• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Barchaga bir xil soliq sochib, ozg‘inni o‘ldirib qo‘ydik”: Abdulla Abduqodirov va Muxtor Umarov bilan tadbirkorlik haqida

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biroq sohada ayrim kamchilik va muammolar yetarlicha. “Daryo” ushbu muammo va kamchiliklar to‘g‘risida Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov va Iqtisodiyot assambleyasi raisi Muxtor Umarov bilan suhbatlashdi.

     — Bugun O‘zbekistonda biznes muhit qanday deb hisoblaysizlar?

    Abdulla Abduqodirov, Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Biznes muhitga e’tibor katta. Chunki mamlakatni rivojlantirib, dunyoga tanitadigan narsa bu – biznes va tadbirkorlik. Bu yaxshimi yoki yomon, degan savol tug‘iladi. Boisi davlat tomonidan qaysi sohaga e’tibor qaratilsa, bu soha yo byurokratiyaga botib ketadi yoki asosiy fokus bir joyga qaratilmasdan turli joylarga tarqalib ketib qoladi. Shuning uchun davlat tomonidan e’tibor qaratilmoqda degani qaysidir ma’noda yaxshi, qaysidir ma’noda yomon.

    Biz biznes muhitiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ajratib olishimiz kerak. Biznes muhitga ta’sir ko‘rsatadigan 3 ta asosiy omil bor. Birinchisi – fiskal (soliqlar va byudjet siyosati) omil. Ikkinchisi – monitar (Markaziy bank tomonidan belgilab beriladigan qonuniyatlar) omil. Uchinchisi – savdo-sotiq regulyatsiyasi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan omillarni ichiga kirib ko‘rsak, har birida o‘ziga yarasha kamchilik mavjud.

    O‘zbekistonda har yili taxminan yarim million mehnatga yaroqli aholi mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularga ish topish masalasi bor. Bugungi kunda mehnatga yaroqli aholi soni – 20,5 millioni tashkil qilmoqda. Bu juda ham katta ko‘rsatkich. 20,5 million aholidan atigi 6 millioni daromad solig‘ini to‘laydi. Ya’ni ular rasmiy sektorda faoliyat olib boradi. 3,5-4 million kishi esa o‘z-o‘zini band qilgan. 3 million kishi bo‘lsa xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Lekin qolgan 7 million aholi qayerda mehnat faoliyatini olib bormoqda? 7 million kishi yashirin iqtisodiyotda ishlamoqda. Ya’ni rasmiy ravishda ish faoliyatini olib borayotgan insonlar bilan yashirin iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan insonlarni soni teng barobar. Bu ko‘rsatkich bilan biz mamlakatda biznes muhit yaxshi deya olamizmi? Albatta yo‘q!

    — Nima uchun bunday bo‘lmoqda?

    — Buning sabablari bir nechta. Birinchidan, 2019-yilda yangi soliq kodeksini qabul qildik. Bu kodeksning falsafasi – “barcha baravar soliq to‘lashi kerak”. Ya’ni jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham 12 foiz soliq to‘laydi. Lekin bugun ko‘rinmoqdaki, bu noto‘g‘ri. Shaxsiy fikrim shundan iboratki, biz bugun daromad solig‘ining differensial metodiga o‘tishimiz kerak. Keyin turli soliq imtiyozlarini qaytadan ko‘rib chiqishimiz zarur. Ayrim soliq imtiyozlarini butunlay to‘xtatishimiz kerak. Chunki 2022-yil hisobi bo‘yicha tahlil qilganimda bir dona qo‘shilgan qiymat solig‘iga bo‘lgan imtiyozlar tufayli 84 foizi yig‘ilmaydi. Ya’ni 84 foiz soliq to‘lovchilar turli ishlab chiqargan mahsuloti va qilgan ishi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan.

    Foto: “Daryo”
    Abdulla Abduqodirov, Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

    Bundan tashqari, import qilinuvchi aksariyat oziq-ovqat mahsulotlari ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan. Ya’ni qandaydir imtiyozlar borki, ular vaqtincha deb doim davomiyligi cho‘zib boriladi. Shunday imtiyozlar borki, amaldagi soliq kodeksida belgilangan. Ammo ularni ham, bularni ham qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi, ya’ni fiskal sohada qiladigan ishlarimiz ko‘p.

    Muxtor Umarov, iqtisodiyot assambleyasi raisi:

    — Tadbirkorlik soliq yukining haddan ortiq og‘irligi tufayli juda katta zarar ko‘rmoqda. Ko‘p korxonalar yopilmoqda. Bundan tashqari, savdoning yo‘qligi ham tadbirkorlarni ancha qiynab qo‘ydi. O‘zbekiston chet eldan ko‘p qarz jalb qilib, uni iqtisodga yo‘naltirish ortidan iqtisodiyotga stimul (turtki – tahr.) berdi. Lekin shu jarayon to‘xtaganidan keyin bozorda pul kamayib ketdi. Buning eng yomon tomoni, hozir tadbirkor o‘zining sarmoyasini yeb kun ko‘rmoqda. Biz esa soliq yuklari orqali tadbirkorning sarmoyasini tortib olmoqdamiz. Tadbirkorning ish quroli – sarmoya. Agar biz tadbirkorning dastmoyasini tortib olsak, u ertaga tadbirkor bo‘lmay qoladi.

