O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev o‘zining eng yaxshi xususiyatlari va qaysi ko‘nikmalar ustida ishlashi kerakligini aytdi.
“Menimcha, menda yaxshi texnika va tezlik bor. Lekin, hujumlarni yakunlash ustida ishlashim kerak”, deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Fayzullayev “SSKA” bilan to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. ammo gol ura olmadi.
Rossiya Premyer Ligasining (RPL) so‘nggi besh turida poytaxt jamoasi ikkita g‘alabani qo'lga kiritdi. “Pari NN” (3:1) va “Orenburg” (5:1) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan klub “Krasnodar” (1:2) va “Lokomotiv”ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, “Rostov” (0:0) bilan durang o‘ynadi.
“SSKA” hozirda yetti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
Jamoa keyingi uchrashuvni “Akron” jamoasiga qarshi, shanba kuni o‘tkazadi.
Izoh (0)