Shimoli-g‘arbiy hududlariga kirib kelgan salqin havo dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, 17-avgust, shanba kuni havo harorati asosan kunduz kunlari 31-36 daraja, yakshanba kuni esa 27-32 daraja atrofida bo‘ladi. Kechalari ham ancha salqinlashib, harorat 17-22 darajagacha pasayadi.
Shanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 19-21 darajagacha, kunduzi 27-29 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)