    Foto: “Daryo”
    Muxtor Umarov, iqtisodiyot assambleyasi raisi

    Bundan tashqari, elektr energiya narxining oshgani ham tadbirkorlikka katta zarba bo‘ldi. Yaqinda bir tadbirkor bilan uchrashib qoldim. U oldin bir oyda elektr energiya uchun yiliga 80 million so‘m to‘laganini, hozir esa 400 million so‘m to‘layotganini aytdi. Ya’ni soliq yuki, elektr energiya narxining oshishi, ishchi kuchining qimmatlashishi, savdoning yo‘qligi va eng yomoni import mahsulotlarining oqib kelishi o‘zimizdagi ishlab chiqarishni o‘ldirdi. Odamlar import qilingan mahsulotni ko‘proq sotib oladi. Chunki o‘zimizdagi mahalliy mahsulotlarning narxi ancha qimmat.

    Hozir jahonda iqtisodiy urushlar davri ketmoqda. Bu vaqtda bizni hamkor davlatlarda arzon narxdagi mahsulotlar bizga oqib kirib kelmoqda. Bizda bunga qarshi qandaydir immunitet yoki to‘siq yo‘q. O‘zimizda ishlab chiqarish uchun moddiy manfaat bo‘lmay qoldi. Oqibatda tadbirkorlar o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni chet eldan eksport qilib qo‘ymoqda. Ya’ni ishlab chiqarishdan, oldi-sotdiga o‘tib ketmoqda. Buning eng xavfli tomoni oziq-ovqat sohasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Sababi hozir hamkor mamlakatlarimizda iqtisodiy urushlar tufayli narxlar 10 barobarga tushib ketgan. Chet el mahsulotining bizga oqib kirishi natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda. Ya’ni bizning jamiyat ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga aylanmoqda. Biz oziq-ovqat mahsulotlarini to‘liq import qilishni boshlaganimizdan keyin, vaqti-soati kelib bizga mahsulot sotayotgan davlat eksportni to‘xtatib qo‘ysa, nima qilamiz? Masalan, Rossiya 3 oyga shakar eksportini to‘xtatdi. O‘sha vaqtda biz Rossiyadan shakar olayotgan edik.

     Abdulla Abduqodirov, Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Bizning tadbirkorlar raqobatbardosh bo‘lmay turib, eshiklarni ochib yubordik. Bunga qarshi almashuv kursini ko‘tarish bilan to‘siq qo‘yishimiz mumkin edi. Lekin bunday qilmadik. 2023-yilning oxirida 21 mahsulot turidan import bojlarini va qo‘shimcha qiymat solig‘ini olib tashladik. Tabiiyki, bunday sharoitda mahalliy ishlab chiqaruvchilar import mahsulotlari bilan raqobat bardosh bo‘la olmaydi.

    Hozir mahalliy tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash deb gapirsak, ko‘pchilikning ensasi qotadi. Ular bu gaplarni eshitib, monopolistlarga yordam berishni nazarda tutadi. Lekin bu yerda monopolistlarni qo‘llash haqida hech kim gapirayotgani yo‘q. Qaytganga, ularni raqobatga qo‘yib berish kerak.

    Lekin ko‘p mamlakatlar oziq-ovqat sohasida mahalliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlaydi. Bizda esa qaysi sohalarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, degan savolga javob yo‘q. Savolga javob bo‘lmagani uchun kimdir qaysidir yo‘nalishda shov-shuv ko‘tarsa, o‘shani o‘chiramiz. Xuddi o‘t o‘chiruvchiga o‘xshaymiz. Lekin yong‘inni o‘chirganimizdan keyin undan 10 barobar ko‘p muammo tug‘dirayotganidan xabarimiz yo‘q.

    Muxtor Umarov, iqtisodiyot assambleyasi raisi:

    — Ko‘zimizning oldida qanchadan qancha tadbirkor faoliyatini to‘xtatmoqda. Kim ertaga davlatga soliq to‘laydi, kim insonlarni ish bilan ta’minlaydi? Aynan oziq-ovqat sohasiga millionlab sarmoya kiritilgan. Hozir yuzlab korxonalardan ishchilarni ommaviy ishdan bo‘shatishmoqda. O‘zbekistondagi tadbirkorlar o‘z uskunalari bilan qulay bo‘lgan mamlakatga chiqib ketish haqida o‘ylamoqda. Ya’ni mahalliy investitsiya chiqib ketmoqda.

    Inqiroz yoqasiga kelib qolgan tadbirkorlarga hukumat mol-mulk solig‘idan bir muddat ozod qilib qo‘llashi mumkin. Lekin biz bunday qo‘llovni ko‘rmayapmiz. Qaytaga tadbirkor daromad qilmasa ham soliq to‘lashi shart qilib belgilaganmiz. Biz bu bilan tadbirkorlarning safini qisqartirib tashlayapmiz. Shuning uchun bizga o‘zgarmas strategiya kerak.

