“Uddalab bo‘lmas topshiriq” va “Top Gan” jangovar filmlari tufayli mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor va prodyuser Tom Kruz Londondagi eng qimmatbaho va yangi ko‘p qavatli uylarda joylashgan kvartirani 223 million dollarga xarid qildi.
Tom Kruzning One Hyde Park’dagi hashamatli kvartirasi butun bir qavatni egallaydi. Turar joy majmuasining o‘zi yuqori darajadagi xavfsizlik va zamonaviyligi bilan mashhurdir. Bino Londonning eng boy hududlaridan biri (Knightsbridge)da qurilgan bo‘lib, Bukingem saroyi yaqinida joylashgan.
“Londonda yaqinda qurib bitkazilgan ushbu yangi turar joy majmuasida kim, qancha vaqt va nima uchun yashashi sir tutiladi va uy egalarining ismini oshkor qilishga hech kimga ruxsat berilmaydi”, deyiladi manbada.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘p qavatli binoda dunyoning eng badavlat insonlari: qurol sotuvi bilan shug‘ullanadigan maxfiy insonlardan tortib dunyodagi eng kuchli neft baronlarigacha yashaydi. Kruzning ushbu binodan kvartira sotib olishiga uning maxfiylikni sevishi sabab bo‘ldi.
Hyde Park dunyodagi eng qimmat turar joylardan biri bo‘lib, London shahrining qoq markazida joylashgan. Uning 1 kvadrat metr hududi 100 000 AQSH dollaridan boshlanadi. Xonadonlar bu narx evaziga all inclusive darajasida xizmat ko‘rsatishni taklif qiladi.
Izoh (0)