Saudiya Arabistonining Madina shahrida kuchli suv toshqinlari sodir bo‘ldi, deya The Watchers xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, shaharda bor-yo‘g‘i bir kun ichida bir yillik yog‘ingarchilik kuzatilgan, bu esa kuchli suv toshqiniga sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda kuchli suv toshqinlari avtomobillarni botqoqlikka tortayotgani, odamlar esa omon qolish uchun mashinalarini tashlab ketgani aks etgan. Katta hajmdagi sel suvi bir qator transport vositalarini suv ostida qoldirgan.
Madina islom olamida Makkadan keyin ikkinchi eng muqaddas shahardir. Madina mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan. Madina cho‘l iqlimida joylashgan bo‘lib, yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik 60 dan 100 mm gachani tashkil etadi. Eng ko‘p yog‘ingarchilik qish oylarida, xususan, dekabr, yanvar va fevral oylarida kuzatiladi.
Izoh (0)