Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida yashin urishi oqibatida 60 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 15-avgust kuni Kichik Angi yaylovida sodir bo‘lgan. Yaylovda kuchli yog‘ingarchilik paytida yashinlardan biri qo‘y podasiga tegib, 60 bosh qoramolni nobud qilgan. Hodisa oqibatida cho‘pon jarohat olmagan. Yaylovga texnika yetib bora olmasligi tufayli veterinariya xizmati xodimlari mahalliy aholi bilan birga nobud bo‘lgan qo‘ylarni olib chiqish uchun yuborilgan.
Mahalliy hokimiyat va veterinariya xizmatiga maxsus komissiya tuzish, voqea joyiga borib, qoramollarni dafn etish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Izoh (0)