• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Afg‘oniston “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining bir qismiga aylanishi mumkinmi?

    Geosiyosiy kurash tobora avj olayotgan bir pallada Xitoy hali jahon hamjamiyati tomonidan tan olish masalasi so‘roq ostida turgan “Tolibon” bilan aloqalarni mustahkamlab, o‘z elchisini tayinladi. Bundan tashqari, 2023-yilning oktyabr oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasiga bag‘ishlangan sammitda “Tolibon” vakillarining ham ko‘rinish berishi bir qancha savollarni paydo qildi.

    Xo‘sh, Afg‘oniston Xitoyning yirik geoiqtisodiy loyihasida ishtirok eta oladimi? Afg‘onistonning ishtiroki mintaqadagi, xususan, O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan Afg‘oniston orqali o‘tuvchi transafg‘on temiryo‘l loyihasiga qanday taʼsir qiladi?

    “Daryo” ushbu mavzuda iqtisodiy tahlilchi Qobiljon Isayev va siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova bilan suhbatlashadi.

    – Afg‘oniston Xitoyning yirik loyihasida qatnasha oladimi va bunda Afg‘onistonda qanday imkoniyatlar mavjud?

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi:

    – Aslida, Afg‘oniston bir oyog‘i bilan Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” loyihasida turibdi. Boisi 2023-yilning may oyida “Tolibon” hukumati (O‘zbekiston tomonidan tan olinmagan – tahr.) Xitoyning eng yirik loyihalaridan biri – Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridorida ishtirok etishini maʼlum qilgan edi. Bu rasmiy Pekinning undovi asosida amalga oshirildi. Lekin geografik jihatdan Afg‘oniston Pokiston orqali Xitoyga chiqishdan qanchalik manfaatdor? Vaholanki, Afg‘onistonni Xitoy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydigan Vahan yo‘lagi mavjud. Bu yo‘lak bir vaqtning o‘zida to‘rtta mamlakatni bir-biri bilan bog‘laydi. Biroq bu murakkab relyef.

    Mening nazarimda, Afg‘oniston Pokiston orqali Xitoyga bog‘lanishdan ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoyga chiqish harakatini amalga oshirmoqda. Sababi Afg‘oniston muvaqqat hukumati Vahan yo‘lagini taʼmirlayotganini maʼlum qildi. Shuning uchun Afg‘oniston de-fakto Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” loyihasida ishtirokini boshlagan.

    Xitoyning Afg‘oniston orqali Eronga o‘tuvchi yo‘li

    Bu yerda Eronga eʼtibor qaratmaslikning iloji yo‘q. Chunki Eron transafg‘on kommunikatsiyalarida tashabbusni o‘z qo‘liga olayotgan o‘yinchi hisoblanadi. Shuningdek, Afg‘oniston va Eron savdo yo‘llarni bir-biriga bog‘lab berish jihatdan unikal joylashuvga ega. Masalan, Eron okeanga bemalol chiqishi mumkin. Xususan, Eron Xitoy bilan jadal aloqalarga ega. Shu boisdan bu yerda yo‘lning qisqa bo‘lishi juda muhim. Nazarimda, Xitoy Eronga emas, balki Eron Xitoyga chiqishga harakat qilmoqda.

    Eron 2008-yilda Xaf-Hirot temiryo‘l qurilishini boshlagan edi. Bu temiryo‘l to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Yaqinda xabar berildiki, temiryo‘l qurilishining to‘rtinchi bosqichi yakunlangan. Yaʼni Eron Afg‘onistonga chiqish uchun jadal suratlarda temiryo‘l qurmoqda. Lekin bu yerda boshqa muhim loyihalar ham mavjud. Masalan, “Tolibon” Hirot shahrini transport-logistika markaziga aylantirishni maʼlum qilmoqda. Bu yerda Eronning pozitsiyasi juda kuchli. Eron Xitoyga chiqish uchun Hirot orqali Qandahorga ulanishni maqsad qilgan. Bu O‘zbekistonning logistik imkoniyatlarini biroz pasaytiradi. Eron bilan birgalikda bu yerda Turkmaniston ham mavjud.

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Qobiljon Isayev, iqtisodiy tahlilchi:

    – Nargiza opa geosiyosiy nuqtayi nazardan juda to‘g‘ri tahlil qildilar. Chunki yirik o‘yinchilarning manfaatlari bu yerda guruhlarga birikmoqda. Masalan, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasini dastlab amalga oshirish uchun 900 milliard dollar kerak, deyildi. Vaqt o‘tib 5 trillion, deyildi. Hozir esa 15 trillion, deb iddao qilishmoqda. Bir necha yillar davomida Xitoyning Markaziy Osiyodan o‘tuvchi transport yo‘llari o‘zgarib bordi. Sababi Rossiya ilgari surayotgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga mintaqa mamlakatlari tortildi. Bu loyiha Xitoy va Eron bilan savdo shartnomasiga ega edi. Hozir bizning oldimizda 3 ta yirik o‘yinchi mavjud. Bular: Xitoy, Rossiya va AQSH. Amerika O‘zbekiston uchun eng qulay yo‘l bu — transafg‘on temiryo‘li, deb aytib keladi.

