatlarining farovonligi va rivoji uchun boshqa sohalarda ham o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz, dedi Gadkari.

    IPGL Chobahor portida ish boshlaganidan beri 90 000 dan ortiq konteyner va 8,4 million tonna yuk o'z manziliga yuborilgan. Bu esa Markaziy Osiyo bilan savdo aloqalarini sezilarli darajada yaxshilagan. Chobahor porti INSTCda Hind okeani va Kaspiy dengizini bog‘lash orqali Hindiston, Eron, Rossiya va Yevropa o‘rtasida yuk tashish vaqti va narxini qisqartiradi.

    Iqtisodiy investitsiyalar va savdo salohiyati

    Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo aloqalari yirik o‘sish salohiyatiga ega. Hindistonning mintaqaga asosiy eksporti farmatsevtika, axborot texnologiyalari, avtomobil qismlar va uskunalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat.

    Shartnomaga muvofiq, IGPL Shahid Beheshti terminalini modernizatsiya qilish uchun 120 million dollar sarmoya kiritadi. Shu bilan birga, port infratuzilmasini yaxshilash uchun 250 million dollarlik kredit liniyasini ajratadi.

    Ushbu chora-tadbirlar Hindistonning Markaziy Osiyo bilan savdo aloqalarini mustahkamlash va Pokiston portlariga qaramlikni kamaytirish imkonini beradi.

    Hindistonning Ashxobod kelishuvi kabi mintaqaviy kelishuvlardagi ishtiroki o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytiradi. Bitim Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi o‘rtasida tranzit va yuk tashishni osonlashtirib, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Eron va Hindiston davlatlarini bir-biriga yaqinlashtiradi.

    Geosiyosiy va diplomatik dinamika

    Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi so‘nggi diplomatik voqealar savdo dinamikasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Pokistonning tranzit kelishuvi bo‘yicha muayyan tovarlarga nisbatan cheklovlari ikki davlat o‘rtasidagi tranzit savdosining 50 foizga qisqarishiga olib keldi.

    Afg‘on rasmiylari bu cheklovlar savdoni murakkablashtirib, ko‘plab savdogarlarni muqobil yo‘l izlashga undayotganini bildirdi.

    Lightbox Image

    Bu borada Eron qulay alternativa sifatida namoyon bo‘ldi. Eron vakili Hasan Kazemi Qomining ma’lum qilishicha, afg‘on investorlari Eronning Chabahor shahridagi tijorat, turar-joy va ma’muriy loyihalarga 35 million dollar mablag‘ kiritgan.

    Hindistonning AQSH, Isroil va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan aloqalari, shuningdek, Eronning Xitoy bilan yaqinlashuvi Chobahor loyihasi ustida murakkab siyosiy muhit yaratadi.

    AQSH Eronga qarshi sanksiyalarga qaramay, Afg‘onistonga gumanitar yuklarni yetkazib berish va Xitoyning mintaqadagi ta’siriga qarshi turishda Chobahor portini istisno deb topdi.

    Xitoyning Pokistondagi Gvadar portini Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining bir qismi sifatida rivojlantirish rejasi Hindiston uchun qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi. Bu geosiyosiy keskinlikka sabab bo’lib, Hindiston o’z manfaatlarini himoya qilish uchun diplomatik yondashuv qo’llashga majbur bo’ldi.

    Mintaqaviy hamkorlik va infratuzilmaviy loyihalar

    Afg‘oniston orqali transafg‘on temir yo‘li, Qozog‘iston, Turkmaniston va Afg‘oniston hamkorligi mevasi bo’lgan Turg‘undi, Hirot, Qandahor va Spin-Boldak shaharlarini bog‘lovchi yangi temir yo‘lni qurish bo‘yicha qo‘shimcha rejalar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun savdoni diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega.

    Ushbu loyiha muvaffaqiyati hali ham Afg'oniston va Pokiston chegarasidagi vaziyat, mamlakatlarning ushbu koridordan foydalanish strategiyalariga bog‘liq bo’lib qolmoqda.

    Lightbox Image

    2018-yilda O‘zbekiston tomonidan ilk bor taklif etilgan Transafg‘on temir yo‘li loyihasi Afg‘oniston temir yo‘l tarmog‘ini Mozori Sharifdan Kobulgacha, keyin esa Pokiston bilan chegaradosh Torxamgacha olib borishi ko’zda tutilgan.

    Temir yo‘l qurib bitkazilgandan keyin yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish sig’imiga ega bo‘lishi, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasida yuk tashish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi kutilmoqda.

    Loyiha xalqaro jabhada buyuk qiziqish uyg‘otdi. Hozirda esa texnik-iqtisodiy asoslash ishlari olib borilmoqda va ko‘plab mamlakatlar, jumladan Qatar va BAA bilan hamkorlik rejalari mavjud. Transafg‘on temir yo‘lining qurilishi 2028-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari loyiha yuklarni yetkazib berish muddatini 35 kundan 5 kunga qisqartirishi mumkinligini aytib o’tdi. Pokiston orqali Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan temir yo‘l yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda.

