Futbol bo‘yicha “An-Nassr” va “At-Taavun” jamoalari ishtirok etgan Saudiya Arabistoni Superkubogining yarim final uchrashuvi 14-avgust kuni bo‘lib o‘tdi.
O‘yinda “An-Nassr” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Portugaliya terma jamoasi va “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa portugaliyalik futbolchi professional ketma-ket 23-o‘yinda gol urdi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik forvard 2002-yil Lissabonning “Sporting” jamoasida debyut qilgandan buyon har mavsumda gol urib kelmoqda.
39 yoshli Krishtianu Ronaldu “An-Nassr”ga o‘tishdan oldin “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” klublarida o‘ynagan. U besh karra “Oltin to‘p” sohibi. O‘tgan mavsumda forvard “An-Nassr” safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Finalda “An-Nassr” “Al-Ahli”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Al-Hilol” bilan kuch sinashadi.
Izoh (0)