• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fatvo markazi Madinada pul evaziga xurmo ekish bo‘yicha munosabat bildirdi

    So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Madina shahrida xurmo ekib, savob oling” mazmunidagi pul evaziga ko‘chat ekishni va’da qilayotganlar videolari tarqalmoqda. Shuningdek, ushbu yerga daraxt ekishning ajri katta ekani, yillar davomida savobi yetib turishi haqida targ‘ibot qilinmoqda.

    Foto: rooziato.com

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mazkur masalani o‘rganib, o‘z munosabatini bildirdi. 

    “Darhaqiqat, ko‘chat ekish savobi ulug‘ amal. Alloh taolo insonga Yer yuzini obod qilishni buyurib: “U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo‘ydi”, deb xitob qiladi (Hud, 61).

    Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir musulmon daraxt yo ekin eksa-yu, undan qushmi, insonmi yoki hayvonmi yesa, albatta, shu sababli u uchun sadaqa bo‘lur”, deganlar” (Imom Buxoriy rivoyati).

    Mo‘tabar manbalarda: “Inson namoz o‘qib, ro‘za tutib, sadaqa qilib, savobini tirik yoki mayyitga bag‘ishlasa bo‘ladi va savobi ularga yetib boradi...”, deb bayon qilingan. Ushbu oyati karima, hadisi sharif va shar’iy masalalardan ma’lum bo‘ladiki, vafot etganlarga atab bog‘ qilish orqali savobini bag‘ishlash va ko‘chat ekish ajru mukofotli amallardandir. 

    Shubhasiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbatimiz cheksiz, Ul zotning shaharlariga sevgimiz hadsiz, tuproqlari ko‘zimizga to‘tiyo. Biroq, hozirgi kunda ayrim hamyurtlarimizning bir necha ming kilometr masofadan turib, Madina shahrida xurmo ekishga buyurtma berishi, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyishi va bu holatni ommalashtirishi dinga ham, mantiqqa ham, sunnatga ham to‘g‘ri kelmaydi.

    Masalani diniy jihatdan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, oyatu hadislarda xayru ehsonni yaqinlardan boshlashga ko‘p ko‘rsatma kelganiga guvoh bo‘lamiz. Qur’oni karimda: “...Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo‘shnilarga, yon qo‘shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko‘chada qolganlarga va qo‘lingizda mulk bo‘lganlarga yaxshilik qilinglar...” (Niso, 36), deb ko‘rsatma berilgan.

    Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir sahobaga: “(Yaxshilikni) o‘zingdan boshla va (avvalo o‘zinga) sadaqa qil, agar undan biror narsa ortib qolgan bo‘lsa, ahlingga (ber). Agar ahlingdan biror narsa ortib qolgan bo‘lsa, qarindoshlaringga ber. Agar qarindoshlaringdan biror narsa ortib qolsa, mana bu va mana bularga ber", dedilar (Imom Muslim rivoyati). 

    Demakki, ko‘chat ekishdek xayrli ishlarni avvalo hovli-joylarimiz, ko‘cha-kuylarimiz, mahallayu guzarlarimizda amalga oshirishga juda ham katta ehtiyoj bor. Chunki, ayrim vaqtlarda ro‘y berayotgan chang-to‘zonlar, qum va chang bo‘ronlari va iqlim o‘zgarishi kabi holatlar bevosita daraxtzor va ko‘chatzorlarning yetishmasligidandir.

    Yanada himmatli hamyurtlarimiz bo‘lsa, Orol dengizi atrofida saksovul, qandim, cherkes, qorabaroq kabi cho‘l o‘simliklari ekib, o‘rmonzorlar barpo qilish orqali mamlakatimizdagi ekologik holatni yaxshilash, zararli tuz va changlar ko‘tarilishining oldini olishga ko‘maklashishlari juda ham zarurdir”, deyiladi bayonotda. 

    Shuningdek, keltirilgan oyat-u hadislarga binoan fuqarolar avvalo o‘zlari yashab turgan uy-joyni obod qilish, yon-atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekish eng savobli amal ekani ta’kidlangan.

    21.08.2024, 09:10   Izoh (0)   18644
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hammaga ko‘z-ko‘z qilish joiz emas” — Fatvo markazi ota-onasining oyog‘ini yuvib, uning suvini ichayotganlar haqida

    16.08.2023, 15:32

    “Uni taomga qo‘shib tanovul qilish dinda durust emas” — Fatvo markazi oltin va kumush qo‘shilayotgan taomlar haqida

    18.09.2023, 11:23

    Sharʼan joiz emas: bitkoin, notkoin va boshqa shu kabi kriptavalyutalar savdosi bo‘yicha fatvo berildi

    03.06.2024, 16:56

    Fatvo markazi uzr so‘radi: “Kriptovalyutalar haqidagi fatvo ehtiyotsizlik sabab tarqalib ketgan” 

    03.06.2024, 22:53

    Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolani urib, haqoratladi 

    21.08.2024, 08:20

    Samarqandda besh kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, pul olgan fuqaro ushlandi 

    21.08.2024, 08:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya prezidenti Trampga internetda kamroq vaqt o‘tkazishni maslahat berdi

    Dunyo | 26 iyun, 21:30

    Shaxmatchi Garri Kasparov davlat to‘ntarishini tayyorlashda ishtirok etganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 26 iyun, 21:20

    Dala yong‘inlari oqibatida yo‘q bo‘lgan maydonlar hajmi qancha gektarga yetgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 21:10

    Ruminiyaning sobiq prezidentida o‘pka saratoni aniqlandi

    Dunyo | 26 iyun, 21:00

    Nega biz kinodagi yovuz qahramonlarni yoqtirib qolamiz?

    Layfstayl | 26 iyun, 20:50

    Toshkentda 2 tonnadan ortiq narkotik modda yoqib yuborildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 20:42

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    Dunyo | 26 iyun, 20:31

    Fransiyada kuchli momaqaldiroq va bo‘ron oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 26 iyun, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.