Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 7-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Andijon” safarda “Qizilqum” mehmoni bo‘ldi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Andijonliklar tarkibida Shahram Samiyev, Farhodjon Sohibjonov va Abduvohid G‘ulomovlar gol muallifiga aylandi.
“Navbahor” esa “So‘g‘diyona”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa Jizzax klubi futbolchisi Zoran Petrovich gol urdi. 69-daqiqada Giorgi Nikabadze hisobni tenglashtirdi. Asosiy bo‘limlarda durang qayd etilgach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.
104-daqiqada namanganliklar a’zosi Yovan Jokich darvozani ishg‘ol qildi. 109-daqiqada Lyupcho Doriyev hisobni tenglashtirdi. 113-daqiqada esa Filip Ivanovich “Navbahor”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa “Navbahor” va “Andijon” yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qayd etib o‘tish kerak, andijonliklar o‘z tarixida birinchi marta Kubok yarim finaliga chiqdi.
O‘zbekiston Kubogi
Chorak final
7-avgust, chorshanba
“Qizilqum” — “Andijon” 0:3
Gollar: Shahram Samiyev, 32 (0:1), Farhodjon Sohibjonov, 50 (0:2),Abduvohid G’ulomov, 76 (0:3).
“Qizilqum”: 1. Humoyunshoh Sayyotov, 2. Farruh Jo‘rayev, 3. Doston Tursunov, 9. Humoyun Abdualimov, 15. Asadbek Nizomov, 22. Shahzod Rahmatullayev, 24. Abduxoliq Tursunov, 28. Akmal Muzaffarov, 77. Fayzulla Jumanqo‘ziyev, 79. Diyor Raxmatilloyev, 99. Asadbek Asadov.
“Andijon”: 72. Igor Litovka, 3. Pes Lyubisha, 5. Abduvohid G‘ulomov, 9. Levan Arveladze, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhod Sohibjonov, 19. Nurimbet Abinur, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islom Mamatkazin, 71. Bektemir Abdumannonov, 99. Shahram Samiyev.
“So‘g‘diyona” — “Navbahor” 2:3
Gollar: Zoran Petrovich, 55 (1:0), Giorgi Nikabadze, 69 (1:1), Yovan Jokich, 104 (1:2), Lyupcho Doriyev, 109 (2:2), Filip Ivanovich, 113 (2:3).
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich (21. Muhammadyusuf Sobirov, 46), 2. Sardor Qulmatov (17. Samandar Sindarov, 46), 3. Islomjon Qobilov, 5. Jasurbek Yoqubov, 8. Vladimir Yovovich, 11. Zoran Petrovich, 14. Lyupcho Doriyev, 15. Xondamir Mustafoqulov, 28. Stanislav Andreyev (23. Suhrob Izzatov,75), 32. Nodirjon Soyibov, 33. Oleg Zoteyev.
“Navbahor”: 35. Sanjar Quvvatov, 8. Siyavash Haqnazari (55. Komil Tojiddinov, 60), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Sardor Rashidov (88. Asad Jo‘raboyev, 73) 12. Saidazamat Mirsaidov (17. Ruslan Jiyanov, 60), 12. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abror Ismoilov (21. Giorgi Nikabadze, 60).
Izoh (0)