    Eron siyosati eng katta paradoks ichida yotadi. Yaʼni Eron siyosatining zohiri boshqa, lekin botini umuman boshqa. Masalan, Eronning 5 mingdan ortiq mahsulotlariga sanksiya joriy qilingan. Lekin Eron YIM yarim trillion dollarni tashkil qiladi. Bunday sanksiyalar bilan bir vaqtlar Yugoslaviyadek mamlakat parchalanib ketgan. Nargiza opa taʼkidlaganlaridek, bu yerda Eron Xitoyga intilmoqda va bu O‘zbekistonning Afg‘oniston orqali o‘tuvchi loyihalariga soya soladi. Lekin bu yerda asosiy gap — transport tarmoqlarini professional tarzda tashkil qila oladigan tizim bo‘lishida. Men “Tolibon”ni bunday professional tizim yarata oladi deb o‘ylamayman. O‘zbekiston esa buni azaldan orzu qiladi.

    Qobiljon Isayev, iqtisodiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi:

    – Xitoy oldindan Afg‘onistonga eng ko‘p investitsiya kiritib kelgan davlat hisoblanadi. Afg‘onistondagi tabiiy maʼdan konlari uchun bir necha yillar oldin o‘tkazilgan tenderlarda Xitoy kompaniyalari yutib chiqqan. Ular Afg‘onistonda barqarorlik bo‘lishini kutayotgan edi. 2007-yilda Xitoyning katta biznes korporatsiyasi Afg‘onistondagi aynak-mis konida ruda qazib olish uchun tenderda g‘olib chiqadi. Tenderning asosiy shartlaridan biri – transport infratuzilmasini yaratish bo‘ladi. Bu yerda gap Mozori Sharif–Kobul–Peshovar yo‘nalishidagi temiryo‘l haqida bormoqda. Yaʼni Xitoy bu temiryo‘lni qurishni o‘z zimmasiga olgan edi. Lekin ko‘plab loyihalarning barbod bo‘lishi va unutilishiga Afg‘onistondagi beqarorlik jiddiy taʼsir ko‘rsatdi. Misol uchun, 2021-yilning kuz oyida Afg‘onistonda transafg‘on temiryo‘lining qurilishi boshlanishi kerak edi.

    Transafg'on koridori
    Foto: “Daryo”

    “Tolibon”ning proaktiv siyosati meni juda hayratga solmoqda. Xuddi ortdan kimdir unga “dirijorlik” qilayotgandek tuyulmoqda. Chunki “Tolibon” kerakli nuqtalarda oqilona siyosat yuritmoqda. Afg‘oniston faqat O‘zbekistonga bog‘lanib qolmoqchi emas. Ular Turkmaniston, Qozog‘iston va Eron bilan transport-logistik munosabatlarni juda yaxshi yo‘lga qo‘ydi. Masalan, “Tolibon” Pokiston bilan munosabatlari keskin bo‘lsa-da, transport-logistika masalasida baribir hamkorlik qilmoqda. Chunki bu yerda boshqa o‘yinchilarning manfaatlari o‘rtada turibdi.

    Oxirgi vaqtlarda “transafg‘on temiryo‘li O‘zbekistonni Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan, Pokiston va Hindiston bilan bog‘laydi”, degan ritorik gaplarni ko‘p eshitmoqdamiz. Lekin mening nazarimda, Pokiston bosh qo‘shgan loyihalarga Hindiston aralashmaydi. Ya’ni Pokiston-Hindiston chegarasida yuklarni o‘tkazish juda murakkab. Ikki davlatning munosabatlari juda sovuq. Shuning uchun Hindiston Markaziy Osiyoga chiqish uchun Eron portlaridan foydalanmoqchi.

    Bugungi kunda transafg‘on kommunikatsiyasida katta va mahalliy o‘yinchilarning chigal to‘qnashuvi yuz bergan. Oxirgi vaqtlarda bu yerda Rossiya ancha jonlanib qoldi. Hatto Rossiya Afg‘onistondan o‘tadigan temiryo‘l loyihasiga investor sifatida qo‘shilmoqchi. Vaholanki, Rossiyaning Janubiy Osiyoga chiquvchi bir qancha yo‘laklari bor. Lekin 2023-yil 1-2–noyabr kunlari ShHTga a’zo davlatlarning transport vazirlari uchrashuvida Belarus–Rossiya–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston yangi koridorini yaratish masalasi ko‘tarildi. Yaqinda bu bo‘yicha Termiz shahrida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Ya’ni tobora shu narsa ayonlashmoqdaki, bu koridor yaqin orada ishga tushadi. Lekin nega birdaniga Rossiya bunga qizib qoldi?