    O‘zbekistonda 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 709 594 ta umumiy tadbirkor mavjud. Bundan 455 mingtasi faol, 390 mingtasi kichik tadbirkor. Lekin soliq to‘layotgan korxonalar 65 mingtani tashkil qiladi. Bularning 21 foizi Toshkent shahrida joylashgan. Tadbirkorlarimizning 32 foizdan oshig‘i faqat savdo bilan shug‘ullanmoqda. Bor-yo‘g‘i, 13,7 foiz tadbirkor sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

    2023-yil holatiga ko‘ra, qo‘shni Qozog‘istonda 2 million 65 mingta tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan — O‘zbekistondan uch barobar ko‘p. Qozog‘istonning aholisi bizdan ko‘ra kamroq. Demak, biz qayerdadir xato qilmoqdamiz.

    — Strategiya “O‘zbekiston-2030”da eksport hajmini 45 milliardga, yalpi ichki mahsulotni 160 milliardga, turistlar sonini 15 millionga, investitsiyalar hajmini 250 milliardga olib chiqish belgilangan. Bu qay darajada reallikka yaqin? Buni bajarish mumkinmi?

    Abdulla Abduqodirov, Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Bugun 2024-yilning o‘rtasiga kelib O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 101 milliard dollarga chiqdi. 160 milliardga ham shunday qilib chiqishimiz mumkin. Ya’ni bu faqat raqamlar bo‘lgani uchun narx-navoni shishirib, qilishni iloji bor. Lekin mahsulotlarni fizik hajmi shunday turaveradi. Bunday raqamlarni maqsad qilib qo‘yishimiz qanchalik to‘g‘ri? Nazarimda, boshqacha maqsadlarni oldimizga qo‘yishimiz kerak edi, ya’ni inson uchun qadrli bo‘lgan narsalar haqida ko‘proq o‘ylashimiz zarur. Bunday raqamlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega.

    Muxtor Umarov, iqtisodiyot assambleyasi raisi:

    — Hukumat “O‘zbekiston-2030” strategiyasida qo‘yilgan maqsadlarga erishaman desa, xususiy sektor bilan kelishib olishi kerak. Chunki eksport, turistlar oqimi va yalpi ichki mahsulotni xususiy sektor yaratadi. Hozir biz buning aksini ko‘rmoqdamiz. Yo‘llarimiz ayro bo‘lib qolgan. Menimcha, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kichik va o‘rta biznes kesimida chet el kompaniyalarini O‘zbekistonga taklif qilish kerak. Masalan, IT Parkda chet el IT kompaniyalari uchun maxsus hududlar tashkil qilindi va imtiyozlar berildi. Natijada Qozog‘istondan, Qirg‘izistondan, Rossiya va Ukrainadan IT kompaniyalari o‘z rezidensiyasini O‘zbekistonga olib keldi. Nega biz boshqa sohalarga shunday kompleks tarzda yondasha olmayapmiz? Axir, jalb qilsak bo‘ladi-ku!

    Bir vaqtlar tadbirkorlik uchun maxsus hududlar tashkil qilingan edi. Lekin 2019-yilda soliq tizimi o‘zgarganidan keyin maxsus hududlarda ishlashdan hech qanday manfaat qolmadi. Misol uchun, Dubayda maxsus “free” (inglizcha – erkin) hududlar bor. Bu yerda tadbirkor mutlaqo soliqlardan ozod etilgan.

    — Nima uchun O‘zbekiston ham shunday maxsus hududlarni tashkil qila olmayapti?

    Abdulla Abduqodirov, Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Erkin sanoat hududlari to‘g‘risidagi qonun qayta ishlab chiqilmoqda. Bunda asosiy konsepsiya qanday bo‘ladi? Chet el tadbirkorlarini imtiyozlar berib, o‘zimizga chaqiramizmi yoki ma’lum sohalarni tanlab, o‘sha sohalarni rivojlanishiga sharoit yaratib beramizmi? Ya’ni kelishishimiz kerak. Hali o‘zimiz nimani xohlashimizni bilmaymiz.

    Suhbatni to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    Suhbatni jurnalist Sardor Ali olib bordi

    18.08.2024, 18:00   Izoh (0)   8110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ikkita avtokorxona xususiylashtiriladi

    18.08.2024, 16:55

    Qashqadaryo viloyat sudlari 80 yoshli ayolni sarson qilgan sud buyrug‘i bekor qilinganini ma’lum qildi 

    18.08.2024, 16:20

    “O‘zgidromet” kelasi hafta boshi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi

    18.08.2024, 14:55

    BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O'zbekistonga tashrif buyuradi

    18.08.2024, 14:20

    O‘zbekistonda rasmiy taksi haydovchilari qancha daromad olmoqda?

    18.08.2024, 13:15

    O‘zbekistonda maymunchechakka qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?

    18.08.2024, 11:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.