Transfermarkt tahliliy portali so‘nggi 10 yil ichida o‘yinchilarni sotish va xarid qilishdan maksimal foyda ko‘rgan jahon futbol klublari reytingini e’lon qildi.
Ushbu davr oralig‘ida transferlar bo‘yicha sayyoraning eng daromadli klubi, futbolchi bozorida 743 million yevro ishlab topgan “Benfika” bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Amsterdamning “Ayaks” klubi egalladi. Avstriyaning “Zalsburg” o‘n yil davomida o‘yinchilarni sotish va sotib olish natijalariga ko‘ra 463 million yevro ishlab oldi.
So‘nggi 10 yil ichida transfer bozorida eng ko‘p daromad ko‘rgan10 ta klublar quyidagilar:
- “Benfika” — 743 million yevro
- “Ayaks” — 483 million evro
- “Zalsburg” — 463 million evro
- “Lill” —380 million yevro
- “Sporting” - 369 million yevro
- “Portu” — 358 million yevro
- “Monako” — 288 million yevro
- “Braga” — 236 million evro
- “PSV” — 231 million yevro
- “Dinamo Zagreb” – 231 million yevro
Izoh (0)