• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Hayotda hech qachon hech kimning o‘yinchog‘i bo‘lmagan fransuz aktyori — Pyer Rishar 90 yoshda

    2024-yilning 16-avgust kuni buyuk fransuz aktyori Pyer Rishar 90 yoshini nishonladi. Mashhur aktyor o‘zbek tomoshabinlariga “Omadsizlar”, “Qora poyabzal kiygan mallasoch”, “O‘yinchoq”, “Otalar”, “Qochoqlar” kabi filmlar orqali yaxshi tanish.

    Asli badavlat odam bo‘lgan, chinakam qasrda o‘sib-ulg‘aygan Pyer Rishar qanday qilib shu qadar sevimli bo‘lib qolganini tushuntirib berish qiyin. U kelishgan ham, zamonaviy ham emasdi, aksincha doim bema’ni va kulgili ko‘rinardi. Hajviy qobiliyati tufayli maktab paytidayoq tanilgan. Otasi oilasini tashlab ketgach, uning tarbiyasi bilan ota tomondan bo‘lgan qattiqqo‘l bobosi shug‘ullanadi. Ona tomondan bo‘lgan bobosi esa dengizchi va bezori bo‘lgan, agar nabirasi kutilmagan ishlar qilsa, doimo xursand bo‘lardi — ularning ikkalasi ham baliq ovlashni yaxshi ko‘rardi.

    O‘zbek tomoshabinlarining sevimlisiga aylangan “O‘yinchoq” filmi Fransiyada unchalik muvaffaqiyat qozonmaydi, film prokati ham o‘rtacha bo‘ladi. Balki, ularga bolaning katta yoshdagi erkakni sotib olishi va uni o‘zining jonli o‘yinchog‘iga aylantirishi haqidagi film haddan tashqari jiddiy tuyulgandir. 

    Kichkinagina odamning katta firma va katta pul oldidagi ojizligini his qilish tuyg‘usi juda yaxshi tasvirlangan. Lekin Rishar “O‘yinchoq”da zo‘r o‘ynagan bo‘lsa-da, o‘zi hech qachon hech kimning qo‘g‘irchog‘i bo‘lmagan va rolini yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q odam kabi dadillik bilan ijro etgan.

    Sabr-toqat, qiyinchiliklar qarshisida tabassum, yutib chiqishga bo‘lgan umid... Bularning hammasi uning g‘alabasiga yordam beradi. Masalan, u ajoyib raqqos edi. Uni hatto Moris Bejar truppasiga taklif qilishadi. Lekin o‘sha paytda aktyorga Parij barlarida komik sifatida chiqish qilish ko‘proq ma’qul tushgandi. Shuning uchun ham u truppaning taklifini rad etadi.

    Uning qahramonlarini unutib bo‘lmasdi. Qizig‘i shundaki, “Qora poyabzal kiygan mallasoch” komediyasining finalida Rishar qahramoni aeroportda halok bo‘lishi kerak edi. Lekin omadsizlik timsoli bo‘lgan, devorda Rahmaninovning portreti, javonda rus matryoshkalari turgan kvartirada yashovchi Fransua Pyer ren hatto ssenariychilarni ham yengishga muvaffaq bo‘ladi: uni o‘ldirishmaydi, uning uchun film davomini suratga olishadi. 

    Albatta, Jerar Depardye bilan ijro etgan rollarini eslamaslikning iloji yo‘q. Darvoqe, ular partnyor bo‘lmasligi ham mumkin edi. Dastlab “Omadsizlar”da Lino Venturaning ishtiroki nazarda tutilgandi. U uzoq vaqt o‘ziga sherik qidirib, nihoyat Risharda to‘xtaydi.

    To‘satdan Ventura gonorarni shunaqangi oshirib yuboradiki, Frensis Veber shosha-pisha uning o‘rniga boshqa aktyor qidira boshlaydi va Depardyeni taklif qiladi. Gaplashib olish uchun uni Rishar bilan birga kechki ovqatga chaqiradi. Rishar chala-chulpa ovqat yer, non uvoqlari har tomonga uchib ketardi, Depardye hayratda edi, Veberga esa bu kulgili manzara allaqachon yoqib qolgandi.

    Hayotda Rishar haqiqiy gurman, muvaffaqiyatli vino ishlab chiqaruvchi, ikki o‘g‘il — Olivye va Kristofning otasi. U o‘zidan 30 yosh kichik va tanishishganida hatto fransuz tilini ham bilmaydigan go‘zal braziliyalik ayolga uylangan. Aktyor kitoblar ham yozadi — ilk kitobi “Xaltasi yo‘q kenguru” deb nomlangan. U ilgari Sena sohilidagi barja (shatakka olib yuriladigan yuk kemasi)da yashardi, u yerda o‘ziga uch xonali uy qurib olgandi, keyinchalik esa Parijga ko‘chib o‘tadi. Hozirda Rishar to‘rt nabiraning sevimli bobosi.

    20.08.2024, 18:51   Izoh (0)   10406
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur filmlarda syujet qanday tugashini oldindan ko‘rsatib bergan yashirin ishoralar 

    17.08.2024, 16:37

    Dunyodagi eng qimmat 5 ta avtomobil. Ulardan biri yagona nusxada mavjud

    20.08.2024, 11:55

    Birinchi daqiqadayoq hayratga soladigan milliarderlar hayoti haqidagi eng yaxshi filmlar 

    20.08.2024, 14:50

    Gollivudning eng boy aktyorlari beshtaligi: ular bu darajaga qanday erishdi? 

    20.08.2024, 17:30

    Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q: qisqa vaqt ichida hayratlanarli darajada vazn tashlagan mashhurlar (foto) 

    20.08.2024, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda qamoqdan ozod qilinganlarga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 18:27

    Beyonse zinadan yiqilgan, Ledi Gaga mikrofoni ishlamay qolgan: jahonga mashhur yulduzlar noqulay vaziyatlardan qanday chiqib ketgan?

    Layfstayl | 17 iyul, 18:25

    Ponomaryov: “Fayzullayevni arzon murabbo deb atash mumkin, lekin ‘chaqqon supurgi’ ta’rifi ko‘proq to‘g‘ri keladi. Turkiya chempionatini ko‘tara olmaydi”

    Sport | 17 iyul, 18:19

    Qoraqalpog‘istonda talabalarni yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 18:15

    Turk yulduzlarining rolga kirishib ketishiga yordam beradigan 5 ta siri

    Layfstayl | 17 iyul, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.