    Ammo Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi beqaror vaziyat tufayli ushbu savdo yo’nalishi rivojida to’siqlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda savdoni Eron portlariga yo‘naltirish muqobil yechim deb qaralmoqda.

    Shu sababdan Qozog‘iston va Turkmaniston ham Afg‘oniston orqali boshqa transport yo‘nalishini ishlab chiqmoqda. Tomonlar Turg‘undi (Turkmaniston) – Hirot – Qandahor – Spin Boldak (Afg‘oniston) shaharlarini bog‘lovchi yangi yo‘nalish yaratish masalasini muhokama qilmoqda. Ushbu temir yo‘l Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi savdo aylanmasini kengaytirishda katta rol o‘ynaydi. Turkmaniston-Afg‘oniston chegarasidan Hirot shahriga temir yo‘l qurish rejalashtirilgan bo’lib, Qozog‘iston mazkur qurilish uchun materiallar yetkazib berish niyatida.

    Shuningdek, hamkorlik doirasida Hirotda multimodal yuk tashishning muhim markazini, jumladan yillik sig’imi 1 million tonna neft terminaliga aylanuvchi quruqlik portini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Bu liniya Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning Karachi, Gvadar va Qosim dengiz portlariga chiqish uchun muqobil yo‘nalish bo‘lib, mavjud tranzit yo‘nalishlariga qaramlikni kamaytiradi.

    Marshrutning o‘zi yuklarni Qozog‘iston va Turkmaniston tomonidan ilgari surilgan turli manzillardan Eron portlariga yo‘naltirish imkoniyatini beradi.

    • Birinchidan, Erondan Mozori Sharifga, u yerga esa Hirot shahriga borish mumkin.
    • Ikkinchidan, “Turgundi – Hirot – Qandahor – Spin-Buldak” yo‘nalishi bo‘yicha Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi ayrim nizoli holatlarga yechim bo’lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, Afg‘oniston o‘z yuklarining bir qismini Farahga, u yerdan Zaranjga yo‘naltirsa, yuklar Hindiston va Fors mamlakatlari bilan savdo uchun Eron portlariga yetib boradi.
    Ushbu loyihalar muvaffaqiyati bir qancha omillarga, jumladan Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi barqaror xavfsiz vaziyat, jalb qilingan mamlakatlarning moliyalashtirish va texnik resurslarni ta‘minlash qobiliyati va ushbu yo‘laklardan foydalanish strategiyalariga bog‘liq.

    Chobahor portini rivojlantirishda duch kelinishi mumkin bo‘lgan muammolar

    Strategik ahamiyatiga qaramay, Chobahor loyihasi bir qator muammolarga duch kelmoqda. Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar, xalqaro to‘lovlar uchun SWIFT tizimiga kirish imkoni yo‘qligi moliyaviy operatsiyalarni cheklaydi, bu esa investitsiyalar jalb qilishni qiyinlashtiradi. Bu holat port imkoniyatlarini cheklaydi va rivojlanishni murakkablashtiradi.

    Bundan tashqari, siyosiy beqarorlik va sanktiyalar bilan bog‘liq xavf tufayli xususiy investorlar ham loyihaga katta mablag‘ ajrata olmaydi. Portni modernizatsiya qilish va kengaytirish jarayonining sekinlashishi esa katta moliyaviy xarajatlarni talab qiladi.

    Xulosa: Markaziy Osiyoga qaratilgan Eron-Hind yo‘li istiqboli

    Eron-Hindiston hamkorligi va Chobahor portini rivojlantirish Hindistonning Markaziy Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni taʼminlash strategiyasida tamal toshlari hisoblanadi. Ushbu tashabbus Hindistonning iqtisodiy manfaatlari, jumladan energiya ta’minotini ta’minlash, savdoni kengaytirish va yangi bozorlarga kirish uchun juda muhimdir.

    Murakkab geosiyosiy muhitga, xalqaro sanksiyalar va mintaqadagi muammolarga qaramay, Chobahor porti Hindiston uchun Pokiston hukmronlik qiladigan an’anaviy yo‘nalishlarni chetlab o‘tish imkonini beradi. Ushbu muammolarni hal qilishda tahliliy yondashuv Hindiston va Markaziy Osiyo savdo salohiyatini va strategik ambitsiyalarini to‘liq ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

    Muallif: Eldaniz Gusseinov

    23.08.2024, 20:00   Izoh (0)   6988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining bir qismiga aylanishi mumkinmi?

    08.05.2024, 19:38

    Chobahor porti: Hindistonning Markaziy Osiyoga kirish eshigiga nazar

    15.06.2024, 08:40

    Osiyoni “koridorlashtirish”: hamkorlik, raqobat va oqibatlar

    25.07.2024, 17:34

    Harris AQSH prezidenti sifatida Ukraina va NATOni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

    23.08.2024, 19:45

    Saudiya Arabistonining Madina shahrida kuchli suv toshqinlari sodir bo‘ldi (video)

    23.08.2024, 19:11

    Kongoda maymunchechak sababli maymun go‘shtini iste’mol qilish taqiqlandi

    23.08.2024, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10

    Magnit bo‘ronlarining Yerga ta’siri kuchayib bormoqda - tadqiqot

    Dunyo | 16 avgust, 08:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.