-81 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasi chempioni bo‘lgan norvegiyalik og‘ir atletikachi Solfrid Koanda o‘z mamlakatidagi og‘ir atletikachilarning daromadi kamligi haqida gapirib o‘tdi.
“Hozir o‘zimni ma’buda kabi his qilyapman, lekin yana elektrik bo‘lib ishlarman, bilmayman. Balki 2028-yilgi Olimpiadaga tayyorgarlikni moliyalashtirishim uchun oltin medalimni sotuvga qo‘yishga majbur bo‘larman. Ko‘ramiz”, — deydi sportchi.
25 yoshli Koanda dast ko‘tarish va siltab ko‘tarishda jami 275 kg natija qayd etib, Olimpiya rekordi bilan Parijdagi musobaqada g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni misrlik sportchi Sara Ahmad (268 kg) egalladi. Ekvador vakili Neysi Dahomes (267 kg) kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Parij Olimpiadasi 11-avgust kuni o‘z yakuniga yetdi. Olimpiadada 32 ta sport turi bo‘yicha 329 ta sovrinlar to‘plami o‘ynaldi.
Izoh (0)