AQSHning Arizona shtatida 6-avgust kuni tibbiy samolyot qulab tushishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Chinle aeroporti yaqinida yuz bergan. Ikki vintli kichik tibbiy samolyot qulab tushgach, yonib ketgan. Bortda halok bo‘lganlar mahalliy aholi vakillari emas, ularning o‘limini shifokorlar tasdiqlagan. Samolyot Nyu-Meksiko shtatining Albukerk shahridagi shifoxonadan bemorni olib ketish uchun ketayotgan bo‘lgan.

Uchoq CSI Aviation kompaniyasiga tegishli bo‘lib, aviahalokat sababi noma’lum. Avariyadan so‘ng tergov olib borilayotgani sababli aeroportga kirish yo‘li yopib qo‘yilgan. Milliy transport xavfsizligi kengashi bu Beechcraft 300 samolyoti bo‘lganini aytmoqda.
Tergovchilar voqea joyiga yetib borgach, hodisani hujjatlashtirish va samolyotni ko‘zdan kechirishga kirishadi. Keyin u qo‘riqlanadigan obyektga keyingi ekspertiza uchun olib ketiladi, dedi xavfsizligi kengashi vakili Sara Teylor Sulik.
7-aprel kuni Yaponiyada tibbiy vertolyot dengizga qulab tushgan edi, oqibatda bir bemor va yana ikki kishi halok bo‘lgan. Uchuvchi, mexanik va hamshirani qutqarishga muvaffaq bo‘lingan edi.
29-iyul kuni esa Germaniyada o‘quv harbiy vertolyoti halokatga uchragan. Keyinchalik ikki nafar Bundesver askari halok bo‘lgani, ularning jasadlari daryodan topilgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)