Umar Kremlyov XOQ prezidenti lavozimiga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
“Men XOQ prezidenti bo‘lishga tayyormanmi? Bu borada hech qanday qiyinchiliklarni ko‘rmayapman. Men boksga adolatsizlik va korrupsiya mavjud bo‘lgan vaqtda uni yo‘q qilish uchun kirganman.
Xalqaro federatsiya har bir davlatning madaniyati va qadriyatlarini hurmat qilishini istardim. U o‘z qadriyatlarimas, sportchilar manfaati uchun ishlashi lozim.
Sport amaldorlari sportchilarni qo‘llab-quvvatlovchi xodimlardir. Bizning vazifamiz ularga sharoit yaratishdir.
Savolga keladigan bo‘lsak, buni vaqt ko‘rsatadi. Agar ular o‘z ishlarini uddalay olmayotganini ko‘rsak, bunga aralashishga to‘g‘ri keladi”, — deydi IBA rahbari Umar Kremlyov.
Izoh (0)