    Hozir Rossiyaning gazi va nefti sanksiyalar ostida. Shuning uchun Rossiya o‘zining gazi va neftini Janubiy Osiyoga sotmoqchi. Chunki Janubiy Osiyo juda katta bozor. Unutmaslik kerakki, transafg‘on marshruti bo‘ylab nafaqat temir yo‘l qurish, balki gaz quvurlari va elektr uzatish tarmoqlarini tortish ham ko‘zda tutilgan.

    Agar Xitoy Vahan koridorini rivojlantirish uchun investitsiya kiritishni boshlasa, bundan Tojikiston juda katta manfaatdor. Vahan koridorining ochilishi faqat Afg‘onistondan Xitoyga yo‘l ochildi, degani emas. Bu yerda Tojikistondan Xitoy va Pokistonga ham yo‘l ochiladi. Va bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida kuchlar balansini o‘zgartiradi. Hozir O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston transafg‘on kommunikatsiyalari uchun jiddiy kurashga kirishgan.

    – Transafg‘on kommunikatsiyalarida mintaqa mamlakatlari bir-biriga raqobatchimi? Va bunda yirik o‘yinchilarning manfaati qayerda?

    Qobiljon Isayev, iqtisodiy tahlilchi:

    – Amerika Markaziy Osiyo mamlakatlarining endi yagona infrastrukturadan foydalanishini istamoqda. Hozir asta-sekin Jahon savdo tashkiloti ham transformatsiya bo‘lib bormoqda. Rossiya eski daʼvolarini qo‘ymayapti. Xitoy bo‘lsa davlatlarga yangi globalizm taklif qilmoqda. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarida Janubi-sharqiy Osiyoning rolini mustahkamlamoqchi. Eron esa doim o‘ziga bozor izlagan. Bu yerda milliy manfaatlar qayerda? Qachonki mintaqa davlatlari katta o‘yinchilar uchun professional autsorsingga aylansa!

    Bu mintaqada ko‘plab loyihalar shartnoma imzolanganidan keyin to‘xtab qolmoqda. Hatto loyihalar oxirgi bosqichga ham yetib bora olmayapti. Bu yerda gap siyosiy o‘yinchilarda. 2021-yilda biz Afg‘onistonda umuman boshqa voqealarni kutgan edik. Masalan, 2017-yilda Ashraf G‘ani Toshkentga kelgan edi. Shunda juda boshqacha bayonotlar berilgan. Lekin olti yilda ko‘p narsa o‘zgarib ketdi. Agar maqsadimiz tranzit bo‘ladigan bo‘lsa, siyosiy nigohni to‘g‘rilab olishimiz kerak.

    Belarus–Rossiya–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston koridori
    Foto: Sputnik

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi:

    – Aslida O‘zbekiston dastlab Afg‘oniston orqali Eronga chiqmoqchi edik. Lekin birdan rasmiy Toshkent o‘z nigohini Pokistonga qaratishni boshladi. Bu yerda Xitoyning taʼsiri sezilmoqda. Agar O‘zbekiston Pokistonga chiqsa, o‘z-o‘zidan O‘zbekiston Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridoriga integratsiya qiladi. Chunki O‘zbekiston Pokistonning Gvadar va Karachi portlaridan foydalanmoqchi. Bu portlarga katta investitsiya kiritayotgan davlat bu — Xitoy.

    Eronda O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan Chobahor porti mavjud. Chobahor va Gvadar bir-biriga raqobatchi hisoblanadi. Faqat bittasining ortida Xitoy, ikkinchisining ortida esa Xitoyning eng katta raqobatchisi Hindiston turibdi. Bu yerda Hindistonni ham katta o‘yinchi sifatida manfaatlarini unutmasligimiz kerak.

    Suhbatning to‘liq shaklini “Daryo”ning YouTubeʼdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    08.05.2024, 19:38   Izoh (0)   4235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yirik davlatlar qiziqayotgan loyiha: Transafg‘on koridorining geosiyosiy o‘lchovlari 

    16.03.2024, 20:01

    Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi

    30.04.2024, 16:50

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rib chiqildi 

    06.05.2024, 21:58

    Hisor qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga qizil sug‘ur muhrlandi (video)

    08.05.2024, 18:50

    “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” — AQSH elchisi

    08.05.2024, 18:41

    O‘zbekistonliklar Koreyaga qurilish sohasiga ishga yuborilishi mumkin 

    08.05.2024, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.