Opta Superkompyuteri 2024—2025-yilgi Angliya Premyer Ligasi chempionligini qo‘lga kiritadigan jamoani bashorat qildi.
Shuningdek, 10 000 ta mavsum simulyatsiyasidan so‘ng turnir jadvalidagi yuqori to‘rtlikni qaysi jamoalar egallashini bashorat qilgan.
Unga ko‘ra, “Manchester Siti”ga chempionligi uchun 82,2 foiz imkoniyat berilgan. Superkompyuter Pep Gvardiola shogirdlari qatorasiga beshinchi marta chempion bo‘lishi mumkinligiga ishora qilinmoqda.
“Arsenal” ketma-ket uchinchi yil ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Ularning “Siti”dan bosh sovrinni olib qo‘yish imkoniyati 12,2 foizga teng.
Arne Slot yangi bosh murabbiy bo‘ladigan “Liverpul” 5,1 foiz bilan Premyer Liga chempionligi uchun uchinchi nomzod hisoblanadi.
Shuningdek, “Chelsi”da yangi bosh murabbiy tayinlandi va jamoa chempionatni UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi beradigan o‘rinlarda tugatish imkoniyati 36 foizga baholanmoqda.
“Tottenxem” 17,5 foiz bilan kuchli to‘rtlikka kirishi kutilmoqda, bu “Manchester Yunayted”ning 18,9 foizlik ehtimolidan sal pastroq.
Izoh (0)