• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Afg'oniston

    “Biz ‘Tolibon’dan minnatdormiz”. Afg‘onistonning yangi hukumati qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

    “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganiga 3 yil bo‘ldi. O‘sha paytdagi vaziyat ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. AQSH mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqib ketgach, G‘arb bilan hamkorlik qilgan shaxslar qatag‘onga uchraydi degan hadik bor edi. Qo‘rquv natijasida odamlar samolyot shassisiga osilib bo‘lsa-da, mamlakatni tark etishga harakat qilgandi.  

    Mazkur voqealardan keyin oradan 3 yil o‘tdi. Shu davr mobaynida afg‘on jamiyatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Afg‘oniston hali ham mintaqa uchun xavf tug‘diradimi? Rivojlangan davlatlarning bu o‘lkada qanday manfaatlari bor? “Daryo” ana shu mavzuda siyosatshunos Abduvali Soyibnazarov bilan suhbatlashdi. 

    O‘tgan yillar mobaynida Afg‘oniston hukumati jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchidan, mamlakat ancha tinch, xavfsiz va barqaror. Ikkinchidan, iqtisodiy barqarorlik yuzaga kelmoqda. Bir vaqtlar sovetlar qurgan zavod-fabrikalar qayta tiklanib, mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bu milliy valyutaning barqarorlashuviga olib keldi. 

    Abduvali Soyibnazarov:

     — “Tolibon” korrupsiyani birmuncha jilovlashga muvaffaq bo‘ldi. Korrupsiya botqog‘iga botgan siyosatchilarmi, amaldorlarmi – kim bo‘lishidan qat’i nazar, panjara ortiga tashlanmoqda. Poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik, urug‘-aymoqchilikka qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Ammo ayrim G‘arb tashkilotlari buni Afg‘onistonda inson huquqlarining buzilishi, deb baholayapti”.

    Katta davlatlarning Afg‘onistondagi manfaatlari masalasiga keladigan bo‘lsak, misol uchun AQSHning maqsadi Markaziy Osiyoda o‘z ta’sir doirasini kuchaytirish. Afg‘oniston esa mintaqaning qoq markazida joylashgan, uning hududi orqali qulay tranzit yo‘laklar o‘tkazish mumkin. Shu sabab Qo‘shma Shtatlar rahbariyati Markaziy Osiyoga oid siyosiy yondashuvlarni ishlab chiqish chog‘ida masalaga bu yerdagi mamlakatlarning boshqa katta davlatlar, ya’ni Rossiya va Xitoy ta’siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik konsepsiyasidan yondashdi.

    Xitoy esa tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishga sarmoya kiritmoqda. Bu yerda juda katta mablag‘ haqida gap ketyapti – taxminan 2 trillion dollar. Ammo Xitoy doimgidek, sabrli siyosat olib bormoqda, ya’ni shoshmasdan, asta-sekinlik bilan kirib borish. Yodingizda bo‘lsa, “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida Pokistonga katta mablag‘ kiritgan edi, ammo guvohi bo‘layotganimizdek, bu yerda xitoylik ishchilarga tez-tez hujumlar sodir bo‘lmoqda. Xitoy man shu tajribadan kelib chiqib, Afg‘onistonda o‘z siyosatini olib boradi.   

    AQSH va G‘arb shu vaqtga qadar afg‘on xalqiga tegishli bo‘lgan 10 milliard dollar mablag‘ni qaytarishdan bosh tortyapti. Toshkentda iqtisodiyot va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan anjumanda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy qiziq gapni aytgan edi. Ya’ni, Afg‘onistonni ko‘karib turgan daraxtga qiyoslasak, uning tagiga suv quyilmasa, albatta qurib qoladi.

    Shuning uchun biz afg‘on xalqining farovonligini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirishga harakat qilyapmiz. Ammo G‘arbda saqlanayotgan mablag‘larsiz iqtisodiyotni ko‘tarishga qiynalyapmiz.  

    Agar Afg‘onistonda iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlik qaror topmasa, mamlakatda ishsizlik kuchayadi, oqibatda odamlar qo‘liga qurol oladi, mamlakat yana urush va o‘zaro qirg‘inbarotga qaytadi. Afsuski, Ukraina va Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar tufayli Afg‘onistonda yuz berishi mumkin bo‘lgan mana shunday noxush ssenariylar jahon hamjamiyatining e’tiboridan chetda qolmoqda. 

    Shu bilan birga Afg‘onistonda “Tolibon”ning hokimiyat tepasiga kelganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy paradlar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatda hukm surayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaramasdan, “Tolibon” qurolli kuchlar sonini muttasil oshirib bormoqda, AQSH mablag‘lari evaziga “jihod maktablari” qurilmoqda, degan gap-so‘zlar tez-tez yangrab turibdi. Xo‘sh, bu O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun qanchalik xavfli? Afg‘oniston biz uchun hamkordan xatarga aylanishi mumkinmi?

    Abduvali Soyibnazarov:

    — “Nazarimda, bunday gaplar provokatsiyadan boshqa narsa emas. “Tolibon” vakillari ular tarafidan O‘zbekistonga hech qanday xavf bo‘lmasligi yuzasidan kafolat bergan. O‘zbekiston avvalboshda “Tolibon” bilan o‘zaro manfaatli aloqalari rivojlantirish yo‘lidan bordi. Garchi dunyo mamlakatlari “Tolibon”ni tan olmayotgan bo‘lsa-da, afg‘on xalqi bizning azaliy qo‘shnimiz, bitta daryodan suv ichamiz, o‘rtada umumiy chegara bor. Shuning uchun yaxshi qo‘shnichilik aloqasi ikki tomon uchun ham eng maqbul yo‘l”.     

    Katta davlatlarning manfaatlari to‘qnashayotgan Afg‘oniston o‘zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini, mavqeyini saqlab qolishda O‘zbekistonga bemalol suyana oladi. Birinchidan, biz mustaqillikning ilk yillarida bunday “o‘yin”larni ko‘rdik, ikkinchidan, O‘zbekiston rahbariyati Afg‘onistonning turli xalqaro forumlarda ishtirok etib, jahon hamjamiyatining to‘laqonli a’zosiga aylanishi uchun sa’y-harakatlar olib bormoqda. 

     

    “Tolibon” harakati hokimiyatga kelganidan beri xavfsizlik ta’minlandi, o‘g‘rilar yo‘q. Ba’zi muammolar bor edi, lekin hozir ular ham yaxshi. Biz “Tolibon”dan minnatdormiz. Faqat ish bilan bog‘liq muammolar mavjud, lekin boshqa masalalar yaxshi”, deydi mahalliy fuqarolardan biri.

     

     

    “Xudoga shukur, biznes qilishga imkoniyat yaratilgan, urush yo‘q, qayerga sayohat qilsangiz ham, sizni hech kim bezovta qilmaydi. Kechasi soat o‘n ikkida ham istagan joyingizga borishingiz mumkin, hech kim e’tiroz bildirmaydi. Biz “Tolibon” hukumatidan mamnunmiz”, deydi mahalliy tadbirkor.
    16.08.2024, 22:13   Izoh (0)   15580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nega “Tolibon” Afg‘onistonda ISHID borligini inkor etadi? 

    29.07.2024, 20:20

    “Tolibon” Afg‘onistonning G‘arbdagi elchixonalarini tan olishdan bosh tortdi 

    30.07.2024, 20:50

    “Tolibon” Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarni qayta belgilamoqchi 

    07.08.2024, 17:45

    Markaziy Osiyo diasporalari hisobiga ISHID afg‘on bo‘limi yanada kuchaymoqda — BMT  

    12.08.2024, 19:35

    “Xitoyning ‘Bir makon, bir yo‘l’ loyihasi Markaziy Osiyo davlatlarining birlashishi uchun xizmat qilmaydi” — siyosatshunos

    13.08.2024, 14:10

    Afg‘oniston BMTning navbatdagi sessiyasida ishtirok eta olmaydi  

    13.08.2024, 20:40

    Turki al ash-Sheyx Naoya Inoue bilan ishlamoqchiligini ma’lum qildi 

    16.08.2024, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.